Oktyabr oyida maktablarda PIRLS-2021 xalqaro tadqiqotlari boʻyicha tajriba sinov oʻtkaziladi

Oktyabr oyida maktablarda PIRLS-2021 xalqaro tadqiqotlari boʻyicha tajriba sinov oʻtkaziladi
Telegramda o'qish

Oʻzbekiston 2021-yilda ilk marotaba boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini baholash boʻyicha PIRLS-2021 xalqaro dasturida ishtirok etadi. 2001-yildan beri oʻtkazib kelinayotgan navbatdagi tadqiqotlarda dunyoning 60 dan ortiq davlatlari ishtirok etishi belgilangan.

Bu haqda XTV qoshidagi Xalq ta’limi inspeksiyasi rasmiy saytida xabar qilindi.
Hozirgi paytda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan hamkorlikda ushbu jarayonga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda. Xususan, joriy yil oktyabr oyida PIRLS-2021 xalqaro dasturining tajriba-sinov tadqiqotini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Buning uchun respublikamizdagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari orasidan tasodifiy 28 ta maktab tanlab olindi. Mazkur jarayonlarga sifatli tayyorgarlik koʻrish maqsadida, tanlab olingan maktablar ishtirokida onlayn seminar tashkil etildi. Unda maktablarning boshlangʻich hamda ona-tili va adabiyoti fanlari oʻqituvchilari, maktab direktorlari hamda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlaridan iborat 100 dan ortiq mutaxassis xodimlar ishtirok etdi.
Seminar davomida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha maktablarga yetkazilgan qoʻllanma va axborotnomalar hamda Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilayotgan mashq daftarlari boʻyicha topshiriqlar tahlili hamda baholash mezonlari boʻyicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berildi.


В 2021 году Узбекистан впервые примет участие в международной программе PIRLS-2021 по оценке читательской грамотности учащихся начальных классов. Ожидается, что в исследовании, которое проводится с 2001 года, примут участие более 60 стран.

Об этом сообщается на официальном сайте Инспекции народного образования при ВТВ.
В настоящее время Государственная инспекция по контролю качества образования совместно с Международной ассоциацией по оценке образовательных достижений (IEA) ведет активную подготовку к этому процессу. В частности, в октябре текущего года планируется провести пилотное исследование международной программы PIRLS-2021.

Для этого из общеобразовательных учреждений республики случайным образом были отобраны 28 школ. Для обеспечения качественной подготовки к этим процессам был организован онлайн-семинар с участием выбранных школ. В нем приняли участие более 100 сотрудников, в том числе учителя начальных классов и преподаватели родного языка и литературы, директора школ и заместители директоров по учебной работе.
В ходе семинара участникам была предоставлена ​​подробная информация об анализе и критериях оценки пособий с упражнениями и информационных бюллетеней, предоставляемых школам в рамках подготовки к международным исследованиям, а также тетрадей, регулярно публикуемых на сайте Национального центра международной оценки качества и в социальных сетях.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: