O’quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish to’g’risida ma’lumot

O’quvchiga O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv reja asosida ta’lim-tarbiya beriladi.

O’quv rejasidagi haftalik soatlar miqdori 1-4-sinflar uchun 8 soat, 5-9-sinflar uchun 10 soat, 10-11 sinflar uchun 12 soatni tashkil qiladi.

Dars jadvali maktab tomonidan o’quvchining sog’lig’i holatini inobatga olib, ota-onalar bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi hamda maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Dars jadvali haftasiga kamida uch kunga moslab tuziladi.

O’quvchining qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib, ota-onalarning arizasiga muvofiq o’quv rejada ko’rsatilgan fanlarni umumiy soatlar miqdoridan oshmagan holda 1 soatga o’zgartirishga yo’l qo’yiladi. Bunday o’zgartirish maktab direktorining buyrug’iga muvofiq o’quv rejadagi bitta fanni boshqa bir fan bilan almashtirish hisobiga amalga oshiriladi.

Jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish maktabning o’quv dasturi, psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish esa aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o’quv dasturi asosida tashkil etiladi.

Dars soatining davomiyligi jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilar uchun 45 daqiqa, psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilar uchun 40 daqiqadan iborat bo’ladi.

Dars mashg’ulotlarida o’quvchining olgan baholari baholash daftariga qayd etib boriladi. Baholash daftari har bir fan bo’yicha alohida yuritiladi. O’quvchining baholash daftariga qo’yilgan baholar o’quvchi ro’yxatda turgan maktabning sinf jurnaliga ko’chirib boriladi.

Ota-onalar tomonidan baholash daftariga o’qituvchilar tomonidan dars mashg’ulotlari o’tkazilganligini tasdiqlovchi imzo qo’yiladi. O’quvchining baholash daftari o’qituvchida saqlanadi va o’quv yili oxirida boshqa hisobotlar bilan birgalikda maktab rahbariyatiga taqdim etiladi.

Saytimizda uy ta’limida o’qitiladigan o’quvchilar uchun yangitdan tasdiqlangan dars setkasi joylashtirilgan. Ushbu hujjatni mana bu sahifaga o’tib yuklab olishingiz mumkin.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!