Ingliz tilini qancha vaqtda o‘rganish mumkin?

Ingliz tilini qancha vaqtda o‘rganish mumkin

Hozirga qadar saytim orqali mendan so‘ralgan eng ko‘p savol huddi shunday ma’noda: ingliz tilini qancha vaqtda o‘rgansa bo‘ladi? Tilni o‘rganishga jiddiy kirishib, ancha tajribaga ega bo‘lgan o‘rganuvchilar ham, ingliz tilini hatto hali o‘rganishni boshlab olmaganlar ham birinchi bo‘lib atrofdagilardan ingliz tilini qancha vaqtda o‘rganish mumkinligini so‘rashadi. Shaxsan men saytim orqali berilgan bunday savollarga “Hammasi faqat o‘zingizga bog‘liq. Qanchalik ko‘p harakat qilsangiz, shunchalik tezlikda o‘rganib olasiz”, deb javob beraman. Ammo huddi shu masalaga asoslangan, olimlar tomonidan olib borilgan izlanish natijasi bir oz boshqacha natijani ko‘rsatdi.

Wayne Thomas va Virginia Collier 1982-yildan 1996-yilgacha jami 700 000 ta ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rganuvchilar ustida tadqiqot ishlarini olib borishdi. Ularning asosiy maqsadi ingliz tili haqida umuman tasavvurga ega bo‘lmagan bu o‘rganuvchilar tilni qancha vaqtda o‘rganib olishlarim mumkinligini aniqlash edi. Tajriba uchun tanlab olingan 700 ming o‘rganuvchilar turli mamlakatlardan kelib chiqqan bo‘lib, ularning ijtimoaiy-iqtisodiy kelib chiqishlari, yashash sharoitlari, ona tili, ta’lim olganlik darajasi hamda o‘qishga bo‘lgan qobiliyatlari turlicha edi. Shunday ekan, bu tadqiqotning dunyo bo‘ylab barcha o‘rganuvchilar uchun birdek natija ko‘rsatishi, barcha turdagi o‘rganuvchilar turini o‘z ichiga qamrab olganligi aniq.
Tadqiqot davomida tanlab olingan o‘rganuvchilarning barchasiga bir hil yo‘nalish va uslubdagi, bir hil tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga suyangan holda darslar o‘tildi. Kuzatishlar so‘ngida hech kim kutmagan natija kelib chiqdi. Ungacha bo‘lgan davrda ingliz tilini qanchalik tez o‘rganish mumkinligi faqat o‘rganuvchining yangi yilni o‘rgana olish qobiliyati, o‘rganish jarayoniga taqdim eta oladigan mehnatining salmog‘i va o‘rgatuvchining dars o‘tish tajribasiga bog‘liq, deb hisoblangan bo‘lsa, ilmiy izlanish natijasi bularning teskarisini ko‘rsatdi, ya’ni ingliz tilini qanchalik vaqtda o‘rganish mumkinligi o‘rganuvchining avvalgi bosqichlarda qanday o‘qiganligi, yoshligidan maktabda qanday ta’lim olganligiga bog‘liq ekan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ingliz tilini qay darajada va qanday tezlikda o‘rgana olish o‘rganuvchining hozirgi harakatigagina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, uning ingliz tilini o‘rganishgacha bo‘lgan davrda til sohasida o‘zlashtirgan bilimining salmog‘iga bog‘liq. Thomas va Collier o‘tkazgan tadqiqotda qatnashgan o‘rganuvchilar quyidagi tezlikdagi natijalarni ko‘rsatishdi:
Ingliz tilini o‘rganishgacha maktabda yaxshi ta’lim olgan, o‘z ona tilining grammatikasini yaxshi o‘zlashtirgan, maktabda o‘qish davrida ingliz tilidan boshqa xorijiy tilni o‘rganishda kuchli tayyorgarlikdan o‘tgan o‘quvchilar ingliz tilini 5-3 yil davomida o‘rgangandan so‘ng tilni o‘z ona tilidek erkin ishlata olish qobiliyatiga ega bo‘ldi;
Maktabda o‘rta darajada o‘qigan, o‘z ona tili grammatikasini o‘rta darajada bilgan va qaysidir xorijiy tilni yuzaki o‘rgangan, o‘qish va o‘rganishga ishtiyoqi baland bo‘lgan o‘rganuvchilar 8-6 yil davomida ingliz tilini ona tili darajasida erkin gapirish ko‘nikmasini o‘zlashtirishdi;
Boshlang‘ich ta’limi juda yomon darajada bo‘lgan, o‘z ona tili grammatikasini deyarli bilmagan va ingliz tiligacha hech qanday xorijiy tilni o‘rganmagan o‘rganuvchilar tilni kamida 13 yil deganda to‘liq o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Yuqoridagi o‘rganish jarayonlari ingliz tilini umuman bilmagan holatdan tilni ona tili darajasida mukammal, erkin foydalana olish holatiga yetguncha bo‘lgan darajada o‘rganish davrini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun bu tadqiqotda qatnashgan o‘rganuvchilarning bilimlarini noldan mukammallikgacha bo‘lgan o‘rganish samarasi, deb qarashimiz kerak.
Agar tadqiqot natijasiga ko‘ra ingliz tilini kamida 3-5 yil davomida o‘rganish mumkin ekan, degan xulosa kelib chiqadigan bo‘lsa, shuni ham e’tiborga olish kerak-ki, tadqiqotdagi o‘rganuvchilar tilning barcha jihatlarini birdek o‘rganishgan. Ya’ni, ular gapirish, yozish, o‘qish va eshitib tushinish ko‘nikmalarini birdek mukammal darajada o‘rganishgan. Shunday ekan, tildagi barcha jabhalarni qamrab olgan holda mukammal o‘rganish davri uchun talab etiladigan vaqtning uzoq ekanligi sababli, o‘rganuvchilarning ingliz tilini o‘rganishlariga ketgan vaqtni normal o‘rganish davri sifatida baholash mumkin.
Sizning ingliz tilini o‘rganishingiz uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi? Siz ingliz tilini qancha vaqtda o‘rgana olasiz? Bu savolning to‘g‘ri javobini topishingiz uchun ingliz tilini nima uchun o‘rganayotganligingizga e’tibor qataring. Agar “Men Londonda yashayman” yoki “Xojatxona qayerda?” kabi sodda iboralarni aytish va tushunishni o‘rganish uchun ingliz tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz, ingliz tilida gapirishni 10 kun ichida o‘rganib olishingiz ham mumkin. Ammo ingliz tilini oliy o‘quv yurtida, to‘liq ingliz tilida tahsil olish (ingliz tilida ma’ruzalar tinglash, yozish, gapirish va o‘qish) uchun o‘rganayotgan bo‘lsangiz, tabiiyki, o‘rganish uchun ko‘proq vaqt talab etiladi. Barchasini hisobga olgan holda yana bitta xulosa shu-ki, o‘rganishga bo‘lgan harakatingiz va ishtiyoqingiz (+qobiliyatingiz) o‘rganish jarayoni uchun ketadigan vaqtni bir necha o‘n barobardan yuz barobargacha qisqartirishi mumkin. Bu haqida ham o‘ylab ko‘ring.
Abituriyent uchun, O‘zekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida DTM testlarining 36 savollariga to‘g‘ri javobni topa olish darajasida ingliz tilini o‘rganishga qancha vaqt kerak bo‘lishi mumkin? Abituriyentlar ingliz tili testlarini bajarishlari uchun til grammatikasini o‘rganishga katta ahamiyat qaratishlari kerak. To‘g‘ri, yildan-yilga DTM ingliz tili test savollariga to‘g‘ri javob topish ko‘proq tarjima hamda o‘qib tushunish ko‘nikmasining qay darajada shakllanganligiga bog‘liq bo‘lib borayapti, ammo testlarda baribir 70-80% ustunlik til grammatikasi bilimlariga asoslanganligicha qolmoqda. Ingliz tili grammatikasini mukammal darajada o‘rgandingizmi, demak testlarni bajarishga 80% tayyorsiz! Umuman aytganda esa, ingliz tili haqida umuman tasavvurga ega bo‘lmagan abituriyent ingliz tilini o‘rganishni boshlasa, mening fikrimcha, o‘rganuvchi va o‘rgatuvchining samarali mehnat qilishi sharti bilan, u ingliz tilidagi DTM testlarini bajarishga o‘rtacha 10-18 oyda to‘liq tayyor bo‘ladi. Bu davr ko‘rsatkichi o‘qishga qobiliyatli bo‘lgan abituriyentlar va o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan ingliz tili o‘rgatuvchisi harakatlari bilan bir oz muddatga qisqartirilishi ham mumkin.
O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari uchun ingliz tilidan tayyorlanish haqida o‘ylab yurganlarga maslahatim – kirish imtihonlariga ekspress-tezkor tayyorgarlik ko‘rishni afzal bilmang. Agar litsey yoki kollejning 1-bosqichida o‘qiyotgan bo‘lsangiz, eng kechi bilan 2-kursning boshidan boshlab ingliz tilini o‘rganishga jiddiy kirishing. Shunda oliy o‘quv yurtlariga xujjat topshirish vaqtingizgacha yaxshi natijaga ega bo‘lishingiz mumkin. Bordi-yu vaqtni qo‘ldan boy berib bo‘lgan bo‘lsangiz va ingliz tilini o‘rganishga kamida bir yil vaqt qolgan bo‘lsa ham, umidsizlikka tushmang! Kuchli ishtiyoq, tartibli o‘rganish va tinimsiz mehnat bilan bir yil davomida oliy o‘quv yurtlariga imtihon topshirishga to‘liq tayyor bo‘la olasiz!
Unutmang: ingliz tilini o‘rganishingizga ketadigan vaqt faqat Sizning harakatingiz va mehnatingiz bilan cho‘zilishi yoki qisqartirilishi mumkin. Hammasi o‘z qolingizda!


Пока что самый часто задаваемый вопрос на моем сайте: как долго я могу учить английский язык? Те, кто серьезно относится к изучению языка, даже те, у кого есть большой опыт, даже те, кто еще не начал учить английский, сначала спросят у окружающих, сколько времени потребуется, чтобы выучить английский. Лично я хотел бы задать такие вопросы через свой сайт: «Все зависит от вас. Чем больше стараешься, тем быстрее учишься». Но исследование ученых, основанное на том же предмете, показало несколько иной результат.

С 1982 по 1996 год Уэйн Томас и Вирджиния Коллиер провели исследование в общей сложности с участием 700 000 человек, изучающих английский как второй язык. Их главная цель состояла в том, чтобы выяснить, сколько времени потребуется этим учащимся, которые вообще ничего не знали об английском, чтобы выучить язык. 700 000 учащихся, отобранных для эксперимента, приехали из разных стран, и их социально-экономическое положение, условия жизни, родной язык, уровень образования и умение читать различались. Поэтому ясно, что это исследование показывает одинаковые результаты для всех исследователей по всему миру, охватывая все типы исследователей.
В ходе исследования все отобранные ученики обучались на основе учителей с одинаковым направлением и стилем, с одинаковым опытом. По окончании наблюдения результат оказался неожиданным. До тех пор, как быстро вы сможете выучить английский язык, зависит только от способности учащегося выучить новый год, веса работы, которую они могут внести в учебный процесс, и педагогического опыта учителя.Результаты исследования показали обратное, что То есть, как долго можно изучать английский язык, зависит от того, как ученик учился на предыдущих этапах, как его воспитывали в школе с юных лет.
Исходя из вышеизложенного, можно сказать, что объем и скорость изучения английского языка зависят не только от текущего поведения обучающегося, но и от веса его знаний в области языка в период до изучения английского языка. . В исследовании, проведенном Томасом и Коллиером, исследователи сообщили о следующих результатах:
Учащиеся, получившие хорошее школьное образование до изучения английского языка, освоившие грамматику родного языка и имеющие прочную подготовку в изучении иностранного языка, отличного от английского, в школьные годы будут изучать английский язык в течение 5-3 лет. свободно использовать язык как родной после обучения во время;
Средняя школа,Учащиеся, имеющие средний уровень владения грамматикой родного языка и имеющие поверхностное знание иностранного языка, высокое желание читать и учиться, умение свободно говорить на английском языке на уровне родного языка за 8-6 лет освоения;
Учащиеся с очень плохим начальным образованием, почти не знающие грамматики своего родного языка и не знающие иностранного языка до английского, смогли полностью овладеть языком как минимум за 13 лет.
Вышеуказанные процессы обучения включают в себя период изучения языка от состояния полного незнания до состояния совершенного, беглого использования на уровне родного языка. Поэтому мы должны рассматривать знания исследователей, участвующих в этом исследовании, как результат исследования с нуля до совершенства.
Если в исследовании сделан вывод о возможности изучения английского языка в течение как минимум 3-5 лет, следует также отметить, что исследователи в ходе исследования изучали все аспекты языка одновременно. То есть они овладели навыками говорения, письма, чтения и аудирования. Следовательно, поскольку время, необходимое для идеального периода обучения, охватывающего все аспекты языка, велико, время, затрачиваемое учащимися на изучение английского языка, можно считать нормальным периодом обучения.
Сколько времени вам понадобится, чтобы выучить английский язык? Сколько времени вам понадобится, чтобы выучить английский язык? Чтобы найти правильный ответ на этот вопрос, взгляните на то, почему вы изучаете английский язык. Если «Я живу в Лондоне» или «Где туалет?» Если вы изучаете английский язык, чтобы научиться произносить и понимать простые фразы, такие как , вы также можете научиться говорить по-английски за 10 дней. Но если вы изучаете английский язык в университете, чтобы учиться на полном английском языке (аудирование, письмо, разговорная речь и чтение лекций на английском языке), конечно, больше времени на учебу требуется. В общем, еще один вывод: ваши усилия и страсть (+ способность) к обучению могут сократить время, необходимое для обучения, с нескольких десятков раз до ста раз. Подумайте и об этом.
Сколько времени потребуется абитуриенту для изучения английского языка на уровне нахождения правильного ответа на 36 вопросов тестов DTM на вступительных экзаменах в высшие учебные заведения Узбекистана? Абитуриенты должны уделять пристальное внимание языковой грамматике, чтобы пройти тесты по английскому языку. Правда, из года в год нахождение правильного ответа на вопросы теста DTM English все больше зависит от того, насколько сформированы навыки перевода и понимания прочитанного, но в тестах по-прежнему на 70-80 % остается преобладание, основанное на знании языковой грамматики. .Если вы в совершенстве освоили английскую грамматику, то вы на 80% готовы к сдаче тестов! В целом, если абитуриент, вообще не владеющий английским языком, начнет изучать английский язык, то, на мой взгляд, при условии эффективной работы обучаемого и преподавателя, ему потребуется в среднем 10-18 месяцев, чтобы сдать тесты DTM в Английский будет полностью готов. Этот срок также может быть на некоторое время сокращен усилиями трудоспособных абитуриентов и преподавателя английского языка, который является настоящим мастером своего дела.
Мой совет тем, кто думает о подготовке к вступительным экзаменам в узбекские вузы на английском языке – не предпочитайте готовиться к вступительным экзаменам быстро. Если вы учитесь на первом курсе средней школы или колледжа, начните серьезно изучать английский язык самое позднее в начале второго года обучения. Тогда вы сможете получить хорошие результаты к моменту подачи документов в вузы. Не отчаивайтесь, если вы потеряли время и у вас есть как минимум год, чтобы выучить английский язык! С большой страстью, дисциплинированной учебой и тяжелой работой вы можете быть полностью готовы к сдаче университетских экзаменов через год!
Помните: время, которое вы тратите на изучение английского языка, может быть увеличено или сокращено только вашими усилиями и упорным трудом. Это все зависит от вас!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: