Birinchi parta boyning bolasi uchunmi?

Birinchi parta boyning bolasi uchunmi

Boshlang‘ich sinfda o‘qiydigan jiyanim darsdan kelib, ertadan maktabga bormasligini aytdi. Sababini so‘raganimda, u har doim orqa partalardan birida darsga qiziqmaydigan sinfdoshi bilan birga o‘tirishini, berilgan uyga vazifani ustoziga boshqalardan avval ko‘rsata olmayotganini, birinchi qatorlarda o‘tirsa faqat “besh” bahoga o‘qishini aytdi.

Yana uning gaplaridan ma’lum bo‘ldiki, old o‘rinlarni maktab direktori va o‘qituvchilarning farzandlari egallashibdi.
Uni ovutishga harakat qildim. Bilim olish, a’lochi o‘quvchi bo‘lish uchun qaysi partada o‘tirishning ahamiyati yo‘qligini uqtirdim. Tushungandek bo‘lib, maktabga qatnay boshladi. Oradan ikki-uch oy o‘tib, shu paytgacha darslarni yaxshi o‘zlashtirib kelayotgan jiyanimning darsga bo‘lgan qiziqishi so‘nayotganini sezdim. Bolaligim yodimga tushdi.
O‘quvchilik davrimda birinchi partada o‘tirish ko‘pchilik sinfdoshlarimning orzusi edi.  Sababi, bu joy qishlog‘imizdagi boy va obro‘li kishilarning farzandlari uchun edi. Ulardan keyin old qatorlarda a’lochi, intizomli bolalar o‘tirishardi. Bilimsiz, to‘polonchi bolalar esa oxirgi partalarga egalik qilardi. 7-sinfdagina o‘qituvchimiz bir oddiy oilaning o‘g‘lini birinchi partaga o‘tqazdi. Avvaliga hayron qoldik, bu bolaning ota-onasi boy emas, o‘zi a’lochi ham bo‘lmasa, deb. Bir-ikki kundan keyin u maktabga ko‘zoynak taqib keldi…
Sinfdoshlarimdan old qatorlarda o‘tirgan a’lochi o‘quvchilargina oliy ma’lumotli bo‘ldi. Ular orasida ko‘zoynak taqqan yigit ham bor. Darsga unchalik qiziqmaydiganlari esa ota-onalari obro‘li bo‘lsa-da oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirolmadi.
Bugungi kunda ayrim maktablarda o‘quvchilar har hafta yoki har kuni birinchi partalarda almashib o‘tirishi an’anaga aylanganini eshitgandim. Bu yaxshi, menimcha. Lekin aynan shu odat hali ko‘pgina maktablarga yetib bormagan. Har doim o‘quvchi bir partada birgina sinfdoshi bilan emas, vaqti-vaqti bilan joy almashib o‘tirsa, samarali bo‘lishi shubhasiz. Bu uning ilm olishi, barcha sinfdoshlari bilan qadrdon bo‘lishi, o‘zidan a’lochi o‘quvchilarga havas qilib intilishi, bilimsizroq sinfdoshlariga yordam bo‘lishi, o‘zaro tenglik va bag‘rikenglikni his qilib kamol topishiga xizmat qiladi. Siz nima deysiz?
Dilnoza Hasanova.

Manba: Zarnews.uz


Моя племянница, которая учится в начальной школе, пришла домой из школы и сказала, что не пойдет утром в школу. Когда я спросил, почему, он сказал, что всегда сидел за одной из задних парт с одноклассником, который не интересовался уроком, что он не может показать свою домашнюю работу своему учителю раньше остальных, и что он будет учиться только для « пять», если он сидел в первом ряду.

Он также сообщил, что инициативу взяли на себя дети директоров школ и учителей.
Я пытался его потереть. Мне сказали, что не имеет значения, за какой партой ты сидишь, чтобы получить образование или быть отличником. Судя по всему, он начал ходить в школу. Два или три месяца спустя я заметил, что моя племянница, которая хорошо училась в школе, теряет интерес к предмету. Я вспомнил свое детство.
Когда я был студентом, сидеть за партой было мечтой многих моих однокурсников. Потому что это место предназначалось для детей богатых и знаменитых людей нашего села. За ними в первых рядах шли отличные, дисциплинированные дети. Последние парты принадлежали необразованным буйным детям. Только в 7 классе наша учительница посадила сына обычной семьи на первый этаж. Сначала нас удивило, что родители мальчика небогатые и он не очень хороший. Через день или два он пришел в школу в очках…
Высшее образование получили только лучшие ученики первого ряда моего класса. Среди них молодой человек в очках. Те, кто менее интересовался предметом, не смогли поступить в университет, несмотря на то, что их родители были престижными.
Я слышал, что сегодня в некоторых школах существует традиция, когда ученики по очереди стоят за стойкой каждую неделю или каждый день. Думаю, это хорошо. Но во многих школах этого нет. Более эффективно, когда ученики время от времени сидят за одной партой, а не только с одним одноклассником. Это помогает ему учиться, быть любимым всеми одноклассниками, завидовать лучшим ученикам, помогать менее образованным одноклассникам, развивать чувство равенства и терпимости. Что ты говоришь?
Дильноза Гасанова.

Источник: Zarnews.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: