Angliyaning Norvich universiteti va Toshkentdagi OTM o’rtasida memorandum imzolandi

Angliyaning Norvich universiteti va Toshkentdagi OTM o’rtasida memorandum imzolandi
Telegramda o'qish

Toshkent davlat stomatologiya instituti ingliz tilini o‘qitish sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan Norvich universiteti bilan memorandum imzoladi.

Bu haqda OTM vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda
Memorandumdan ko‘zlangan maqsad chet tilini mukammalroq o‘rgatish sohasida institut pedagoglarining salohiyatini ko‘tarish, dars jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalarni keng jalb etishdir.
Bu borada kelishuvga Toshkent davlat stomatologiya institut va Buyuk Britaniya universiteti hamkorligida tibbiy ta’limda ingliz tilini o‘rganish masalalariga bag‘ishlab tashkil etilgan onlayn konferensiyada yakunida erishildi.

Norvich universitetining NILE (Norwich Institute for Language Education) tillar o‘rganish instituti direktori, professor Tom Kiddl pedagoglar salohiyatini oshirish orqali talabalarga bilim berish jarayonini takomillashtirish haqida alohida aytib o‘tdi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Nodir Haydarov barcha sohalarga oid zamonaviy adabiyotlar, ilmiy izlanishlar, tajribalar global tarmoqda ingliz tilida chop etilishi, shu sabab bo‘lg‘usi shifokor chet tilini o‘rganishi lozimligini ta’kidladi.

— Bugungi kundagi pandemiya paytida COVID-19 haqidagi ma’lumotlar har kuni va har soatda yangilanib, to‘ldirilib borilmoqda. Bunday vaziyatda kadrlarimizning ushbu muhim ma’lumotlarni tarjimon orqali emas, bevosita butun dunyodagi soha mutaxassislari, hamkasblarimiz bilan fikr almashib, birgalikda yengishimiz, tezroq va samarali choralarni ko‘rishimiz mumkin, — dedi N.Haydarov.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: