O‘zbekistonga xorijlik talabalar jalb qilinadi

O‘zbekistonga xorijlik talabalar jalb qilinadi

AKFA Universiteti va Atlanticorea kompaniyasi vakillari videokonferentsiya aloqa shaklida O‘zbekistonning ilk xususiy universitetiga xorijlik talabalarni jalb etish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish masalalariga oid muzokara o‘tkazdi.

Meducation brendi ostida ham faoliyat yurituvchi Janubiy Koreyaning Atlanticorea kompaniyasi Yevropaning tibbiyot universitetlariga talabalarni jalb qilish, oliy o‘quv yurtlariga kerakli hujjatlarni tayyorlash, imtihon va o‘qishga tayyorgarlik ko‘rish kabi bir qator xizmatlar ko‘rsatadi.
Atlanticorea kompaniyasi maslahatchisi Jastin Kim-Braun so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Germaniya, Vengriya va Italiya oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qiladi. Atlanticorea talabalarga tibbiyot universitetlarining kirish imtihonlari va o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini taqdim etadi. Talabalar kirish imtihonlariga anʼanaviy va onlayn kurslar yordamida tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.
Jastin Kim-Braun taʼkidlashicha, kompaniya xizmatlaridan Janubiy Koreya, Vyetnam, Eron va boshqa Osiyo mamlakatlari talabalari foydalanmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya mijozlari AKFA Universitetida taʼlim olishga qiziqishlari mumkin.
Shu bilan birga, Atlanticorea kompaniyasi AKFA Universiteti bilan talabalarning Yevropa klinikalarida amaliyot o‘tashi va Yevropa universitetlari bilan, jumladan Erasmus dasturi doirasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda ko‘mak berishga tayyor.
AKFA Universiteti yuridik bo‘limi boshlig‘i Iroda Siddiqova universitet tarixi va yangi fakultetlarni, jumladan tibbiyot yo‘nalishlarida, ochish bo‘yicha rejalari haqida maʼlumot taqdim etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Janubiy Koreyaning Gachon Universiteti bilan hamkorlikda farmatsevtika, hamshiralik ishi va stomatologiya fakultetlari ochilishi rejalashtirilgan.
Taʼkidlanishicha, bugungi kunda AKFA Universitetida 23 xorijlik talaba taʼlim olmoqda va ularning aksariyat qismi Janubiy Koreya fuqarolaridir.


Представители Университета AKFA и Atlanticorea провели видеоконференцию, чтобы обсудить сотрудничество в привлечении иностранных студентов в первый частный университет Узбекистана. Южнокорейская компания Atlanticorea, также работающая под брендом Meducation, оказывает комплекс услуг по привлечению студентов в европейские медицинские вузы, подготовке необходимых документов для получения высшего образования, подготовке к экзаменам и обучению.
Консультант Atlanticorea Джастин Ким-Браун сообщил, что компания будет сотрудничать с университетами Германии, Венгрии и Италии. Atlanticorea предлагает студентам возможность подготовиться к вступительным экзаменам в медицинский университет и к учебному процессу. Студенты могут подготовиться к вступительным экзаменам, используя традиционные и онлайн-курсы.
По словам Джастина Ким-Брауна, услугами компании пользуются студенты из Южной Кореи, Вьетнама, Ирана и других стран Азии. Он добавил, что клиенты компании могут быть заинтересованы в обучении в университете AKFA.
В то же время Atlanticorea готова оказать помощь Университету AKFA в налаживании студенческих стажировок в европейских клиниках и налаживании партнерских отношений с европейскими университетами, в том числе по программе Erasmus.
Ирода Сиддикова, начальник юридического отдела Университета AKFA, рассказала об истории университета и его планах по открытию новых факультетов, в том числе в области медицины. По его словам, начиная с 2021-2022 учебного года планируется открытие факультетов фармации, сестринского дела и стоматологии совместно с Университетом Гачон Южной Кореи.
Отмечается, что в настоящее время в университете AKFA обучаются 23 иностранных студента, большинство из которых являются гражданами Южной Кореи.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: