Professor-oʻqituvchilar ilmiy salohiyati eng yuqori OTMlar maʼlum qilindi

Professor-oʻqituvchilar ilmiy salohiyati eng yuqori OTMlar maʼlum qilindi

Yangilik! Tafakkur olami deb nomlangan 1000 ta mantiqiy savollar kitobini tayyorladik, yuklab oling va zavqlaning!

Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyati ularda faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilarning ilmiy darajasiga qarab aniqlanadi.

Bunda OTMda faoliyati koʻrsatayotgan jami oʻqituvchilardan (asosiy shtat va ichki oʻrindoshlar) necha foizida ilmiy unvoni va darajasi mavjud qarab baholanadi.
Ushbu koʻrsatkichlar xalqaro tan olingan agentliklar reytingi hamda milliy OTMlar reytingiga alohida indikator sifatida kiritilgan.

Bugungi kunda yurtimizdagi milliy OTMlar oʻrtasida professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati boʻyicha eng yuqori oʻrini qayd etgan Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetidagi oʻqituvchilarning 55,1 % ilmiy unvon va darajalarga ega, ushbu oliygohda faoliyati olib borayotgan jami 176 nafar oʻqituvchilardan 29 nafari fan doktori va professor, 68 nafari fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent unvoniga ega. Ushbu indikator boʻyicha navbatdagi oʻrinlarni Oʻzbekiston milliy universiteti (52,7 %), Samarqand davlat universiteti (51,3 %) egallagan.
Ilmiy salohiyat boʻyicha eng past koʻrsatkich Samarqand davlat chet tillar instituti (21,3%), Termiz davlat universiteti (20,7%), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (20,7%), Fargʻona politexnika instituti (19,8%) va Qoʻqon davlat pedagogika instituti (19,4%)da qayd etilgan.
Soʻnggi bir yil ichida milliy OTMlarning asosiy shtatdagi professor-oʻqituvchilar soni 10,6%ga, talabalar soni 25,4%ga, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki professor unvoniga ega professor-oʻqituvchilar 11,0%, fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent unvoniga ega professor-oʻqituvchilar 10,1%, dissertatsiya himoyalari (shuningdek, ilmiy darajaga ega boʻlmay professor ilmiy unvonini yoki dotsent ilmiy unvonini olgan yoki ularga tenglashtirilgan) 41,1% ga oshgan.
Joriy yilda eʼlon qilingan milliy OTMlar reytingi jami 20 ta indikator orqali aniqlandi. Professor-oʻqituvchilar ilmiy salohiyati esa ulardan biri hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, Taʼlim inspeksiyasi tomonidan joriy yilning oktyabr oyida mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarining milliy reytingi (2020-yil 1-yanvar holatiga) eʼlon qilingandi. Joriy yilgi reytingda Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti yetakchi oʻrinlarni egallagan.

Manba: tdi.uz


Научный потенциал высших учебных заведений определяется академическим уровнем их профессоров и преподавателей.

При этом процент от общего числа преподавателей, работающих в вузе (штатно и по совместительству), оценивается исходя из степени и степени.
Эти показатели входят в рейтинг международно-признанных агентств, а также отдельным показателем в рейтинг национальных университетов.

На сегодняшний день 55,1 % преподавателей Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы, занимающего одно из первых мест в стране по уровню научного потенциала, имеют ученые звания и степени.Из 176 преподавателей 29 докторов и профессоров, 68 имеют степень кандидата наук или доцента. Следующие места по этому показателю занимают Национальный университет Узбекистана (52,7%) и Самаркандский государственный университет (51,3%).
Наименьший научный потенциал имеют Самаркандский государственный институт иностранных языков (21,3%), Термезский государственный университет (20,7%), Узбекский государственный университет физической культуры и спорта (20,7%), Ферганский политехнический институт (19,8%) и Коканд. Государственный педагогический институт (19,4%).
За прошедший год количество штатных преподавателей национальных университетов увеличилось на 10,6%, количество студентов увеличилось на 25,4%, количество профессоров, имеющих ученую степень доктора наук или профессора, увеличилось на 11,0%. увеличилось количество кандидатов наук, профессоров с учеными степенями или ассоциированными профессиями увеличилось на 10,1%, а количество защит диссертаций (а также тех, кто не имел ученой степени или получил ученую степень или степень доцента или приравненную к ней) увеличилось на 41,1%.
Рейтинг национальных вузов, опубликованный в этом году, определялся всего по 20 показателям. Одним из них является научный потенциал профессорско-преподавательского состава.
Напомним, в октябре этого года Инспекция образования опубликовала национальный рейтинг высших учебных заведений страны (по состоянию на 1 января 2020 года). В рейтинге этого года ведущие места заняли Национальный университет Узбекистана, Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства, Самаркандский государственный университет, Ташкентский университет информационных технологий, Ташкентский государственный аграрный университет.

Источник: tdi.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: