Olim bo’lish uchun 5 sabab

Olim bo'lish uchun 5 sabab

O‘zbekiston sharoitida olim bo‘lish iqtisodiy jihatdan foyda keltiradimi? Yoshlarning olim bo‘lishiga undovchi besh sabab ushbu maqolada.

11 aprel 2019, 13:28   Jamiyat
Maktabni bitirish arafasidagi yigit-qiz borki, kelajakda kim bo‘lsam ekan, deb boshini qotiradi. Faqat yoshlar emas, ularning ota-onalari, qarindosh-urug‘lari, ustoz-o‘qituvchilari, do‘stu yorlari ham bu masala o‘ylantiradi. Axir kasb insonning kelajagi, uning taqdirini belgilaydi, boringki u butun umrini qay darajada baxtiyor o‘tkazishi ham qaysidir ma’noda kasbi koriga bog‘liq.
Vaqti-vaqti bilan jamiyat uchun eng zarur, eng ko‘p maosh beriladigan, eng mavqesi baland kasblar ro‘yxatlari ham e’lon qilinadiki, tanlov oldida turgan yoshlardan shulardan birortasini tanlab qo‘ya qolsammikan, deb xam o‘ylab qolishi ajab emas. Ammo bugungi maqolamiz bilan yoshlarga aytar gapimiz quyidagicha: o‘zingiz istagan, yoqtirgan, orzu qilgan kasbingizni tanlang! Nega deysizmi? Chunki odam o‘zi yaxshi ko‘rgan, iqtidori ko‘proq bo‘lgan kasbu korini tanlasagina muvaffaqiyatga erishadi-da. Muhimi, qanday kasb tanlamang, shu kasbning haqiqiy ustasi bo‘ling! Negaki, aslida gap qanday kasbni tanlashda emas, balki shu kasbni qay darajada mukammal egallashdadir.
Kasbni mukammal egallash deganda esa sohaning ma’lum yo‘nalishini tanlab, uni chuqur o‘rganish, tadqiq etish tushuniladi. Tadqiqotlar qilgan odam esa OLIM bo‘ladi!
Yurtimizda aynan olimlar yetishmasligini bilasizmi? Germaniyaning Federal statistika idora saytidagi ma’lumotlarga qaraganda 2015 yili har 1 000 000 kishiga olimlar soni O‘zbekistonda — 515 nafarni, Qozog‘istonda — 734, Xitoyda — 1177, Malayziyada — 2261, BAA -2003, Rossiyada — 3131, Fransiyada — 4169, Germaniyada — 4431, Italiyada — 2018, Ukrainada — 1006, Angliyada — 4055, AQSHda — 4232 nafarni tashkil etgan.
Ko‘rib turganingizdek, yurtimizdagi ilm-fan bilan shug‘ullanadigan kishilar soni nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan davlatlardan ham anchayin past. Demak, bugun shu bo‘shliqni to‘ldirish vaqti keldi. Buning uchun esa yoshlikdan harakat qilish talab etiladi, xolos.
Aslida, uzoq yillardan beri o‘quvchilarning, talabalarning ilm-fanga qiziqishlari yo‘qligining sabablari ko‘p. Odamlarda olimlar juda ko‘p mehnat evaziga, arzimagan oylik oladi degan tasavvur paydo bo‘lgan. Vaholanki, ma’lum sohani chuqur o‘rganish, shu sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishish shu kasb egasi oldida katta eshiklarning ochilishiga xizmat qiladi. Yanada dangalroq gapiradigan bo‘lsak, ko‘p o‘qish, bilim olish farovon hayot kechirish uchun zamin yaratadi. Baxt, chiroyli uy, ya’ni mashina, to‘kin-sochinlik bilan belgilanmaydi, demaymiz. Albatta, belgilanadi. Olimlar esa nafaqat bu narsalarga erishishlari mumkin, balki boshqalarning ham yanada baxtli, qulay hayot kechirishlariga xizmat qiladilar. Ular qilgan ixtirolar, texnologiyalar, innovatsiyalar o‘zlariga ham, yurtga ham foyda keltiradilar.
Yana bitta ma’lumot: shu yildan boshlab O‘zbekistonda olimlarning tadqiqotlari uchun har bir loyihaga yiliga 300 million so‘mdan bir milliard so‘mgacha (!) bo‘lgan mablag‘lar grant sifatida taqdim etilmoqda. Grantlarni uchragan tadqiqotchiga tutqazib qo‘yilmasligi tayin. Buning uchun olimlar o‘z loyihalari bilan tanlovda ishtirok etishlari talab etiladi. Iqtisodiyotga foyda keltiradigan, jamiyatimizning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadigan, bugungi muammolarning yechilishiga ko‘mak beradigan mavzular bo‘yicha ilmiy ishlar moliyalashtirilmoqda. Bugungi talabalar ertaga, yosh tadqiqotchilar esa mana bugun ham shunday grantlarni yutib olib, yurtimiz koriga yaraydigan ixtirolari bilan nom chiqarishlari bugungi kun haqiqatidir!
Gap shundaki, yoshlar ilm-fan bilan shug‘ullanish istagini bildirishlari zahoti, bu yo‘lning mushkulotlari haqida bahs boshlanib ketadi, hali bu yo‘lga qadab qo‘yib ulgurmagan yoshga uning qiyinchiliklari haqida gapiriladi: olimning ish topishi qiyin, maoshi kam, ilmiy maqolasini chop etish uchun mablag‘ kerak, grantlarga ariza yozish uchun barcha ishlarni tashlab qo‘yish kerak, grant olish esa davlat mukofotini olishdan-da mushkul va hokazo. Bunday holatlar bo‘lishi mumkin. Ammo bu tanganing bir tomoni xolos. Ilm-fan bilan shug‘ullanishning ijobiy jihatlari tasavvuringizni butkul o‘zgarishi aniq.
Ilmiy xodim hamisha izlanishda, hatto ikkilanishda bo‘lishi, ayrim hollarda undan omad yuz o‘girishi ham mumkin (har qanday kasb egasida bo‘lganidek), ammo bu tushkunlikka tushish uchun asos bo‘la olmaydi. Olim bo‘lishning ijobiy jihatlari haqida gapirishdan oldin, shunchaki ayrim masalalarga aniqlik kiritib olishimiz kerak bo‘ladi.
Avvalo, olimlik — og‘ir mehnat, uni hamma ham eplayvermasligi aniq. Yuqori martabaga erishish, katta lavozimlarni egallashning turli usullari bor ekan, qanday tanlov qilish sizning ixtiyoringizda.
Ikkinchidan, tadqiqot qilayotgan sohangizni yaxshi ko‘rishingiz kerak. Negaki, omadsizliklarga duch kelganingizda aynan, shu sohaga bo‘lgan muhringiz, qiziqishingiz to‘siqlarni yengib o‘tishingizga yordam beradi.
Uchinchidan, olimlarning ishlari faqatgina muvaffaqiyat, olqishlardan iborat emas. Olim 95 foiz vaqtini bir zayildagi, bir qarashda zerikarli yumushlarni bajarishga sarflaydi. Faqat ishining oxiridagina qandaydir kichikroq ixtiro qilishga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 1500 mingdan ziyod 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar turli xil ixtirolari uchun patentlar olgan. Bu ko‘rsatkich faqatgina O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalari miqyosidagi statistik ma’lumotlar bo‘lib, aslida yosh ixtirochilarimizning soni bundan-da ko‘pligi quvontiradi. Aynan shunday yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2019 yildan boshlab, yosh olimlar, talabalar, umuman tashabbuskor fuqarolar «Innovatsion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadilar. Joriy yilning 1 aprelidan 30 aprelgacha ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik sub’ektlari taqdim etayotgan dastlabki takliflar tuman va shahar hokimliklarida tuzilgan komissiyalar tomonidan qabul qilinmoqda. Tadqiqotlar bilan, tadqiqotlarni amalga tatbiq qilish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarning e’tirof etilishi yurtimizda ilm-fan bilan shug‘ullanish qay darajada nufuzli ekanini anglatadi.
Olim bo‘lishning afzalliklarini sanab o‘tishdan avval yana bir yurtimizga xos bir jihatni aytib o‘tish o‘rinlidir. Gap shundaki, ayni paytda O‘zbekistondagi olimlar, professorlarning yoshini tahlil qiladigan bo‘lsak, 60 yoshdan katta hurmatli professorlar, akademiklar ko‘pchilikni tashkil etadi, keyin o‘rtada bo‘shliq paydo bo‘lgan bo‘lib, o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan salohiyatli, lekin boy tajribaga ega bo‘lmagan tadqiqotchilar avlodi paydo bo‘lgan. Aynan mana shu o‘sib kelayotgan ilm-fanga chanqoq yigit-qizlar o‘z ustilarida ishlashdan charchamasalar, tanlagan yo‘llaridan toymay olg‘a harakat qilsalar vatanimizdan Buxoriy, al-Xorazmiylar, Ibn Sino, Ulug‘bek, Farobiy kabi jahon ilm-fan sahnasining yorqin yulduzlari chiqishi muqarrar.
Demak, qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan, kurashishga tayyor, g‘ayrati jo‘shib turgan yoshlarga olim bo‘lishning afzalliklarini bayon etamiz:

1. Erkinlik.

Olimlar tadqiqot mavzularini erkin tanlash imkoniyatiga egalar, o‘z yo‘nalishlarini o‘zlari tanlaydilar. O‘z tadqiqotini istagan tomonga yo‘naltirish ijodiy ko‘tarinkilik baxsh etishi bilan qatorda, har qanday erkinlik ham tashabbuskorlikni, chuqur fikrlashni va qarorlar qabul qila bilib, shu qarorlarga mas’ul bo‘lishni talab etadi. Shu bilan bir qatorda olimlar, baribir, boshqa ijodiy kasb egalari, deylik, rassomlar, yozuvchilardan farqli ravishda grantlar beriladigan mavzular ichidan istaganlarini tanlab, unda g‘olib bo‘lishlari va shu o‘zlariga yoqqan mavzu ustida ishlaganlari uchun maosh olishlari mumkin..

2. Yuqori mansablarni egallash.

Sir emas, bugungi kunda fan nomzodi va doktorlariga ish ko‘p. Olimlar, masalan, ham tadqiqot ishlari bilan, ham ta’lim berish bilan shug‘ullanishlari mumkin.Katta maosh to‘laydigan yirik kompaniyalarda, davlat muassasalarida ham ilmiy darajangiz bo‘lsa, boshqa nomzodlar ichida yutib chiqish imkoniyatingiz bir necha baravarga oshadi.

3. Kashfiyotlar ichida yashash.

Atrofimizdagi borliqning yangi qirralarini kashf qilish saodati sizga nasib etadi. Ilmiy kashfiyotlarga aloqador bo‘lish qanchalik zo‘r! Buni ortidan tajriba orttirasiz, jarayonning o‘zidan maftun bo‘lasiz. Ko‘plab ilmiy maqolalar o‘qiysiz, turli xil konferensiyalarda ishtirok etasiz, buyuk olimlarning ma’ruzalarini tinglaysiz. Demak ham ishlab, ham boshqalarning ishlaridan ilhomlanasiz.

4. Xalqaro ilmiy jamoatchilik a’zosi bo‘lish.

Olimning qayerda ishlashi ahamiyatga ega emas. Deylik Toshkentda istiqomat qila turib, deylik, Yevropa mamlakatlarining ilmiy muassasasi bilan hamkorlik qilish mumkin. Olimlar millati va irqidan qat’iy nazar, doimiy ravishda tajriba almashganlari, yangiliklarga o‘ch bo‘lganlari bois ularni birlashtiruvchi omillar bisyor. Olimlar qandaydir rasmiy tashkilotlar orqali emas, ko‘ngil mushtarakligidan kelib chiqadi. Olimlarning mehnati dunyoni birlashtiradi, aholi hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

5. Safarlar.

Mamlakat ichidagi va xoridagi seminarlarga, o‘quv kurslariga, malaka oshirishga borish, shu bilan bir qatorda dunyo kezish qanday maroqli! Safarlarda mashhur olimlar bilan uchrashasiz, hamkasblar va talabalar bilan tanishasiz, yangi do‘stlar orttirasiz.Hamkorlik imkoniyatlari paydo bo‘ladi, yangi loyihalar va g‘oyalar bilan boyiysiz, g‘ayratingiz jo‘shib, ilmiy ishingizga yangi shijoat bilan kirishasiz. Qisqa muddatli seminarlardan tashqari bir necha oylik yoki yillik malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, chet tilini mukammal o‘rganish, o‘sha mamlakat aholisining yashash tarzi bilan tanishish,tadqiq qilishning yangi uslublarini o‘zlashtirish imkoniyatidan foydalanasiz.
Xulosa o‘rnida esa olimlar nafaqaga chiqmaydilar. Nafaqa yoshiga yetganlarida ham ular o‘zlarini jamiyat uchun kerakli insonlar deb hisoblaydilar. Bugungi maqola auditoriyasiga, balki, nafaqa to‘g‘risida o‘ylash erish tuyulsa-da, buni ham so‘ngso‘z o‘rnida eslatib o‘tishni joiz topdik. Zero, yoshlikda olingan, bilim toshga o‘yilgan naqshdek.
Nazokat Azim
«Yoshlar media markazi» NNTning kichik grantlar tanlovi asosida tayyorlandi.


Экономически выгодно быть ученым в Узбекистане? Вот пять причин, по которым молодые люди хотят стать учеными.

11 апреля 2019 г., 13:28 Сообщество
Есть юноши и девушки, которые вот-вот закончат среднюю школу и задаются вопросом, кем они станут в будущем. Этим вопросом озабочены не только молодые люди, но и их родители, родственники, учителя и друзья. Ведь будущее человека определяет его судьбу, и то, насколько он будет счастлив всю жизнь, в какой-то мере зависит от его карьеры.
Время от времени в обществе публикуются списки самых необходимых, самых высокооплачиваемых и самых престижных профессий, и неудивительно, что молодые люди, столкнувшиеся с конкурсом, задаются вопросом, смогут ли они выбрать какую-либо из них. Но в сегодняшней статье мы хотим сказать молодежи: выбирайте профессию, которую хотите, любите и о которой мечтаете! Почему? Потому что человек может быть успешным только в том случае, если он выберет профессию, которую любит и обладает большим талантом. Какую бы профессию вы ни выбрали, будьте в ней настоящим мастером! Потому что на самом деле вопрос не в том, какую профессию выбрать, а в том, насколько совершенна эта профессия.
Овладение профессией означает выбор определенной области обучения и ее углубленное изучение. А человек, который занимается исследованиями, — УЧЕНЫЙ!
Знаете ли вы, что в нашей стране не хватает ученых? По данным сайта Федерального статистического управления Германии, в 2015 г. количество ученых на 1 000 000 населения составляло 515 в Узбекистане, 734 в Казахстане, 1177 в Китае, 2261 в Малайзии, 2003 г. в ОАЭ, 3131 в России и 4169 во Франции. , в Германии — 4431, в Италии — 2018, в Украине — 1006, в Великобритании — 4055, в США — 4232 человека.
Как видите, количество людей, занимающихся наукой, в нашей стране намного ниже, чем в развитых и развивающихся странах. Так что сегодня самое время восполнить этот пробел. Это требует действий с раннего возраста.
На самом деле существует множество причин, по которым студенты уже много лет не интересуются наукой. Люди думают, что ученым много платят за их тяжелую работу. Однако углубленное изучение определенной области, становление ведущим специалистом в этой области откроет перед этим профессионалом большие двери. Проще говоря, много чтения и обучения проложит путь к процветающей жизни. Счастье, красивый дом, машина не определяется роскошью. Конечно определяется. И ученые могут не только добиться этого, но и помочь другим жить более счастливой и комфортной жизнью. Их изобретения, технологии и инновации приносят пользу как им самим, так и стране.
Еще одна информация:С этого года каждый проект в Узбекистане будет получать грант от 300 млн до 1 млрд сумов (!) в год на исследования. Маловероятно, что исследователям, которых они встречают, откажут в грантах. Для этого ученые должны участвовать в конкурсе со своими проектами. Финансируются исследования по темам, которые приносят пользу экономике, способствуют развитию нашего общества и помогают решать сегодняшние проблемы. Это факт, что сегодняшние студенты будут побеждать завтра, а молодые исследователи сегодня будут выигрывать такие гранты и прославятся своими изобретениями, которые принесут пользу нашей стране!
Дело в том, что как только молодые люди выражают желание сделать карьеру в науке, начинаются споры о трудностях этого пути, а молодым людям, еще не вступившим на этот путь, рассказывают о его трудностях: ученый трудно найти работу, низкая зарплата, научная, чтобы опубликовать статью, нужно бросить всю работу, чтобы подать заявку на грант, а получить грант сложнее, чем получить государственную награду и т.д. Это может случиться. Но это только одна сторона медали. Положительные аспекты науки обязательно изменят ваше мнение.
Исследователь всегда в поиске, даже в нерешительности, а в некоторых случаях может и не повезти (как и в любой профессии), но это не повод отчаиваться. Прежде чем мы поговорим о преимуществах работы ученым, нам просто нужно прояснить некоторые вопросы.
Во-первых, наука — это тяжелая работа, и не каждому под силу. Пока есть разные способы добиться высокого положения, занять высокие посты, какой выбрать — решать вам.
Во-вторых, вам нужно любить то, чем вы занимаетесь. Потому что, когда вы терпите неудачу, именно ваш интерес к этой области помогает вам преодолевать препятствия.
В-третьих, работа ученых — это не просто успех, аплодисменты. Ученый тратит 95 процентов своего времени на утомительные, казалось бы, утомительные задачи. Только в конце дня он сможет придумать что-то меньшее.
На сегодняшний день более 1 500 000 молодых людей в возрасте до 30 лет в Узбекистане получили патенты на различные изобретения. Эта цифра является лишь статистикой государственных вузов Узбекистана, а на самом деле количество наших юных изобретателей еще больше. В целях поддержки такой молодежи, начиная с 2019 года, молодые ученые, студенты и в целом предприимчивые граждане будут награждать знаком «Лидер инновационных идей». С 1 по 30 апреля текущего года государственные и негосударственные некоммерческие организации,Предварительные предложения субъектов хозяйствования принимаются комиссиями, образуемыми в районных и городских администрациях. Признание молодых людей, занимающихся исследованиями и внедрением исследований, показывает, насколько влиятельна наука в нашей стране.
Прежде чем перечислять преимущества работы ученым, стоит упомянуть еще один аспект нашей страны. Дело в том, что на данный момент, если проанализировать возраст ученых и профессоров в Узбекистане, то большинство уважаемых профессоров и академиков старше 60 лет, а дальше идет разрыв посередине, до тридцати лет на поколение. потенциальных, но неопытных исследователей. Если молодые люди, жаждущие этой растущей науки, не устанут работать над собой и будут работать не покладая рук во имя избранного пути, то мировая наука, такая как Бухари, ал-Хорезми, Ибн Сина, Улугбек, Фароби, придет из нашей страны. Появление ярких звезд научной сцены неизбежно.
Итак, мы хотели бы рассказать вам о преимуществах стать ученым для молодых людей, которые не боятся трудностей, готовы бороться и полны энтузиазма:

1. Свобода.

Ученые вольны выбирать темы своих исследований и выбирать свои собственные. Мало того, что направление своих исследований в каком-либо направлении дает один творческий импульс, но любая свобода требует инициативы, глубокого мышления, способности принимать решения и нести ответственность за эти решения. В то же время ученые, в отличие от других творческих профессионалов, таких как художники и писатели, могут выбирать темы, которые они хотят, из грантов, выигрывать их и получать оплату за работу над темой, которая им нравится.

2. Занятие высоких должностей.

Не секрет, что сегодня кандидатам и докторам предстоит много работы. Ученые, например, могут заниматься как исследованиями, так и преподаванием.

3. Жизнь в Открытиях.

Вы будете иметь счастье открывать для себя новые грани бытия вокруг нас. Какой прекрасный способ обманывать людей! После этого вы наберетесь опыта и будете увлечены процессом. Вы читаете много научных статей, посещаете различные конференции, слушаете лекции великих ученых. Так что вы оба вдохновляетесь работой и работой других.

4. Стать членом международного научного сообщества.

Неважно, где работает ученый. Например, живя в Ташкенте, можно сотрудничать с научным учреждением в европейской стране. Ученые, независимо от национальности или расы, постоянно обмениваются опытом,Их так много видов, что трудно сказать. Ученые исходят не из какой-либо официальной организации, а из консенсуса. Работа ученых объединяет мир, служит повышению качества жизни населения.

5. Поездки.

Как увлекательно ездить на семинары, курсы повышения квалификации, стажировки в стране и за рубежом, а также путешествовать по миру! Во время поездок вы познакомитесь с известными учеными, познакомитесь с коллегами и студентами, приобретете новых друзей, появятся возможности для сотрудничества, вы обогатитесь новыми проектами и идеями, у вас появится энтузиазм и вы начнете свою научную работу с новым энтузиазмом. В дополнение к краткосрочным семинарам вы можете пройти несколько ежемесячных или ежегодных курсов повышения квалификации, чтобы выучить иностранный язык, узнать об образе жизни людей в этой стране и освоить новые методы исследования.
Суть в том, что ученые не уходят на пенсию. Даже когда они достигают пенсионного возраста, они все еще чувствуют себя важными для общества. Хотя сегодняшняя статья может показаться плавильным котлом для пенсионеров, стоит упомянуть об этом в конце. Ведь знания, полученные в юности, подобны высеченному в камне узору.
Назокат Азим
Молодежный медиацентр был подготовлен на основе конкурса малых грантов общественных организаций.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: