Qaysi qon guruhi vakillarining immuniteti kuchli bo‘ladi?

Qaysi qon guruhi vakillarining immuniteti kuchli bo‘ladi

Olimlar qaysi qon guruhi egalari eng kuchli immunitetga ega ekanliklarini aniqlashdi.

Ular olib borgan tadqiqotga ko‘ra, IV qon guruhi egalari eng kuchli immunitetga ega bo‘ladilar.
Mutaxassislar kelgan xulosaga ko‘ra, qon guruhi inson organizmining virusli infeksiya vaqtida interferon ishlab chiqara olishiga ta’sir qiladi. Bu esa immun tizimi bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi. Interferonlar virus, bakterial moddalar va past molekulyar kimyoviy birikmalarning organizmga kirishiga javoban ishlab chiqariladigan oqsillar hisoblanadi.
Olimlar IV qon guruhiga ega odamlar interferon ishlab chiqarish borasida eng kuchli ekanliklarini aniqlashgan. Bunday qon guruhiga ega sinaluvchilarning 92 foizi organizmida ushbu oqsil ko‘p miqdorda ishlab chiqarilgan.
I va III qon guruhiga ega sinaluvchilarning, mos ravishda, 80 va 91 foizida yuqori ko‘rsatkichlar qayd qilingan.
II qon guruhi tashuvchilarining 40 foizida interferon ishlab chiqarish darajasi past bo‘lgan va ular kasalliklarga uchrashga qolganlardan ko‘ra ko‘proq moyil hisoblanadilar.
Avvalroq xitoylik olimlar koronavirusni boshdan o‘tkazganlarning aksariyati immunitet tiklanishi muammolariga duch kelishlari mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgandi. Bunday odamlarning bir qismida qonda limfotsitlar  kamayishi kuzatilgan.


Ученые определили, у обладателей какой группы крови самый сильный иммунитет.

Согласно их исследованию, люди с IV группой крови обладают самым сильным иммунитетом.
Специалисты пришли к выводу, что группа крови влияет на способность организма вырабатывать интерферон при вирусной инфекции. Это напрямую связано с иммунной системой. Интерфероны представляют собой белки, образующиеся в ответ на проникновение в организм вирусов, бактериальных веществ и низкомолекулярных химических соединений.
Ученые установили, что люди с IV группой крови являются самыми сильными в плане выработки интерферона. У 92% субъектов с этой группой крови вырабатывается большое количество этого белка.
Высокие уровни обнаружены у 80% и 91% лиц с I и III группами крови соответственно.
Сорок процентов носителей группы крови II имеют низкий уровень выработки интерферона и более склонны к заболеваниям.
Ранее китайские ученые пришли к выводу, что у большинства людей, перенесших коронавирус, могут быть проблемы с восстановлением иммунитета. У некоторых из этих людей наблюдалось снижение лимфоцитов в крови.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: