Jadidlar haqida eng sara she’rlar to‘plami

Jadidlar haqida she’rlar. Eng sara she’rlar to‘plami

Jadidlar haqida she’rlar, jadidlarga bag‘ishlangan eng sara she’rlarni qabul qiling.

Eslatib o‘taman, jaded bobolarimiz siymosiga bag‘ishlab tadbir uyushtirayotgan bo‘lsangiz mana bu sahifada jadidlar haqida eng yaxshi sahna ko‘rinishlari tayyorlaganmiz, foydalanib o‘z tadbiringizni tashkil etishingiz mumkin.

Jadidlar haqida qo’shiq

Bojalar guruhining Jadidlarim qo’shig’i matni
Bojalar guruhining Jadidlarim qo’shig’ini mana bu sahifada mp3 formatda yuklab olishingiz mumkin.
Bu vatanni onamdan kam sevsam uyat bo’ladi,
Bu vatanni tog’lardan kam sevsam uyat bo’ladi,
Qancha dunyo kezdim, ko’nglim yorishmadi baribir,
Mening yarim ko’nglim faqat shu vatanda to’ladi.

O’zbeklarning bu dunyoga aytar so’zi ko’p hali,
Jadidlarning yoqqan chirog’i o’chgani yo’q hali,
O’zbekiston, har bir qarich yeringni men ham,
Sevolsaydim, mening o’sha jadidlarim singari.

Cho’lponlikdan nihol va bo’stonlarim bor mening,
Usmon Nosirdan qolgan dostonlarim bor mening,
Mahmudxo’ja Behbudiy, maktablarim bor mening,
Elim uchun jon bergan jadidlarim bor mening.

Qurbon bo’lib ketgan bizning qancha sharaf-shonimiz,
Ma’rifatdan fido bo’lsa bo’lsin deya jonimiz,
Yurtboshimizning yoshlarga aytgan gapini eslang,
Jadidchilar bo’ladi, bizning qahramonimiz.

Bugun O’zbekiston har tomonlama,
Kuch-u qudratga ega har tomonlama,
Himoya qila oladi, O’zbekiston o’zini,
Haddingni bil, fitnachi, bu yurtni yomonlama.

Bugun O’zbekiston o’z so’zini ayta oladi,
Butun dunyomaydonida maqsad sari boradi,
Sportda, ilm-u fanda, har sohada bemalol,
Butun dunyo maydonida raqobatlasholadi.

Jadidlar Iqbol Mirzo she’ri

Taqdir erkalatgan qizlar, yigitlar
Sohilda sayr qilib, atirgul hidlar.
Xayolchan boqadi gʼoziy  shahidlar…
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Shaxsiy namuna yoʼq, chunki Ibrat yoʼq,
Olimlar juda koʼp, bitta Fitrat yoʼq,
Shu sabab majol bor, kuch bor, qudrat yoʼq, 
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Ular gʼisht qoʼygan, biz toshlar otamiz,
Ular soʼz yigʼganlar, biz gap sotamiz,
Ular kun kutgan, biz oylik kutamiz,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Tavallo, Qodiriy, Choʼlponlar qayda?
Hamzaxonlar qayda, Usmonlar qayda?
Ogʼiz juda katta, yuraklar mayda,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Oʼshalar bizlarning bobolarmikan?
Bizdan oʼzlarini topolarmikan?
Bizni nabiram deb tan olarmikan?
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Ular maktab qurgan, biz uy quramiz,
Ular gʼoya surgan, biz oʼy suramiz.
Yoppa tomoshabin boʼlib turamiz,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Qopogʼon  davr edi, qattol, qatagʼon,
Otilib chiqqanni shartta otagʼon…
Bugun yuki yengil tuya yotagʼon…
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Oʼziga kelmaydi oʼzdan ketganlar,
Ixlos qoʼyib shayton dumin tutganlar…
Qani yurt deb oʼzini unutganlar?
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Sheʼr avjida birdan qalam sekinlar,
Buyuk ustozlarim nima derkinlar?
Soʼnggi jadid edi Аbdulla, Erkinlar…
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Ufqqa urilib, qaytib kelgan oʼq
Mening yuragimni teshib oʼtgan choʼgʼ.
Muallimlar serob, Аvloniylar yoʼq.
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Taʼlim-tarbiyani najot  bilganlar,
Ilmiga oʼzlari amal qilganlar.
Qarang, amal deb oʼz jonin  yulganlar,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Maishat, toʼy, hasham bosh maqsad hamon,
Gapdan boshqa gap ham bor,  ey qadrdon!
Hamma zamonda ham kelmaydi zamon,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Zanglagan zehnimni charxlab beradigan,
Umrim savdosini narxlab beradigan,
Shu sheʼrni oʼgʼlimga sharhlab beradigan
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Iqbol Mirzo

Kechiring jadidlar

Siz yulduz bo’ldingiz, zulmatli kunlar,
Siz bilan yorishdi, azaliy tunlar,
Sizlarning qadringiz bilmadi olam,
Bizlarni kechiring, jadid bobolar!

Siz qurbon bo’ldingiz, erkinlik uchun,
Zamona zo’rniki bo’lgandi nechun!
Yangi O’zbekistonda qadringiz ulug’,
Bizlarni kechiring, jadid bobolar!

Yoshlar o’rganmoqda, bugun sizlarni,
O’zbek uyg’onmoqda, ochib ko’zlarni,
Bu kun ruhi baland o’g’il qizlarni,
Sizlarga izdoshmiz jadid bobolar!

Ma’rifat bayrog’in tutgan jadidlar

Zulmatni yoritgan, ziyolar sochgan,
Ilm-ma’rifatga quchog’inochgan,
Ilm-u rufon deya jonidan kechgan,
Fidokor, najotkor aziz jadidlar!

Ma’rifat bayrog’in baland tutdilar,
Maktablar ochdilar, ham o’qitdilar,
Vatanni ulug’lab she’rlar bitdilar,
Jasorati yuksak ulug’ jadidlar!

Har so’zda haqiqat, har so’zda orzu,
Elim deb,yurtim deb sochdilar yog’du,
Ular xotirasi yashaydi mangu,
Mangulik qsrini qurgan jadidlar!

Mavzuga doir:
Bayroq haqida she’r, eng yangi she’rlar to‘plami

Madhiya haqida she’r, eng sara she’rlar to‘plami

Vatan haqida she’rlar to‘plami

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 3
  1. Аноним

    zoʻr :sad: :sad: :?: :???: :lol: :shock: :arrow: :mrgreen: :smile: :twisted: :o :cool: :cry: :oops: :x :| :razz: :evil: :!: :roll: ;-)

  2. Barno

    Yaxshi sherlar ekan faqat eshitganda yigʻlatadigani yoʻq ekanda

  3. Jamshidbek

    Ma’rifat bayrog’in tutgan jadidlar.
    Bu sher kimga tegishli avtori kim

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: