Bahorda nega allergiya kuchayadi?

Bahorda nega allergiya kuchayadi

Bahor kelishi bilan ko‘pchilikni bir muammo — mavsumiy allergiya bezovta qila boshlaydi. Allergiya o‘zi nima? Nega bahor mavsumida allergiya kuchayadi? Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ayni shu savollarga respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori Ilmira Razikovadan javob oldi.

— Allergiya o‘zi nima?
— Allergiya — organizmga ta’sir qiladigan yoki tana bilan aloqada bo‘lgan, masalan, hayvonlarning juni, chang yoki ari zahri kabi moddalarga immun tizimining javobidir. Allergik reaksiyani keltirib chiqaradigan modda “allergen” deb ataladi. Aslida ular zararsiz moddalar hisoblanadi.
Ammo inson tanasi sezuvchanligining ortishi sabab, ya’ni immun tizimidagi buzilish oqibatida tana xavfsiz moddalarni xavfli deb qabul qiladi va himoya tizimini ishga tushiradi. Natijada esa burun oqishi, ko‘z yoshlanishi, qichishish, teri toshmalari paydo bo‘ladi.
—  Nega bahor mavsumida allergiya kuchayadi?
Bahorda sodir bo‘ladigan tabiat o‘zgarishlari, daraxtlar gullashi, o‘simliklardan ajraladigan chang zarralari organizmga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu vaqtda immun tizimi sustlashgan bo‘lsa, allergiyaga moyillik yuz berishi mumkin. Immunitetni mustahkamlash choralarini ko‘rish, allergiya xurujidan saqlanishning birinchi usulidir.
Mavsum allergiyasi asosan gulchanglari evaziga yuz beradi va tibbiyotda pollinoz deb ataladi. Allergiyani uch davrga bo‘lish mumkin. Boshlang‘ich davri – mart oyining boshidan may oyi o‘rtasigacha, ya’ni daraxtlar gullashi paytiga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi davri may oyidan iyulning oxiri, avgust boshigacha davom etadi. Bu vaqtda dala o‘tlarining gullashi yuz beradi. Uchinchi davri esa boshoqli o‘simliklar gullashi bilan bog‘liq bo‘lib, avgust oyidan noyabrgacha cho‘ziladi.
—  O‘ziga xos belgilari qaysilar?
Allergik inson allergen bilan to‘qnashganda, allergik reaksiya darhol yuzaga kelmaydi. Immun tizimi asta-sekin moddaga nisbatan sezgirlikni oshiradi. Vaqt o‘tib, tana o‘ziga xos yuqori sezgirlikka ega bo‘ladi, bu jarayon sensibilizatsiya deb ataladi. Bahor mavsumida allergiya ko‘pincha chang va gul changiga  nisbatan qo‘zg‘aladi. Uning simptomlari quyidagilardir:
• burun bitishi;
• ko‘zlarning qichishi;
• burundagi qichishish;
• rinit;
• ko‘zlarning shishishi;
• ko‘zlarning yoshlanishi.
Teridagi allergiya alomatlari:
• teri po‘st tashlashi;
• qichishish;
• teri quruqlashishi;
• teri qizarishi;
• terida qizg‘ish toshmalar paydo bo‘lishi.
Bahor mavsumida ushbu belgilarga duch kelsangiz, albatta, allergolog mutaxassisga murojaat qilishni tavsiya etamiz. Sababi — o‘zboshimchalik bilan noto‘g‘ri davo choralarini qo‘llash allergiyani kuchaytirish yoki boshqa xastaliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Xususan, astma kasalligi kelib chiqish ehtimoli yuqori hisoblanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


С приходом весны у многих людей начинается проблема – сезонная аллергия. Что такое аллергия? Почему аллергия усиливается весной? Ответы на эти вопросы пресс-служба Минздрава получила от руководителя Республиканского научного центра аллергологии, доктора медицинских наук Ильмиры Разиковой.

— Что такое аллергия?
— Аллергия – это реакция иммунной системы на вещества, воздействующие на организм или контактирующие с ним, например шерсть животных, пыль или пчелиный яд. Вещество, вызывающее аллергическую реакцию, называется аллергеном. На самом деле это безвредные вещества.
Однако из-за повышенной чувствительности организма человека, то есть из-за сбоя в работе иммунной системы, организм воспринимает безопасные вещества как опасные и активирует иммунную систему. Результат – насморк, слезы, зуд и кожная сыпь.
— Почему аллергия усиливается весной?
Изменения природы весной, цветущие деревья и частички пыли от растений по-разному влияют на организм. В этот момент, если иммунная система ослаблена, может развиться аллергия. Иммуносупрессия является первым шагом в предотвращении аллергии.
Сезонная аллергия возникает в основном из-за пыльцы и в медицине называется поллинозом. Аллергию можно разделить на три стадии. Начальный период – с начала марта до середины мая, когда зацветают деревья.
Второй период длится с мая по конец июля, начало августа. Это когда цветут сорняки. Третий период связан с цветением злаков, которое длится с августа по ноябрь.
— Каковы характеристики?
При контакте аллергика с аллергеном аллергическая реакция возникает не сразу. Иммунная система постепенно повышает чувствительность к веществу. Со временем тело становится более чувствительным, этот процесс известен как сенсибилизация. Аллергия на пылевых клещей и пыльцу наиболее распространена весной. Его симптомы:
• заложенность носа;
• зудящие глаза;
• зуд в носу;
• ринит;
• отек глаз;
• Старение глаз.
Признаки кожной аллергии:
• шелушение кожи;
• зуд;
• сухая кожа;
• покраснение кожи;
• Красная сыпь на коже.
Если вы испытываете эти симптомы весной, мы обязательно рекомендуем обратиться к аллергологу. Причина в том, что произвольное неправильное лечение может привести к развитию аллергии или других заболеваний. В частности, высок риск развития астмы.
Департамент по связям с общественностью Министерства здравоохранения.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: