O‘zbekistonda bitiruvchilarning baholari OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinishi kutilmoqda

O‘zbekistonda bitiruvchilarning baholari OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarning baholari OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinishi kutilmoqda. Bu haqda DTM 1-fevral kuni hukumatning tegishli qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 2020-yilning oktabr oyida o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistonda maktab bitiruvchilarning 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinishi haqida aytgandi.
“O‘quvchi maktabda 11 yil o‘qiyapti, lekin taqdiri bir kunda hal bo‘lyapti. Balki o‘sha kuni kasal bo‘lgandir, balki yaxshi uxlamagandir. Shu bois Prezidentimiz bu bo‘yicha topshiriq berganlar, o‘quvchilarning maktabda olgan baholari, ya’ni oxirgi olti yillik natijalari inobatga olinadi”, — degan edi u.
Qaror loyihasiga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (attestati) (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.
Ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablariga mas’ul vazirlik va idoralar 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab o‘z bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholarini aks ettiruvchi elektron platforma yaratadi. Baholar elektron platformaga har o‘quv yili uchun iyun oyida kiritiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi bitiruvchilari bahosining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblashda bitiruvchining 6–11-sinflardagi yillik baholarining umumiy yig‘indisi har bir sinfdagi o‘qigan fanlar sonining umumiy yig‘indisiga nisbati olinadi.
O‘rta maxsus ta’lim muassasalari va qabuli 9-sinf negizi asosida amalga oshiriladigan kasb-hunar maktablari (kollej, litsey) bitiruvchilari bahosining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblashda bitiruvchining 6—9-sinflardagi hamda 1—2-bosqichdagi umumta’lim fanlari bo‘yicha yillik baholarining umumiy yig‘indisi o‘qigan umumta’lim fanlari sonining umumiy yig‘indisiga nisbati olinadi.
2023-yil 1-yanvarga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilarning shahodatnomasi (attestati)dagi yoki diplom ilovasidagi umumta’lim fanlari bo‘yicha baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini aks ettiruvchi maxsus elektron platforma DTM tomonidan 2022-yil 1-yanvardan boshlab ishga tushiriladi.
Mavzuga doir:
Xalq ta’limi vaziri: “Keyingi kirish imtihonlarida o‘zbek tili bo‘yicha grammatika emas, to‘rtta ko‘nikma test qilinadi”
Sherzod Shermatov o‘quvchilari OTMga kira olmagan maktablar soni 2020-yilda 3 barobarga kamayganini ma’lum qildi


Ожидается, что с 2023/2024 учебного года в Узбекистане оценки выпускников будут учитываться на вступительных экзаменах в вузы. Соответствующий проект постановления правительства ДТМ вынес на общественное обсуждение 1 февраля.

Министр народного образования Шерзод Шерматов заявил на пресс-конференции в октябре 2020 года, что средний балл выпускников школ Узбекистана за 6 лет будет учитываться на вступительных экзаменах в вузы.
«Она учится в школе уже 11 лет, но ее судьба решается в один день. Может, он был болен в тот день, может, плохо спал. Поэтому те, кому это поручено Президентом, будут учитывать оценки учеников в школе, то есть итоги последних шести лет», — сказал он.
Согласно проекту постановления, начиная с 2022/2023 учебного года, выпускники общеобразовательных, средних специальных учебных заведений и профессионально-технических училищ обязаны пройти 11 лет обязательного образования с учетом среднего балла за последние 6 лет и этот показатель будет учитываться на вступительных экзаменах в вузы с 2023/2024 учебного года.
Министерства и ведомства, отвечающие за образовательные учреждения и профтехучилища, создадут электронную площадку, на которой будут отражаться оценки их выпускников за последние 6 лет с 2022/2023 учебного года. Оценки будут вноситься в электронную платформу в июне каждого учебного года.
Средний средний балл выпускника общеобразовательной школы рассчитывается как отношение общей годовой оценки выпускника 6-11 классов к общему количеству предметов, изучаемых в каждом классе.
При расчете среднего балла выпускников средних специальных учебных заведений и профессиональных училищ (колледжей, лицеев), прием в которые осуществляется на базе 9 классов, учитывается общее образование выпускников 6-9 классов и 1-2 ступени отношение общей суммы годовых оценок по предметам к общему количеству изученных общеобразовательных предметов.
С 1 января 2022 года будет запущена специальная электронная площадка ДТМ, отражающая средний балл выпускников учреждений общего среднего, среднего специального образования в аттестате (аттестате) или приложении к диплому по общему образованию до 1 января 2023 года.
Тема:
Министр народного образования: «На следующих вступительных экзаменах будут проверять четыре навыка, а не грамматику узбекского языка»
Шерзод Шерматов сообщил, что в 2020 году количество школ, в которых учащиеся не могут поступить в высшие учебные заведения, увеличилось втрое.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: