2022 yildan boshlab o’qituvchilarga bir qancha imtiyozlar berilishi kutilmoqda

2022 yildan boshlab o'qituvchilarga bir qancha imtiyozlar berilishi kutilmoqda

2022 yildan boshlab pedagog xodimlarga yer, mol-mulk solig’i hamda kommunal to’lovlar bo’yicha imtiyozlar berilib, ularga uy-joy hamda avtotransport vositalarini sotib olish uchun bir qancha imtiyozlar berilishi mumkin.

Bu haqda “2022-2026 yillarda Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning Milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi Prezident farmoni loyihasida nazarda tutilgan.

❕Mazkur farmon loyihasida pedagog xodimlarga asosan quyidagi imtiyozlar berilishi nazarda tutilmoqda:

👉pedagog va boshqa xodimlarga er va mol-mulk solig’i hamda kommunal xizmatlarga haq to’lash bo’yicha 50 foiz miqdorida imtiyoz beriladi;

👉umumta’lim maktablari rahbariyati va pedagoglari uchun shahar yo’lovchi transportidan foydalanishida 50 foiz chegirma beriladi;

👉Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etiladigan ro’yxat asosida tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog va xodimlarga uy-joy sotib olish uchun 3 yillik imtiyozli davr hamda yillik 3 foiz stavkasi bilan 20 yil muddatga ipoteka kreditlari ajratiladi;

👉xalq ta’limi tizimidagi xodimlarga har yili umumiy xodimlar soniga nisbatan bir foizdan kam bo’lmagan miqdorda foizsiz muddatli to’lov asosida avtotransport vositalarini sotib olish imkoniyatini yaratiladi;

👉15 yildan ortiq tizimda faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar hamda oliy va birinchi malaka toifasiga ega o’qituvchilarni bir yilda bir marta imtiyozli shartlarda sanatoriy-kurort sharoitida davolanishga yuboriladi.

❗️Eslatib o’tamiz, yuqorida sanab o’tilgan imtiyozlar Prezident farmoni loyihasi. Ushbu farmon loyihasi hozircha hech qanday kuchga ega emas. Farmon loyihasi barcha manfaatdor vazirliklar tomonidan ko’rib chiqib, ma’qullanib, Prezident tomonidan izolangandan so’ngina kuchga kiradi.


С 2022 года педагогам будут предоставляться льготы по земельным налогам, налогам на имущество и коммунальным платежам, а также ряд льгот на приобретение жилья и транспортных средств.

Об этом говорится в проекте Указа Президента «Об утверждении Национальной программы развития народного образования на 2022-2026 годы».

❕Проектом указа предусмотрены следующие льготы для учителей:

👉Учителям и другим работникам предоставляется скидка 50% на земельный и имущественный налоги и коммунальные услуги;

👉 скидка 50% на пользование городским пассажирским транспортом для администрации и учителей общеобразовательных школ;

👉Согласно перечню, предоставленному Министерством народного образования, учителям и сотрудникам системы будут предоставлены ипотечные кредиты на приобретение жилья сроком на 3 года с льготным периодом 3 года и годовой процентной ставкой 3 %;

👉 Работники системы народного образования смогут ежегодно приобретать транспортные средства на беспроцентной основе в размере не менее одного процента от общей численности работников;

👉Руководители, проработавшие в системе более 15 лет, а также педагоги с высшей и первой квалификационными категориями направляются на лечение в санаторно-курортные условия на льготных условиях один раз в год.

❗️Напоминаем, что перечисленные выше льготы являются проектом Указа Президента. Данный проект указа в настоящее время не имеет силы. Проект указа вступит в силу только после рассмотрения и согласования со всеми заинтересованными министерствами и утверждения Президентом.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 18
  1. shamshod

    yaxshi bo’lar edi :idea: :idea: :idea: :idea:

  2. Shoira

    Qani edi shunday bo`lib amalga oshsa

  3. Аноним

    hammasi gap. puch yong’oq :x

  4. dddd

    hammasi gap. puch yong’oq :x

  5. Dilshoda

    Hammaga bermaydi tanish bilishi borlar oladi shuni ham. Hammasi o’yin.
    Aslida uy joyga muhtoj o’qituvchilarga berishi kk.

    1. Nigora

      To’g’ri aytasiz xalq talim bo’limidan tanlab olingan o’qituvchilarga berilsa korrupsiya bo’lib ketadi. Subsediyadek ariza orqali ko’rib chiqilsa yaxshi uy joyga muhtoj o’qituvchilarga

  6. G'ofurjon

    Haqiqatdan olib qaraganda haqiqiy uy joyga ehtiyoji bo’lgan o’qituvchi pedagoglarga berilishi tarafdoriman.

  7. Abdu

    Qachon boladi

  8. Pardayeva G

    Òqituvchinig birorta farzandiga ham imtiyoz bormikan òqishga OTMga kirishga,barcha soha xodimlarining boshida oddiy òqituvchi turibdi,imtiyoz obdon òylab kòriladimish.

  9. Мохина

    Яхши буларди,аммо амалга тезрок ошириш керак

  10. Otabek

    Yaxshi zur kutilmagan bulardi ,moshina olar edik

  11. Исаева Хурсан

    Ушбу лойихага укитувчиларнинг хам фарзандлари учун ОТМ ларга киришга имтиез берилишини хам киргизишни таклиф берган булардим хамда чет элга еки Умра ХАЖ зиератларига хам имтезлар берилса туристик саехатлар ташкил этилса савоб ва окилона лойихага асос солинган булар эдилар.

  12. Saodat

    Hech bolmaganda qishloq o’qituvchilariga uy joy bo’icha imtiyoz bersa yaxshi bolardi

    1. Rajabov Baxodir

      :idea: :idea: :idea: :idea: :idea:

  13. Аноним

    E o’qtuvchiga kelganda ‘kuchga kirmagan gaplar

  14. Sanjar

    Qani endi shu imtiyozlar faqat qogʻozda emas amalda boʻoganida. Axir millat kelajagi oʻqituvchi ustozlar qoʻlidaku. Shu mansabdorlar ham osmondan bilib tushmaganku hamma ilmni. Eng rivojlangan davlatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki qaysi millat ustozlarga etibor kuchli boʻlsa oʻsha davlat buyuk boʻladi

  15. Maftuna

    O‘qituvchilargayam shunday imtiyozla berilsa yaxshi bulardi. Nima mehnat bo‘lsa barisini shu paytgacha qilishgan. Rag‘batlantirib turilsa nimalar qilinmaydi. Uy joyga muhtoj qacha o‘qituvchilar bor.

  16. Rajabov Baxodir

    :idea: :idea: :idea: :idea: :idea:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: