Bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha viloyatlar reytingi ma’lum qilindi

Bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha viloyatlar reytingi ma’lum qilindi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning aytishicha, hududlarda ta’limni yaxshilash bo‘yicha natijaga erishish uchun eng yaxshi tandem – jamoani birlashtira oladigan fidoyi xalq ta’limi boshqarmasi rahbari hamda uni doim qo‘llab-quvvatlaydigan viloyat hokimi.
“Namangan va Xorazm viloyatlarida shu kabi tandem bo‘lgani sababli boshqa hududlarga nisbatan maktablar masalasiga e’tibor kuchliroq bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami arafasida qator pedagoglar bilan birga ushbu ikki viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbarlari “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan edilar.
Bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha birinchi 5talik hududlar orasida eng katta o‘sish ham aynan Namangan va Xorazmda kuzatilmoqda”, – deb yozadi vazir.
Ta’kidlanishicha, barcha maktablarda OTMga yo‘naltirish ishlariga alohida e’tibor qaratilgani sababli, bu yil umumiy bitiruvchilarning soni 1,59 barobar ortgan bo‘lsa-da, OTMga kirgan bitiruvchilar soni 2,02 barobar ortgan. Tashqi omillar deyarli barcha hududga bir xil ta’sir qiladi (kvotalarning oshishi, kitoblar, DTM testlari va h.k.), aynan shu ikki hududda ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’ati boshqa hududlarnikidan ancha yuqori bo‘lganiga Namangan viloyatining o‘rni o‘tgan yildagiga nisbatan 4 pog‘onaga ko‘tarilgan, Xorazmniki esa 2 pog‘onaga.
“Ushbu oddiy misolning o‘zi prezidentimiz tomonidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbarlarini viloyat hokimining maslahatchisi sifatida mavqeyi ko‘tarilishi hamda hokimlarga kamida 30-40 foiz vaqtlarini maktablarga yordamga sarflashlari bo‘yicha ko‘rsatma berilishi bejizga emasligini ko‘rsatmoqda.
Viloyat (tuman) hokimi xalq ta’limi boshqarmasi (bo‘limi) rahbarini haftasiga kamida bir marotaba qabul qilib, muammolarini yechishda yordam bersa, albatta, o‘sha hududda ta’lim yo‘nalishida rivojlanish bo‘ladi. Hokim tomonidan e’tibor berilmasa yoki viloyat (tuman) xalq ta’limi rahbari muammolarni to‘g‘ri tahlil qilib hokimga tushuntira bilmasa, joylarda ijobiy o‘zgarish bo‘lishi juda qiyin.
Bu tezkor yig‘ilgan ma’lumotlar. Superkontrakt hamda yangi ochilayotgan xususiy va xorijiy universitetlar qabullari natijalari bo‘yicha Toshkent shahri (hamda ba’zi hududlar) ko‘rsatkichida yil yakunigacha qo‘shimcha o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Bitiruvchilari OTMga umuman kirmagan maktablar soni deyarli 3 barobarga kamaydi, bu bo‘yicha alohida batafsil ma’lumot beramiz”, – deb yozadi Sherzod Shermatov.


Министр народного образования Шерзод Шерматов считает, что лучшим тандемом для достижения результатов в повышении уровня образования в регионах является преданный своему делу начальник управления народного образования, способный объединить общество, и губернатор, который всегда его поддерживает.
«Из-за подобного тандема в Наманганской и Хорезмской областях вопросу школ уделяется больше внимания, чем в других регионах. Поэтому в канун Дня учителя и тренера, наряду с рядом педагогов, медалью «За верную службу» были награждены руководители отделов народного образования двух регионов.
Наманганская и Хорезмская области также входят в первую пятерку регионов по количеству выпускников, поступающих в высшие учебные заведения», — написал министр.
Отмечено, что общее количество выпускников в текущем году увеличилось в 1,59 раза, а количество выпускников, поступающих в высшие учебные заведения, увеличилось в 2,02 раза за счет особого внимания к университетской направленности во всех школах. Внешние факторы влияют практически на все регионы одинаково (увеличение квот, книг, тестов ДТМ и т.д.) увеличились на 4 балла по сравнению с прошлым годом, а Хорезм на 2 балла.
«На этом простом примере видно, что не зря наш президент выдвинул руководителей провинциальных отделов народного образования в советники губернатора и поручил губернаторам не менее 30-40 процентов своего времени тратить на помощь школам.
Если губернатор провинции (района) хотя бы раз в неделю принимает начальника отдела народного образования (отдела) и помогает решать их проблемы, то будет развитие в области образования в районе. Если губернатор не обращает внимания или если руководитель народного образования области (района) не может должным образом проанализировать проблемы и объяснить их губернатору, очень трудно добиться положительных изменений в этой области.
Эта информация собирается быстро. По результатам суперконтракта и приема вновь открывающихся частных и зарубежных вузов в городе Ташкенте (и некоторых областях) до конца года могут быть дополнительные изменения.
Почти втрое увеличилось количество школ, выпускники которых вообще не поступают в высшие учебные заведения, и мы предоставим об этом подробную информацию», — написал Шерзод Шерматов.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Dilshodbek

    :x :shock: :sad: :sad: :sad: :twisted: :twisted: :?: :arrow: :???: :idea: :o :smile: :o :mrgreen: :shock: :shock:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: