Endi o’qituvchilar ish haqi o’quvchilarning OTMga kirishi va kasb egallashiga qarab to’lanadi

Endi o’qituvchilar ish haqi o’quvchilarning OTMga kirishi va kasb egallashiga qarab to’lanadi
Telegramda o'qish

Kecha prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar va xotin-qizlarning bandligi va daromad manbai bilan ta’minlash masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda davlat rahbari tomonidan umumta’lim maktablarida kasbga o’qitishning yangi tizimini joriy etish bo’yicha topshiriqlar berildi.

«Avvalo, maktab bitiruvchilarini o’qish va ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi. Joriy yilda umumta’lim maktablarini 452 ming o’g’il-qiz tamomladi. Ularning 70 mingi oliy ta’lim, 85 mingi professional ta’limga kiradi. 95 mingdan ziyodi ishga joylashgan taqdirda ham, yana 200 mingga yaqin yoshlarning bandligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Maktabdanoq kasbga o’qitish tizimi joriy etilishi belgilandi. Navbatdagi o’quv yilidan boshlab maktab direktori va o’qituvchilarga o’quvchilarning oliy ta’limga kirishi, kasb egallab, o’z ishini topishi darajasiga qarab oshirilgan ish haqi to’lanadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Buning uchun 7-sinfdan boshlab o’quvchilarning kasblar kesimida qiziqishi aniqlanadi. 8-9-sinf o’quvchilari dasturchi, dizayner, tarjimon kabi istiqbolli kasblar uchun poydevor bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni egallaydi. 10-sinfdan robototexnika, dasturlash kabi talab yuqori kasblarga o’rgatish yo’lga qo’yiladi.
Joriy yil oxirigacha mahallalarda 136ta kasb-hunar o’qitish maskani, qisqa muddatli kasb-hunarga o’qitish kurslarini tashkil etib, 31ta kasb-hunarga o’qitish markazlarini jihozlash bo’yicha topshiriq berildi. Bu maqsadlar uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasidan Bandlikka ko’maklashish jamg’armasiga 200 milliard so’m ajratish, o’quv kurslarini, avvalo, kambag’allik eng yuqori bo’lgan mahallalarda tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.


Вчера под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялась видеоконференция, посвященная занятости молодежи и формированию доходов. Глава государства поручил внедрить новую систему профессионального обучения в общеобразовательных школах.

«В первую очередь были обсуждены вопросы обучения и трудоустройства выпускников школ. В этом году средние школы окончили 452 тысячи мальчиков и девочек. Из них 70 000 человек имеют высшее образование и 85 000 человек имеют профессиональное образование. Даже имея более 95 000 рабочих мест, необходимо трудоустроить еще 200 000 молодых людей.
Планируется внедрить систему профессионального обучения в школах. Со следующего учебного года директорам школ и учителям будет выплачиваться повышенная заработная плата в зависимости от уровня доступа обучающихся к высшему образованию, профессии и занятости», — сообщили в пресс-службе президента.
Для этого, начиная с 7-го класса, будут определяться интересы учащихся в сфере профессий. Учащиеся 8-9 классов получат знания и навыки, которые станут основой для перспективной карьеры программиста, дизайнера и переводчика. С 10-го класса будет введено обучение востребованным профессиям, таким как робототехника и программирование.
К концу текущего года в махаллях введено в эксплуатацию 136 центров профессионального обучения, краткосрочных курсов профессионального обучения и 31 центр профессионального обучения. В этих целях было отмечено, что из Антикризисного фонда в Фонд содействия занятости населения необходимо выделить 200 миллиардов сумов, а также организовать курсы повышения квалификации, в первую очередь, в беднейших микрорайонах.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: