O‘qituvchilarga ustama pullari Adliya aralashuvi bilan to‘lab berildi

O‘qituvchilarga ustama pullari Adliya aralashuvi bilan to‘lab berildi

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari faoliyatida “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi.

Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Ta’lim muassasalari o‘qituvchilaridan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz hamda asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqlari to‘lanishi kerak bo‘lsa-da, amalda viloyat bo‘yicha olimpiada g‘olibi bo‘lgan Uchko‘prik va So‘x tumanlaridagi maktablarda ishlovchi 7 nafar o‘qituvchiga ustamalar to‘lanmaganligi aniqlangan.

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish yakuni bo‘yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga kiritilgan taqdimnoma muhokama qilindi.

Unga ko‘ra, So‘x va Uchko‘prik tuman XTB mudirlariga joriy yilning 5 oktabr kuniga qadar ustama va mukofot pullarini to‘lab berilishi yuklatilgan bo‘lsa-da, amalda ushbu o‘qituvchilarga 164 million 303 ming so‘m ustama pullari to‘lanmagan.

Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton va Qo‘qon tumanlararo sudiga 7 ta sud buyrug‘i tartibida 164 million 303 ming so‘mni undirish yuzasidan arizalar kiritilib, hozirda 5 ta ariza yuzasidan 121 million 855 ming so‘mni undirish yuzasidan sud buyruqlari chiqarildi. 2 ta 42 448 000 so‘m ustama summalarini undirish haqidagi arizalar fuqarolik sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasining So‘x va Uchko‘prik tuman XTB mudirlariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atish yuzasidan viloyat bandlik bosh boshqarmasiga kiritilgan ma’muriy takliflarga asosan So‘x tuman XTB mudiri A.Temirov va Uchko‘prik tuman XTB mudiri D.Ayupovalarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) barobaridan ma’muriy jarima tayinlash yuzasidan qaror qabul qilinib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish yuzasidan boshqarmaning yozma ko‘rsatmasi yuborildi.


Соблюдение требований Указа Президента «О мерах по выявлению талантливой молодежи и организации непрерывной системы подготовки высококвалифицированных кадров» в деятельности районных (городских) отделов народного образования Управлением юстиции Ферганской области рганилды .

Об этом сообщает управление по связям с общественностью Минюста.

Хотя преподаватели общеобразовательных учреждений обязаны ежемесячно выплачивать стипендию в размере 150 % от заработной платы победителей международных олимпиад и 100 % от заработной платы победителей республиканского этапа основных олимпиад, на практике на региональной олимпиаде 7 учителей, работающих в школам Учкуприкского и Сохского районов, победившим в конкурсе, премии не выплачивались.

По результатам исследования, проведенного областным управлением юстиции, было рассмотрено представление, поданное в областное управление народного образования.

По его словам, главам Сохского и Учкуприкского районов поручено выплатить премии и надбавки до 5 октября текущего года, но на практике этим учителям выплачено 164 млн 303 тыс. сум.

По данным делам Риштанским и Кокандским межрайонными судами по гражданским делам заявлены заявления о взыскании 164 млн 303 тыс. сум по 7 судебным решениям, а в настоящее время судебные приказы о взыскании 121 млн 855 тыс. сум по 5 заявлениям сняты. 2 заявления о взыскании переплаты в размере 42 448 000 сум находятся на рассмотрении в гражданском суде.

Кроме того, статья 49, часть 1 Кодекса об административной ответственности Ферганского областного управления юстиции в отношении глав Сохского и Учкуприкского районов Республики Узбекистан по факту совершения административных правонарушений Согласно административным предложениям, внесенным в Главное управление , об устранении нарушений принято решение о наложении административного штрафа в размере 5 (пяти) базовых величин на главу Сохского района А. Темирова и главу Учкуприкского района Д. Аюпову. доска была отправлена.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Suyunov Sanjar

    Maktablarda Direktor Fondi kimlarga beriladi?. Olipmiadalarda fahirli o‘rinlarni egalasada ularga fo‘nd berilmasa qay tarzda chora ko‘rilaadi?

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: