1-yanvarda budjet xodimlariga moddiy rag‘batlantirish va ustama puli to‘lash boshlanadi

1-yanvarda budjet xodimlariga moddiy rag‘batlantirish va ustama puli to‘lash boshlanadi
Telegramda o'qish

Budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, OTMlarning moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblash yangi yildan davom etadi.

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab, budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, OTMlarning moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi davom etadi.

2020 yil davlat budjeti barqarorligini ta’minlash va xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha hukumat qarori bilan 2021 yil 1 yanvarga qadar moddiy rag‘batlantirish to‘lovlarini hisoblash to‘xtatilgandi. 

Tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razryadlari qo‘llaniladigan xodimlar bundan mustasno bo‘lgan.

Kun.uz’ning hukumatdagi manbasining bildirishicha, budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, OTMlarning moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turilishiga oid hukumat qaror loyihasi tayyorlanmagan. 

«To‘lovlar hisoblanishi to‘xtatilgandi, u dastlab oktabr oyigacha, keyin yil so‘ngiga qadar amal qildi. Ayni paytda muddatni yana uzaytirish bo‘yicha biror harakat yo‘q, Demak, hukumatning amaldagi qarori bo‘yicha to‘lovlar hisoblanishini to‘xtatib turish 1 yanvardan keyin bekor qilinadi», — deydi manba. 

Ma’lumot uchun, budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish Moliya vazirligining 1995 yilda qabul qilgan nizomi bilan tartibga solinadi. 

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: