O‘qituvchilar besh yil oldin pensiyaga chiqishi mumkin

O‘qituvchilar besh yil oldin pensiyaga chiqishi mumkin

Adliya vazirligi va manfaatdor vazirliklar tomonidan ishlab chiqilgan «Pedagog xodimlarning maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Loyihada pedagog xodimlarning pensiya yoshini qisqartirish, oyliklarini oshirish, ularni majburiy mehnatdan himoyalash, shaxsi va qadr-qimmatiga nisbatan noloyiq munosabatlarga qarshi kurashishga oid normalar kiritilmoqda.

Masalan, loyihada quyidagi takliflar ilgari surilmoqda:
👉 pedagog xodimlarning sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etish;
👉 pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilishni taqiqlash;
👉 pedagog xodim maqomiga ega shaxslarga ko‘krak nishoni va guvohnoma berish;
👉 pedagog xodimga umumiy belgilangan yoshdan besh yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqini taqdim qilish;
👉 pedagog xodim tomonidan uy-joy va avtotransport vositasini xarid qilish uchun uning oylik ish haqidan yo‘naltiriladigan mablag‘larni daromad solig‘idan ozod etish;
👉 davlat ta’lim tashkilotlari tugatilganda, davlat tomonidan pedagog xodimga avvalgi ishiga (lavozimiga) teng boshqa ish (lavozim) berilishini kafolatlash;
👉 ellik olti ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’til berish, shuningdek, ta’til berilganida, kalendar yilida bir marta bazaviy lavozim maoshi miqdorida sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam berish;
👉 pedagog xodimning bazaviy lavozim maoshi BHMning o‘n baravaridan
(2 million 230 ming so‘mdan) kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilanib, unda mutaxassisligi, malaka toifasi hamda ilmiy darajasi, davlat mukofotlari va unvonlari inobatga olingan holda ustama va qo‘shimcha haqlar to‘lash;
👉 umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodim biriktirish;
👉 pedagog xodimning ko‘p yillik xizmati uchun ustama to‘lash tizimini joriy etish;
👉 pedagog xodimni kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash;
👉 oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, ammo ta’lim tashkilotlarida kamida besh yil ish stajiga ega pedagog xodimni kirish test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan tashqari oliy ta’lim muassasasining pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakliga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish.

Marhamat, quyidagi havola orqali loytha muhokamasida ishtirok eting.

https://regulation.gov.uz/uz/d/25127

Muhokamada faolroq ishtirok eting, chunki najot ta’limda.


Сообщаем, что на общественное обсуждение вынесен проект закона «О статусе педагогов», разработанный Минюстом и соответствующими министерствами.

Проект вводит нормы по снижению пенсионного возраста учителей, повышению их заработной платы, защите их от принудительного труда, борьбе с ненадлежащим обращением с их личностью и достоинством.

Например, в проекте выдвигаются следующие предложения:
👉 Освобождение от уплаты государственной пошлины в случае защиты чести и достоинства педагогов и действий должностных лиц в суде;
👉 Запретить участие учителей в мероприятиях, собраниях и других мероприятиях, не связанных с их обязанностями и профессиональной деятельностью;
👉 Выдача значков и удостоверений лицам со статусом педагогического работника;
👉 Предоставление педагогическому работнику права на получение льготной пенсии со снижением от общеустановленного возраста до пяти лет;
👉 Освобождение от подоходного налога средств, направляемых воспитателем на приобретение жилья и транспортных средств на его месячную заработную плату;
👉 В случае ликвидации государственных организаций образования обеспечение государством предоставления педагогическому работнику другой работы (должности), равной предыдущей работе (должности);
👉предоставление ежегодного удлиненного оплачиваемого отпуска продолжительностью пятьдесят шесть рабочих дней, а также материальной помощи на восстановление здоровья в размере основного оклада один раз в календарный год при предоставлении отпуска;
👉 Базовая заработная плата учителя в десять раз превышает минимальную заработную плату.
(менее 2 млн 230 тыс. сум), в том числе выплата премий и доплат с учетом специальности, квалификационной категории и ученой степени, государственных наград и званий;
👉 Закрепление педагога-тренера за лицом, начинающим свою профессиональную деятельность в общеобразовательной организации, сроком на один учебный год;
👉 Внедрить систему премирования за многолетний стаж педагогов;
👉 бесплатная профилактическая вакцинация педагогических работников от инфекционных заболеваний в период их профессиональной деятельности;
👉 Преподаватели, не имеющие высшего образования, но имеющие стаж работы в образовательных организациях не менее пяти лет, без вступительных испытаний, на платной основе и сверх приемных параметров в области педагогики высшего учебного заведения, прием на вечернее и заочное обучение в форме собеседования.

Пожалуйста, примите участие в обсуждении проекта по ссылке ниже.

https://regulation.gov.uz/uz/d/25127

Будьте активнее в обсуждении, ведь спасение в воспитании.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: