X va H undosh harflarini farqlash usullari

X va H undosh harflarini farqlash usullari

Ko‘pchilik o‘quvchilar x va h undoshlarini qo‘llash jarayonida xatoga yo‘l qo‘yishadi. Ba’zan bu xatolar o‘qituvchilarning o‘zlarida ham uchrab turadi. Quyida “h” va “x” undoshini farqlashga yordam beradigan ba’zi usullarni tavsiya qilmoqchiman.

Avvalo, o‘quvchilarga “h” va “x” undoshining talaffuzi yaxshilab tushun­tiriladi. Talaffuz qilayotganda bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida — un paychalari o‘rtasidagi tor oraliqda hosil bo‘ladigan, jarangsiz sirg‘aluvchi bog‘iz tovushi “h” hamda chuqur til orqasidan chiqadigan, jarangsiz sirg‘aluvchi “x” tovushlari­ning talaffuzdagi farqli tomonlari amalda ko‘rsatiladi.

Quyida harflarni ajratish metodikasi va uni xotirada saqlab qolish usullari haqida ma’lumot beramiz.

Birinchidan, rus tilidan kirgan so‘zlarda hech qachon “h” tovushi uchramaydi. Masalan: texnika, ximiya…

Ikkinchidan, so‘z o‘rtasida kelgan “h” undoshi qatnashgan so‘zni talaffuz qilishda “h” undoshi “y”lashadi. Masalan, Rahim — Rayim, Sho­hista — Shoyista, Shohimardon — Shoyimardon, Zohid — Zoyid, Sohib — Soyib, Shohida — Shoyida…

Bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan holat: “h” dan keyin “i” unlisi kelgan bo‘lishi kerak. Chunki i unlisidan boshqa tovush kelganda “h” “y”lashmaydi. Masalan: Burhon, Qahhor, zahar, baham, Is’hoq va boshqalar.

Uchinchidan, “i” unli tovushidan keyin doim “x” harfi keladi: ixtilof, ixtiyor, ixlos, ixtiro, ixtisos, ixcham, omixta, pix, mix, six…

Bunda sharti: x undoshi yopiq bo‘g‘inning oxirida kelishi kerak. Bo‘g‘inning boshlanishida kelsa, “h”lashadi. Masalan, ji-hat, imti-hon, ni-ho­yat, ji-hoz, isti-hola, ni-hol va hokazo.

To‘rtinchidan, “e” unli tovushidan keyin hamisha “h” harfi keladi: meh-mon, deh-qon, be-hi, eh-tirom, isteh-zo, isteh-kom, mehr, meh-rob, meh-ribon, sehr, cheh-ra, eh-son, eh-tiyoj, eh-timol, eh-tiros, eh-tiyot, eh-rom, Beh-zod…

Beshinchidan, “x” tovushi bilan boshlangan aksar so‘zlardan x tovushi olib tashlansa, so‘z ma’nosi tubdan o‘zgaradi. H bilan boshlangan so‘zlarda esa ma’no o‘zgarmaydi.

Xayol — ayol, xona — ona, xazon — azon, xamir — amir, xanda — anda, xasta — asta, xato — ato, xil — il, xol — ol, xola — ola, xon — on, xor — or, xos — os, xotin — otin, xoch — och…

Oltinchidan, yana shunday shakldosh so‘zlarni ko‘rish mumkinki, har ikkalasi ham, deyarli, bir xil yozilgani bilan ma’nolari turlicha bo‘ladi. Bunda shu so‘z qatnashgan gap ma’nosiga e’tibor beriladi. Masalan, hil (hil-hil pishmoq) — xil (biron narsaning turi), hol (holat, vaziyat) — xol (yuzdagi xol ma’nosida), shoh (podshoh) — shox (daraxtning shoxi) so‘zlarini misol qilish mumkin. Bu so‘zlarni bilimni mustahkamlash darslari yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘yin tarzida o‘rgatib, yozdirib qo‘yish orqali o‘quvchida ma’nolariga qarab turib tovushlarni ajrata olish ko‘nikmasi rivoj­lantiriladi.

Shunday so‘zlarni oson yodlashlari uchun o‘quvchilarga bu harflar qatnashgan maqol, topishmoq va tez aytishlarni berish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Yuqoridagi ma’lumotlarni yon daftaringizga yozib olsangiz foydadan holi bo‘lmaydi.


Большинство учащихся делают ошибку, используя согласные x и h. Иногда эти ошибки встречаются и у самих учителей. Вот несколько способов, которыми вы можете определить разницу между «h» и «x».

В первую очередь учащимся разъясняется произношение согласных «ч» и «х». При произнесении в горловой полости — узкая щель между мучными тяжами, звук скользящего гортанного «х» и звук скользящего «х» из-за глубокого языка На практике показаны разные аспекты произношения.

Вот несколько основных фактов о подушке для топота и о том, как она используется.

Во-первых, в словах из русского языка никогда не используется буква «ч». Например: машиностроение, химия…

Во-вторых, согласная «h» в середине слова становится «y» при произнесении слова. Например, Рахим — Раим, Шохиста — Шойиста, Шохимардон — Шойимардон, Захид — Зойид, Сохиб — Сойиб, Шохида — Шойида…

Обратите внимание, что за буквой «h» должна следовать буква «i». Потому что, когда появляется звук, отличный от i, «h» не становится «y». Например: Бурхан, Каххор, Захар, Бахам, Исаак и другие.

В-третьих, за буквой «х» всегда следует буква «х»: разлад, воля, искренность, выдумка, специальность, лаконичность, смешанный, пикс, микс, шесть…

Условие состоит в том, что согласная х должна стоять на конце закрытого слога. Когда дело доходит до начала слога, он говорит «h». Например, джи-хат, имтихон, ни-хоят, джи-хоз, исти-хола, ни-хол и так далее.

В-четвертых, за буквой «ч» всегда следует буква «ч»: мех-мон, дех-кан, бе-хи, э-тиром, истех-зо, истех-ком, мехр, мех-роб, мех-рибон , магия, чех-ра, э-сон, э-тийой, э-тимол, э-тирос, э-тийот, э-ром, Бех-зод…

В-пятых, если убрать большую часть слов, начинающихся с буквы «х», значение слова радикально изменится. Слова, начинающиеся с H, не меняют своего значения.

Воображение – женщина, комната – мать, хазон – азан, тесто – амир, кханда – момент, больной – медленный, ошибка – ато, вид – ил, хол – ол, тетя – ола, хан – он, чор – ор, хос – ос, жена — лошадь, крест — голодный…

В-шестых, есть слова, похожие по форме, но имеющие почти одинаковое написание, но разные значения. Он фокусируется на значении слова, в котором оно используется. Например, хил (хиль-хил пишмок) — различный (вид чего-либо), хол (ситуация, ситуация) — хол (в смысле пятно на лице), кинг (кинг) — рог (рог дерева) . Обучая и записывая эти слова на игровых уроках или внеклассных занятиях, учащийся развивает способность различать звуки в соответствии с их значением.

Полезно дать учащимся пословицы, загадки и короткие поговорки, включающие эти буквы, чтобы их было легче запомнить.Вам будет полезно иметь возможность записывать вышеуказанную информацию в свой блокнот.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    :lol: :lol: :lol: :lol: :lol: :lol: :lol: :lol: :lol: :grin:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: