Nomard tanga… (Hazil tariqasida albatta..)

Nomard tanga

Avtobusda ketayotgandim. Kimningdir cho‘mchagidan bitta 100 so‘mlik tanga pastga, avtobus zinasiga tushib qoldi.

U eng past pillapoyadan bazo‘r o‘rin topdi. Tangani egilib olishini so‘raganday egasiga iltijoli tikildim. Ammo u parvo qilmadi. Shu tobda jahlim chiqdi! Axir u uning mulki-ku! Uni himoya qilishga majbur emasmi? Kulgili bo‘lsada, tangaga rahmim keldi. Bekatim kelganida uni olishga va haydovchiga berishga ahd qildim. Aftobus bekatlarda birin-ketin to‘xtar, undan odamlar tushib, chiqishardi. Ba’zilar unga teginib ketar, shuning natijasida qahramonimiz o‘z joyini biroz o‘zgartirardi xolos. Ammo tushib ketmadi! Xullas, 10tacha bekatdan so‘ng tanga 1 ayolning etagiga qo‘shilib, «shiq» etib yerga tushib qoldi. Avvaliga unga rahmim keldi, lekin keyin jahlim chiqa boshladi. Ichimdan g‘azabim kelib, shu so‘zlarni aytib yubordim: » Ha, nomard tanga! Bekati shu ekanda! Shuuuncha masofani bosib o‘tib, yo‘l haqqini to‘lamay qochib qoldi-ya!»
(Avtobusda odam ko‘p bo‘lgani uchun tanganing o‘zini suratga ololmay qoldim, lekin u taxminan yuqoridagi kabi ko‘rinishda edi. Avtobusga yo‘l haqqini to‘lamay qochgan nomardni hamma tanib qo‘ysin!)

Dilafruz To‘lqinova , O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti 111-guruh talabasi.


Я был в автобусе. Монета в 100 рублей выпала у кого-то из кармана и упала на ступеньки автобуса.

Он едва нашел место на самой нижней ступеньке. Я уставился на владельца, как будто просил его согнуть монету. Но ему было все равно. Вот тогда я разозлился! Ведь это его собственность! Разве ты не должен защищать его? Как это ни смешно, мне стало жалко монету. Когда моя станция приехала, я решил забрать ее и отдать водителю. Автобус останавливался один за другим на станциях, откуда люди входили и выходили. Некоторые задевали его, и в результате наш герой немного менял свою позицию. Но не упал! Итак, примерно через 10 остановок монета присоединилась к юбке 1 женщины и упала на землю. Сначала мне было его жаль, но потом я начала злиться. Я разозлился и сказал: «Да, бедняга! Это же станция! Он так далеко забежал и не заплатил за проезд!»
(Саму монету я не смогла сфотографировать, потому что в автобусе было очень много людей, но выглядела она почти как та, что выше. Пусть все узнают кочевника, сбежавшего, не заплатив за проезд в автобусе!)

Дилафруз Толкинова, студентка 111 группы Университета журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: