Hajviy hikoya: Salom qani?

Hajviy hikoya: Salom qani?
Telegramda o'qish

E’tiboringizga Do’stbek Sulaymonovning hajviy hikoyasini havola etmoqdaman.

— Hoy bola, to’xta-chi, menga nega salom bermading? — dedi Qo’chqor aka.
— Ie, amaki, nega salom berishim kerak ekan? — hayron bo’ldi Savdobek. — Biron narsa qilib berasizmi yo biron narsa olib berasizmi?
— Uyqusirayapsanmi, hov bola, men bir nima beraman deb o’lib turganim yo’q. Saloming qani deb so’rayapman? Salomingni pishirib yeganmisan? Qani, tez bo’l, salom ber!
— Salom ber?! Katta bo’lsangiz o’zingizga, xo’pmi? Boshimni qotirmang.
— Gapni ko’paytirma, shundog’am ko’p gaplashib qo’ydik. Avval salom, keyin kalom, degan gapni eshitmaganmisan? yo maktabda muallimlaring «O’zingdan kattani ko’rsang salom ber» deb o’rgatishmaganmi?
— U cho’pchagingizni uyingizga borib o’g’illaringizga ayting…
— Hov bola, o’pkangni bos, buncha tillashasan? Nechanchi sinfda o’qiysan?
— O’pkamni bosamanmi, yo’qmi, salom bermayman? Oltinchi sinfda o’qiyman.
— Sababini ayt-chi, odamni toza xit qivordingku?
— Amaki, hali ko’p narsani bilmas ekansiz. Salom duch kelgan odamga berilavermaydi.
— Unda kimga beriladi? Katta xolangga beriladimi? Bunday ochiqroq ayt-da, saqichga o’xshab cho’zavermay?
— Endi amaki, gapni dangalini aytadigan bo’lsam, men sizga salom bermayman, bundan keyin yo’lda tag’in to’xtatib boshimni qotirmang.
— Xo’p, gapni ko’paytirma, biron kishiga salom berasanmi o’zi? yoki suruvdan qolib ketgan takaday zipillab o’taverasanmi u yoqdan bu yoqqa?
— Men kimga salom berishimni aytishim shunchalik sizga kerakmi? Unda eshiting: qornim ochib oshxonaga kirsam oshpazga, pulim tugab kassaga borsam kassirga, uyga borsam dadam bilan oyimga salom beraman. Oshpaz ovqat, kassir pul beradi. Dadam bilan oyimningku topgani meniki. Siz nuqul salom-salom deb boshni qotirasiz? Anavi Teshavoy aka qo’shnimizni aytmaysizmi, o’zi duradgor, teshasini ko’tarib har zamonda biznikiga kelib turadi, har kelganda qo’liga qarayman, biror nima berarmikan, deb. Qani, mening shirin xayollarimga tushunsa. Go’zal xolam boshqacha-da, o’ziyam «Ayollar go’zallik saloni»da ishlaydi. Har safar kelganda menga shokolad, konfet olib keladi. Ketishida albatta pul uzatadi. «Olaqol toychog’im, muzqaymoq olib yeysan» deydi. Biram maza qilaman.
— Bo’ldi-bo’ldi, tushundim, ko’p gapirma, o’zi kimning o’g’lisan?
— U yoqda ko’rinib turgan magazinning orqa tarafida turadigan Bozorboy akaning o’g’liman. Otim Savdobek.
— Savdobek, qiziq bo’ldi-yu, shunaqa ism ham bo’larkanmi yo hazillashyapsanmi?
— Dadam bilan oyim men tug’ilmasdan oldin ham magazinda ishlashgan ekan. Men tug’ilganda savdomiz yurishib ketsin deb shu ismni qo’yishgan.
— Hm, Savdobek uka, shunday de.
— SHunday, siz ham magazinda ishlaysizmi?
— Yo’q, bor-yo’g’i bir bekorchiman. Demak, senga pul bersa salom berasan, shundaymi?
— Tushungan odamning sadag’asi ketsang arziydi.
— Men bir salom eshitgim keldi, mana tanishib oldik. Endi salom berasanmi?
— Pul berasizmi, amaki, tekinga hatto mushuklar uydan tashqariga chiqmayapti hozir.
— Ana shu savildan yo’q edi-da.
— Unda salomni katta ammangizning nevarasidan eshiting.
— Mening qo’ylarim bor, o’nta ular. Agar ular qo’zilasa senga bitta qo’zi beraman.
— Qachon? Hozirmi?
— Qo’ylarim qo’zilasa deyapmanku!
— Nasiyani o’g’riga chiqargan?
— Hoy bola, to’xta qarzga bo’lsayam salom berib ket.
— Dadam qarzga hech narsa berma degan. Men sizga salom beramanmi?
— Xo’p, mayli, xayr, de.
— Qiziq odam ekansizku, salomni ololmadingiz, xayrni qanday olasiz?
Saytimizda shuningdek maktab hayoti bilan bog’liq kayfiyatni ko’tarib yuboradigan latifalar ham o’rin olgan. Qiziqqan bo’lsangiz, ushbu havolaga o’ting.


Предлагаю вашему вниманию юмористический рассказ Достбека Сулейманова.

— Эй, парень, подожди, почему ты не поздоровался со мной? Саид Кочкор ака.
«Да, дядя, почему я должен здороваться?» Савдобек удивился. — Ты собираешься что-то сделать или принести?
«Ты спишь, мальчик? Я не горю желанием дать тебе что-нибудь». Привет где ты? Вы приготовили и съели салями? Давай, поторопись и поздоровайся!
«Привет?» Когда ты вырастешь, не так ли? Не качайте мне головой.
— Не болтай слишком много, мы много говорили. Разве вы не слышали сначала приветствие, а потом слово? Или ваши учителя в школе учили вас здороваться, когда вы видите кого-то старше вас?
«Иди домой и скажи своим сыновьям…»
«Мальчик, задержи дыхание, ты такой золотой?» В каком ты классе?
«Должен ли я нажимать на свои легкие или нет?» Я в шестом классе.
«Скажи мне, почему ты ударил человека чисто?»
— Дядя, ты еще многого не знаешь. Приветствия не передаются человеку, которого вы встречаете.
— Тогда кому? Его отдадут твоей старшей тете? Грубо говоря, не растягивается, как жевательная резинка?
— Ну, дядя, если мне лень, то я тебя не поприветствую. Больше не останавливай меня на дороге.
— Ну, не преувеличивай. Ты сам с кем-нибудь поздороваешься? или вы прыгаете от одного стада к другому?
— Тебе нужно, чтобы я сказал тебе, кого я приветствую? Тогда слушай: когда я иду на кухню натощак, я здороваюсь с кухаркой, когда у меня заканчиваются деньги, я иду к кассиру, а когда я иду домой, я здороваюсь с отцом и матерью. Повар дает еду, кассир дает деньги. То, что нашли мои отец и мать, было моим. Вы киваете головой в знак приветствия? Тешавой ака, наш сосед, плотник. О, если бы он понял мои сладкие сны. Моя прекрасная тетя по-другому работает в Женском Салоне Красоты. Каждый раз, когда он приходит, он приносит мне шоколад, конфеты. Он обязательно переведет деньги, когда уйдет. «Давай, детка, ты можешь съесть мороженое и съесть его». Я наслаждаюсь собой.
— Хорошо, я вижу. Не болтай слишком много. Чей ты сын?
«Я сын Бозорбоя ака, который стоит вон там, в глубине магазина». Меня зовут Савдобек.
«Савдобек, интересно, это имя или ты прикалываешься?»
«Мои отец и мать работали в магазине до моего рождения». Когда я родился, мне дали это имя, чтобы мы могли торговать.
— Хм, брат Савдобек, так и скажи.
— Так ты тоже работаешь в магазине?
— Нет, я просто идиот. Итак, если вам дадут деньги, вас поприветствуют, верно?
«Стоит подавать милостыню тому, кто понимает».
«Я хотел поздороваться, и вот мы здесь». Не могли бы вы поздороваться сейчас?
— Денег дашь, дядя, бесплатно? Теперь даже кошки из дома не выходят.
— Это было не от того сэвила.
— Тогда прими привет от своей правнучки.
«У меня десять овец». Если это ягнята, я дам тебе одного.
— Когда? Это сейчас?
«Я хочу, чтобы мои овцы были овечены!»
— Он украл кредит?
«Эй, мальчик, перестань брать взаймы и поздоровайся».
«Мой отец сказал мне ничего не давать взаймы». Могу я поприветствовать вас?
«Ну, попрощайся».
«Ты интересный человек. Ты не поздоровался. Как ты прощаешься?»
На нашем сайте также есть анекдоты, поднимающие настроение школьной жизни. Если вам интересно, перейдите по этой ссылке.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: