Miya uchun 7 ta eng yaxshi samarali mashq

Miya uchun 7 ta eng yaxshi samarali mashq
Telegramda o'qish

Tananing barcha a’zolari va qismlari qarish jarayonidan o’tadi, shuningdek miya ham. Biroq neyrobiologlarning aytishlaricha, miya qarishini sekinlashtirish mumkin, ya’ni to’g’ri ovqatlanish va miya doim harakatda bo’lish uchun xobbi (sevimli mashg’ulot) bilan shug’ulanish kerak.

Yoqimli va foydalini birlashtirish uchun, siz quyidagi keltirilgan xobbilardan bir nechtasini qilishga harakat qiling:

1. Meditatsiya. Meditatsiya (chuqur o’ylamoq, fikr yuritmoq) stress darajasini va qon bosimini pasaytiradi, hamda immun tizimini mustahkamlab, diqqatni yig’adi. Shu bilan o’n daqiqa shug’ullanish sizga yaxshi kayfiyatni qaytaradi va miyani yanada yaxshiroq ishlashiga omil bo’ladi.

2. Ovqat tayyorlash. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, uyda ovqat tayyorlaydigan insonlar, umuman olganda sog’lom hayot kechirmoqdalar. Bundan tashqari, ular sog’lom mahsulotlarni tanlash imkoniyatiga egalar va tayyorlash jarayondan zavq olishlari mumkin, bu esa miyaga ham foyda beradi.

3. O’qish. O’qish miyani fokus qilishga yordam beradi. So’zlar zahirasini ko’paytiradi, tassavurni kengaytiradi va miyani faolligini oshiradi. Bundan tashqari, o’qish – stressga qarshi eng yaxshi usul (69% stressni pasaytiradi). Uyqudan oldin o’qish yaxshi va sog’lom uyquga ketishga yordam beradi.

4. Shaxmat o’yini. Shaxmat o’yini miya uchun eng yaxshi xobbilardan biri: o’yin vaqtida miyaning ikki qismi rivojlanadi, xotira va stratetig o’ylash yaxshilanadi.

5. Raqs. Raqs – bu nafaqat yaxshi jismoniy mashq, u stressni kamaytiradi va serotonin (quvonch garmoni) darajasini ko’taradi. Raqs aqlliroq bo’lish usuli ekan, chunki har xil harakatlarni yodlash va qaytarish uchun siz miyaning barcha qismlarini ishlatasiz.

6. Guruh o’yinlari. Guruhda o’ynaganingizda, siz ko’p foydaga ega bo’lasiz: harakatchchanlik, yangi do’stlar va muloqotga kirishishingiz mumkin. Tadqiqotlarga ko’ra, muloqot bo’lmasligi, miyaga va sog’likga ta’sir qilar ekan. Shuning uchun basketbol, futbol, voleybol va boshqa guruhli sport o’yinlarini o’tkazish juda foydalidir.

7. Tillarni o’rganish. Ko’p tillarni biladiganlarning miyasi oddiy bir tilni biladigan inson miyasidan farq qiladi. Horijiy tilni o’rganish sizni yanada aqlliroq qiladi. Bundan tashqari, siz chet elliklar bilan muloqot qilishingiz va ularni madaniyatni o’rganishingiz mumkin. Bu esa yomon xotiraga qarshi eng yaxshi usuldir.

Aytib o’tilgandan xobbilardan tashqari, miya va butun tana uchun eng yaxshi dori bu kulgidir. Miya uchun qaysi xobbini tanlashingizdan qat’iy nazar, kulgi doim eng yaxshi qo’shimcha bo’ladi. Kulgi stressni yengib, tinchlik olib keladi!


Старению подвергаются все органы и части тела, в том числе и головной мозг. Однако нейробиологи утверждают, что замедлить старение мозга можно, то есть, чтобы правильно питаться и держать мозг в постоянном движении, необходимо заняться хобби (хобби).

Чтобы совместить приятное и полезное, стоит попробовать заняться несколькими из следующих увлечений:

1. Медитация. Медитация (глубокое размышление, медитация) снижает уровень стресса и кровяное давление, а также укрепляет иммунную систему и привлекает внимание. Десять минут упражнений подарят вам хорошее настроение и заставят лучше работать мозг.

2. Кулинария. Исследования показывают, что люди, которые готовят дома, обычно живут более здоровой жизнью. Кроме того, у них есть возможность выбирать полезные продукты и получать удовольствие от процесса приготовления, что тоже приносит пользу мозгу.

3. Чтение. Чтение помогает мозгу сосредоточиться. Увеличивает словарный запас, расширяет воображение и повышает мозговую активность. Кроме того, чтение — лучший способ справиться со стрессом (69% снижает стресс). Чтение перед сном помогает лучше и здоровее спать.

4. Игра в шахматы. Шахматы — одно из лучших увлечений для мозга: во время игры развиваются два отдела мозга, улучшается память и стратегическое мышление.

5. Танец. Танцы — это не только хорошее упражнение, они снижают стресс и повышают уровень серотонина (гормона радости). Танец — это способ стать умнее, потому что вы используете все части мозга для запоминания и повторения различных движений.

6. Групповые игры. Когда вы играете в группе, вы получаете массу преимуществ: мобильность, новых друзей и возможность общения. Исследования показывают, что недостаток общения влияет на мозг и здоровье. Поэтому очень полезно проводить баскетбол, футбол, волейбол и другие групповые виды спорта.

7. Изучение языков. Мозг людей, знающих много языков, отличается от мозга людей, знающих общий язык. Изучение иностранного языка делает вас умнее. Вы также можете общаться с иностранцами и узнавать об их культуре. Это лучший способ борьбы с плохой памятью.

Помимо увлечений, смех — лучшее лекарство для мозга и всего тела. Какое бы хобби вы ни выбрали для своего мозга, смех всегда будет лучшим дополнением. Смех преодолевает стресс и приносит умиротворение!

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: