Tayammum qanday qilinadi?

Tayammum qanday qilinadi

— Yoshim 70 da. Betob bo‘lib qolganim va suv ishlatolmasligim sababli tahorat olishda muammo bo‘lyapti. Tayammumni esa qanday qilsa, to‘g‘ri bo‘lishini bilmayapman. Momolarimiz aytishicha, toza tuproqqa oyoq-qo‘lni urib-urib, changitib qilish kerak ekan, unday qilsak, ust-boshimiz chang bo‘ladi-ku. Toza matoga qilsa bo‘lmaydimi?

— “Tayammum” lug‘atda “maqsad qilish” ma’nosini anglatadi. Istilohda esa poklanish maqsadida pok yer jinsi bilan yuzga va ikki qo‘lga tirsaklari bilan qo‘shib mash tortish “tayammum” deb ataladi.
Tayammum bo‘lishi uchun to‘rtta asosiy shart topilishi lozim:
1) Niyat; 2) Pok yer jinsi; 3) Pok yer jinsiga ikki marta qo‘lni urib, birinchisida yuzga mash tortish, ikkinchisida ikki qo‘lni tirsagigacha mash tortish; 4) Suv ishlatishdan uzrli bo‘lish.
Bizning mazhabimizda yer jinsidan bo‘ladigan barcha pok narsalarga tayammum qilish joiz hisoblanadi. Yer jinsidan bo‘lgan narsalar deganda esa quyidagilar ko‘zda tutiladi:
Tuproq, qum, sho‘rlab ketgan yer, ohak, gips, surma, surmatosh, zirniyx (hidsiz rangsiz ma’dan. Tibbiyotda teri kassalliklarini davolashda ishlatiladi), oltingugurt, zaj (bo‘yoqda ishlatiladigan tuz moddasi), kon tuzi, daraxtlar, (chunki odatda ustilarida changi bo‘ladi), o‘t-o‘lanlar (chunki bularning ustilarida ham odatda chang bo‘ladi), kiyimdagi yoki ulov o‘rindig‘idagi chang (agar kiyimda yo ulov o‘rindig‘ida mutlaqo chang bo‘lmasa, unga tayammum qilib bo‘lmaydi. Shuningdek, kiyimini silkitib havoda to‘zg‘igan chang-g‘uborga ham tayammum qilsa bo‘ladi. Chunki bunda ham aslida yer jinsiga tayammum qilingan bo‘ladi.
Tayammum qilinmaydigan narsalar:
Er jinsidan bo‘lmagan narsalarga tayammum qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun quyidagi narsalarga tayammum qilib bo‘lmaydi:
Un, talqon, kul, suvli tuz, mushk; shakar; anbar (xushbo‘y modda), za’faron, kafur (xushbo‘y modda), xina, loy (loy deganda uning suyuq bo‘lib turgan payti nazarda tutilgan. Ammo qotib ustiga chang o‘tiradigan bo‘lsa unga tayammum qilish joiz bo‘lib qoladi. Zero, yuqoridagi narsalarga ham agar chang o‘rnashadigan bo‘lsa, tayammum qilish mumkin bo‘lib qoladi. Chunki bunda aslida yer jinsidan bo‘lgan changga tayammum qilinayotgan bo‘ladi).
Shuningdek, najosat tegib so‘ngra qurib najosat asari ketgan yerga ham tayammum qilib bo‘lmaydi. Chunki najosatning asari ketgani sababli tuproqqa poklik hukmi sobit bo‘lsa ham, poklovchilik hukmi sobit bo‘lmaydi. Tayammum qilinadigan tuproqda esa poklovchilik sifati bo‘lishi shartdir.
Tayammum qilingan joyga yana qayta tayammum qilish joiz bo‘ladi.
Muhammad Ayyub HOMIDOV


— Мне 70 лет. У меня проблема с омовением, потому что я болен и не могу пользоваться водой. Я не знаю, как делать тайаммум. Наши бабушки говорили, что мы должны вытирать руки и ноги о чистую землю, и если мы это сделаем, то голова покроется пылью. Можно мне чистую тряпку?

— «Таяммум» в словаре означает «прицеливаться». Термин таяммум означает сочетание чистой земли с лицом и локтями.
Есть четыре основных условия тайаммума:
1) намерение; 2) джинсы пок; 3) дважды хлопнуть ладонями по чистой земле, в первый раз потирая лицо, а во второй обе руки до локтей; 4) Извините за использование воды.
В нашей секте разрешено совершать таяммум над всем, что чисто от земли. Земные объекты включают в себя:
Почва, песок, солончак, известь, гипс, сурьма, сурматош, зирнийкс (бесцветный минерал без запаха. Используется в медицине при лечении кожных заболеваний), сера, зай (соль, используемая в красках), горная соль, деревья, (т.к. на них обычно пыль), трава (потому что на них обычно тоже есть пыль), пыль на одежде или в автокресле (если на одежде или в автокресле абсолютная пыль) Если ее нет, то она не разрешается совершать над ним таяммум.
Вещи, которые нельзя выполнять:
Недопустимо совершать тайаммум над вещами, не относящимися к полу. Поэтому не разрешается совершать тайаммум в отношении следующего:
Мука, ​​тальк, зола, водная соль, мускус; сахар; анбар (душистое вещество), шафран, камфора (душистое вещество), хна, грязь (грязь означает время, когда она жидкая. Также возможно совершение таяммума над вышеперечисленными предметами, если на них оседает пыль, т.к. в этом случае они фактически совершая таяммум на пыли с земли).
Также не разрешено совершать тайаммум на месте, где нечистоты высохли после прикосновения к нечистоте. Потому что даже если суждение о чистоте установлено на земле из-за работы нечистоты, суждение об очищении не установлено. Почва, на которой совершается таяммум, должна обладать очищающими свойствами.
Дозволено снова совершить таяммум в том месте, где был совершен таяммум.
Мухаммад Айюб ХОМИДОВ

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: