Maktabda o‘quvchilar harbiylikka qanday tayyorlanyapti?

Maktabda o‘quvchilar harbiylikka qanday tayyorlanyapti

Mustaqillikning dastlabki yillariga to‘g‘ri kelgan o‘quvchilik yillarimda chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik darsi futbol stadionida kechgan. Rost, bu keyinchalik muddatli harbiy xizmatni o‘taganimda salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Eng yomoni shundaki, keyinchalik maktablarda 10-11 sinflar qisqarib, bu fan dars jadvalidan olib tashlandi. Harbiy o‘quv qurollari tarqalib ketdi, o‘q otish joylari buzildi.
Ammo bugun davr o‘zgardi, bu fanga, ya’ni yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga e’tibor birmuncha oshdi. Xususan, 2017 yilda umumiy o‘rta ta’lim tizimida 10-11 sinflar qayta tiklanib, bu yo‘nalishda alohida dars mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi.
Ajratilgan soatlar yetarlimi?
Yoshlarni chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik yo‘nalishida ham muayyan normativ hujjatlar talab qilinadi. Afsuski, bu borada hali qilinadigan ishlar ko‘p. Ammo arzirli ishlar ham yo‘q emas.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda 1247 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1239 tasida yoshlarni chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari faoliyat olib bormoqda.
— Hamkasblarimiz tayanch o‘quv rejasi asosida 10-11 sinflarda haftasiga bir soatdan dars o‘tadi, — deydi Samarqand shahridagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Tursun Bo‘riyev. — Mashg‘ulotlar sifatli tashkil qilinishi uchun har bir maktabda sinfxonalar zarur ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan. Shuningdek, xotira burchak­lari tashkil qilinib, bu yerda Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta’minlashda halok bo‘lganlar to‘g‘risida fotolavha va ma’lumotlar joylashtirilgan.
— Mashg‘ulotlar sifatini oshirish, jumladan, yoshlarda harbiylikka havasni kuchaytirish maqsadida harbiy qismlar va tegishli boshqarmalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, — deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi amaliy fanlar metodisti Nurali Ibragimov. – Masalan, “Yosh qutqaruvchi”, “Temurbeklar” singari tanlovlar orqali o‘quvchilarimiz egallayotgan bilimlar sinovdan o‘tkaziladi. Bundan tashqari, har yili o‘tkaziladigan harbiy vatanparvalik oyligida harbiy o‘quv dala maydonlari, qismlarga o‘quvchilarning sayohati tashkil qilinadi. Harbiy xizmatchilar hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi.
Albatta, bu borada haftada bir soat dars orqali o‘quvchilarga yetarli ma’lumot va ko‘nikma berish qiyin. Shu bois, maktablarda yosh merganlar, yosh topograflar va boshqa to‘garaklar tashkil qilingan. Qolaversa, dars mashg‘ulotlarini ko‘paytirish masalasi ham ayni paytda keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan milliy dasturda o‘z ifodasini topadi, deb o‘ylayman.
Boshqarma metodisti va amaliyotchi o‘qituvchilar chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani aynan qancha bo‘lsa yetarli bo‘lishini aytmagan bo‘lsalar-da, bu borada tegishli takliflar bildirilayotganini qayd etishdi.
Nochor moddiy-texnik baza
— 1990-1993 yillarda ham maktabda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan dars berganman, — deydi Jomboy tumanidagi 51-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Anvar Farmonov. – O‘sha payt, umuman o‘zimiz o‘qigan vaqtlarda ham maktablarda qariyb barcha jangovar qurollar bo‘lardi. Bugun ham qurollar masalasi bosqichma-bosqich ko‘rib chiqilyapti. Lekin bizni qiynagan eng og‘riqli masala bu jismoniy tayyorgarlik maydoni yo‘qligi. Lekin biz masala markazlashgan tartibda yoki qachondir hal etilishini kutib turganimiz yo‘q. Maktabimizda homiylar ko‘magi bilan gimnastika maydoni tashkil qilib, zarur jihozlar bilan ta’minlaganmiz. Bugun bu joy o‘quvchilarimizning sevimli maskaniga aylangan.
— Darhaqiqat, chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha moddiy-texnik baza maqtagulik darajada emas, — deydi N.Ibragimov. – Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 18 nomdagi plakatlar bilan ta’minlangan. Har bir tumanga 4 donadan o‘quv avtomati tarqatilgan.
Albatta, chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik ko‘proq amaliyot va ko‘rgazmali vositalar bilan bo‘lsa, kutilgan natijani beradi. Bu borada gap ketganda tegishli hujjat asosida viloyat, shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limi boshliqlari hokimlarning maslahatchisi etib belgilanganini aytib o‘tish lozim. Endi bu bilan joylardagi rahbarlarga bevosita maktablar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiya kiritish uchun vakolat berildi.
— Hukumatnig tegishli qarorida 11-sinf o‘quvchilarining 3 kunlik taktik-amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish belgilangan, — deydi T.Bo‘riyev. — Nazarimda, bu masala ham yaqin vaqt ichida o‘zining amaliy yechimini topadi.
Malakani qayerda oshirgan ma’qul?
Garchi, xalq ta’limi tasarrufida bo‘lsa-da, mantiqan olib qaraganda mudofaa tizimiga yaqin bo‘lgan chaqiriqqa qadar tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining hammasi ham yetarli darajada malaka va ko‘nikmaga ega, deb bo‘lmaydi. Qolaversa, shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda mazkur fan o‘qituvchilarining xalq ta’limi tizimida malaka oshirishlari mantiqan to‘g‘ri emasdek.
— Tizim xodimlari, shu jumladan, chaqiriqqa qadar tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining har uch yilda malaka oshirishlari va qayta tayyorlovdan o‘tishlari belgilangan, — deydi N.Ibragimov. — Shu bois, o‘qituvchilarimiz boshqarma qoshidagi institutda kurslarda o‘qib, o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirib kelmoqda. Bu yerda mashg‘ulotlar zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil qilingan.
— Bir oyda bitta o‘qituvchi malaka oshirganda Jomboydagi birinchi navbatdagi o‘qituvchiga yana besh yilda navbat keladi, — deydi A.Farmonov. — Shu bois, maktabimizda har hafta o‘zaro tajriba almashish mashg‘ulotlarini tashkil qilganmiz. Deylik, kimdir topografiya bo‘yicha yaxshi bilim va ko‘nikmaga ega, o‘sha yo‘nalishda mashg‘ulot o‘tkazadi. O‘z navbatida, bugungi kunda sohadagi yangilik va o‘zgarishlar bilan tanishtiradi.
Bundan tashqari, fan o‘qituvchilarining telegram guruhini tashkil qilganmiz. Bugungi kunda nafaqat viloyatimiz, balki boshqa hudud o‘qituvchilari ham a’zo bo‘lgan ushbu guruhda sohaga oid yangiliklar va zarur hujjatlar e’lon qilib boriladi, amaliy tajribalar o‘rtoqlashiladi.
Albatta, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi qoshidagi malaka oshirish institutida darslar namunaviy asosda tashkil qilingan, — deydi T.Bo‘riyev. – Ammo bu yerda amaliy mashg‘ulotlar uchun imkoniyat deyarli yo‘q. Shuning uchun Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi bilan hamkorlikda fan o‘qituvchilarining 3 kunlik dala-o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Ustozlarga e’tibor zarur
Bugun o‘qituvchilarning jamiyatdagi obro‘sini oshirish, ularning moddiy ta’minotini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda. Shu jumladan, chaqiriqqa qadar tayyorgarlik fani o‘qituvchilariga bo‘lgan e’tibor ham ortib boryapti.
Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi buyrug‘iga asosan ChQBT rahbari lavozimi vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari etib belgilangan. Taassufki, oylik maoshida o‘zgarish yo‘q.
— Albatta, bu masala vazirligimiz tomonidan o‘rganib chiqilib, zarur choralar ko‘rilmoqda, — deydi N.Ibragimov. — Bunda birinchi navbatda, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosarining oylik ish haqi maktabdagi oliy ma’lumotli o‘qituvchilarning ish haqiga tenglashtiriladi. Keyinchalik bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
— Faoliyatim davomida ko‘plab yosh ChQBT rahbarlari bilan suhbatlashishimga, ularning oilaviy sharoitlarini o‘rganishimga to‘g‘ri keladi, — deydi A.Farmonov. – Ularning aksariyati oila boshlig‘i va asosiy boquvchi hisoblanadi. Shu bois, 1 million 200 ming so‘m, balki undan sal ko‘proq ish haqi yetarli bo‘lmayotganini his qilganman. To‘g‘ri, biz singari asosiy kontingentning 25-30 foizini tashkil qiluvchi zaxiradagi ofitserlar hisoblangan direktor o‘rinbosarlari uchun ish haqining qanchaligi muhim ahamiyatga ega emas. Ammo boshqa yo‘nalishlardagi oliy o‘quv yurtlarini tugatib, faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning ish haqini oshirish kerak. Chunki, ular endi nafaqat 10-11 sinflarga dars o‘tadi, balki barcha maktab o‘quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga mas’ul etib belgilandi.
Davra suhbatimiz davomida yana bir holat e’tiborimni tortdi: zaxiradagi ofitser yoki serjantlar tarkibiga kiruvchi ChQBT rahbarlarining harbiy unvoni deyarli o‘zgarmaydi. Nazarimda, bu masala ham tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
Yoqubjon MARQAYeV.

Manba: Zarnews.uz


В ранние школьные годы, до обретения независимости, у меня была предслужебная тренировка на футбольном стадионе. Правда, это отрицательно сказалось на моей последующей военной службе.

Хуже всего то, что 10-11 классы в школах позже сократили, а предмет убрали из школьной программы. Военно-учебное оружие было рассредоточено, а полигон уничтожен.
Но сегодня времена изменились, и усилился акцент на этой науке, которая призвана воспитывать молодежь в духе воинского патриотизма. В частности, в 2017 году в системе общего среднего образования были восстановлены 10-11 классы, организованы специальные классы по этому направлению.
Достаточно ли отведенных часов?
Определенные нормативные документы необходимы и для допризывной подготовки молодежи. К сожалению, многое еще предстоит сделать. Но в этом есть нечто большее, чем кажется на первый взгляд.
По данным провинциального управления народного образования, в настоящее время 1 239 из 1 247 общеобразовательных средних школ укомплектованы учителями начальных классов.
«Наши коллеги преподают один час в неделю в 10-11 классах на основе базовой учебной программы, — сказал Турсун Буриев, заместитель директора по патриотическому воспитанию молодежи Самаркандской средней школы № 33. — Классы в каждой школе оборудованы необходимыми наглядными пособиями для обеспечения качества уроков. Также устроены мемориальные уголки, где размещены фотографии и информация о погибших в неприкосновенности границ страны.
«В целях повышения качества подготовки, в том числе мотивации молодежи к призыву на военную службу, налажено взаимодействие с воинскими частями и соответствующими ведомствами», — сказал методист областного управления народного образования Нурали Ибрагимов. — Например, такие конкурсы, как «Юный спасатель», «Темурбеклар», проверяют знания наших студентов. Кроме того, в рамках ежегодного военно-патриотического месячника организуются военно-учебные сборы и выезды студентов в части. Состоится день открытых дверей для ознакомления с бытом военнослужащих.
Конечно, трудно дать студентам достаточно информации и навыков в этом отношении за один час в неделю. Поэтому в школах созданы кружки юных снайперов, юных топографов и другие. Кроме того, я думаю, что вопрос увеличения количества классов найдет свое отражение в национальной программе, которая сейчас обсуждается широкой общественностью.
Хотя преподаватели-методисты и практические работники кафедры не сказали точно, насколько будет достаточно базовой подготовки перед призывом, они отметили, что соответствующие рекомендации даются.Слабая материально-техническая база
— В 1990-1993 годах я преподавал в школе начальные классы, — рассказал Анвар Фармонов, заместитель директора по патриотическому воспитанию средней школы № 51 Джамбайского района. «В то время, когда мы учились, в школах было почти все оружие, — сказал он. Сегодня вопрос оружия все еще рассматривается поэтапно. Но самое мучительное для нас – это отсутствие спортзала. Но мы не ожидаем, что вопрос будет решен централизованно или в любое время. С помощью спонсоров мы организовали в нашей школе спортивный зал и снабдили его необходимым оборудованием. Сегодня это любимое место наших студентов.
«На самом деле материально-техническая база дослужебной подготовки не заслуживает похвалы», — сказал Ибрагимов. — Общеобразовательные школы обеспечены 18 плакатами. В каждый район было роздано по 4 тренажера.
Конечно, первоначальная подготовка перед звонком, с дополнительной практикой и наглядными пособиями, даст ожидаемый результат. Отметим, что на основании соответствующего документа советниками акимов назначены руководители областных, городских и районных отделов народного образования. Теперь он дает возможность руководителям на местах вносить предложения и рекомендации непосредственно по укреплению материально-технической базы школ.
— Соответствующим решением правительства предусмотрено проведение 3-х дневной тактической подготовки для учащихся 11-х классов, — сказал Т.Буриев. — Я думаю, что этот вопрос будет решен в ближайшее время.
Где вы предпочитаете совершенствовать свои навыки?
Хотя и находятся под контролем народного образования, не все преподаватели подготовительной науки имеют достаточную квалификацию перед призывом, что логически близко к системе защиты. Более того, в современном быстро меняющемся мире учителям данного предмета не представляется логичным повышать свою квалификацию в системе народного образования.
«Работники системы, в том числе педагоги-педагоги, будут проходить переподготовку и переподготовку каждые три года», — сказал Ибрагимов. «Поэтому наши преподаватели проходят курсы в институте под руководством администрации и повышают свою квалификацию». Обучение проводится на основе современных информационных технологий.
«Когда один учитель готовится за месяц, первый учитель в Джамбае будет подготовлен еще через пять лет», — сказал Фармонов. «Вот почему у нас в школе еженедельные обмены». Скажем, кто-то имеет хорошие знания и навыки в топографии и обучен в этой области. В свою очередь, он знакомит с последними новостями и разработками в отрасли на сегодняшний день.
Помимо,мы сформировали телеграмму группу учителей естественных наук. Сегодня эта группа, в которую входят педагоги не только нашего края, но и других регионов, публикует новости и необходимые документы в сфере, делится практическим опытом.
Конечно, занятия в Институте повышения квалификации при областном управлении народного образования организованы на образцовой основе, — сказал Т.Буриев. «Но возможности для практических занятий здесь почти нет». Поэтому было бы целесообразно совместно с командованием Центрального военного округа организовать 3-х дневную полевую тренировку учителей естественных наук.
Учителя требуют внимания
Сегодня принимаются меры по поднятию престижа учителей в обществе и улучшению их материального положения. Также растет интерес к учителям до начала работы.
Согласно приказу Министерства народного просвещения от 28 декабря 2019 года на должность начальника ЦКБТ назначен заместитель директора по обучению молодежи в духе патриотизма. К сожалению, в зарплате нет изменений.
«Конечно, этот вопрос изучается нашим министерством и принимаются необходимые меры», — сказал Ибрагимов. — Во-первых, месячная зарплата заместителя директора по патриотическому воспитанию будет равна зарплате учителей с высшим образованием. Затем его постепенно увеличивают.
«За свою карьеру мне приходилось общаться со многими молодыми лидерами CHQBT и изучать их семейное положение», — сказал А. Фармонов. «Большинство из них — глава семьи и главный кормилец». Так вот, я посчитал, что 1,2 млн сумов, может чуть больше, маловато. Правда, сколько бы заместители директора, такие же, как и мы, офицеры запаса, не составляли 25-30% основного контингента. Однако необходимо повысить заработную плату преподавателей, окончивших другие вузы и работающих. Потому что они теперь учат не только в 10-11 классах, но и занимаются воспитанием всех школьников в духе воинского патриотизма.
Во время нашего круглого стола мое внимание привлек еще один момент: воинские звания офицеров запаса или сержантов лидеров QQBT практически не изменились. Я думаю, что этот вопрос должен быть рассмотрен соответствующими организациями.
Ёкубжон МАРКАЕВ.

Источник: Zarnews.uz

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: