Maktabda onlayn ta’lim o’zini oqlaydimi – Vazir munosabati

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov gibrid ta'lim masalasiga munosabat bildirdi
Telegramda o'qish

Avvalroq, Xalq taʼlimi vazirligi yangi 2021-2022 oʻquv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik koʻrayotganini maʼlum qilgan edi.

Kecha, 17-avgust kuni Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov “Xalq soʻzi” muxbiri Inobat Ahatova bilan suhbatda gibrid taʼlim borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
— Men onlayn taʼlim tarafdori emasman. Biz anʼanaviy darslar tarafdorimiz. Gibrid degani hamma oʻzboshimchalik bilan ish tutadi, maktabga xohlasa boradi, xohlasa bormaydi degani emas. Mahalliy kengashlar maktablarni vaqtinchalik yopsa, oʻquvchilar 3-10 kun onlayn, keyin yana anʼanaviy shaklda oʻqiydi.
Toʻgʻri, oldin biz erkinlik qildik, ota-ota oʻzi tanlasin dedik, lekin ikkinchi tomondan bolalar orasida jinoyatchilik soni oshib ketdi, tarbiyasizlik koʻpayib ketdi. Onlayn oʻqiyapman deb, qashqadaryolik bola Toshkentda bozorda yuribdi. Buni bizga nima keragi bor?!
Shu fursatdan foydalanib ota-onalarga maktab taʼlimi majburiyligini, ota-onaning bolani maktabga borishini taʼminlab berishiga majburligini, aks holda javobgarlik borligini eslatib oʻtish kerak. Onlayn degan narsa bahona boʻlib qolishi kerak emas. Biz tartibni yana-da kuchaytiramiz va imkon boricha hamma maktablarni anʼanaviy qilish harakatidamiz.
Albatta, pandemiya kuchayib ketsa, respublika komissiyasi qattiqroq qaror qiladigan boʻlsa, majbur boʻlamiz onlayn darsga oʻtishga, – deydi vazir.
Vazirning maʼlum qilishicha, vazirlik tomonidan ota-onalar oʻrtasida soʻrovnomalar qilinmoqda. Ularning ham fikri oʻrganiladi.
— Lekin, mening shaxsiy fikrim – hech qanaqa rivojlangan texnologiya haqiqiy maktabning oʻrnini bosmaydi. Maktab bolaga nafaqat bilim beradi, uni hayotga tayyorlaydi, unda ijtimoiy koʻnikmalarni shakllantiradi.
Uch yildan beri kollejdan maktablarga oʻtilgan paytda jinoyatchilik soni kamayib kelayotgan edi. Lekin, afsus, onlayn taʼlim vaqtida bolalar oʻrtasida jinoyatchilik soni oshib ketdi.
Ota-onalar bolani oʻqishiga halaqit qilsa, bolaga maktabga bormaysan deb qarshilik qiladigan boʻlsa, biz majbur boʻlamiz chora koʻrishga, – deydi vazir.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: