Luqmon Boʻrixon (1965)

Luqmon Boʻrixon

Luqmon Boʻrixon hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari haqida ma’lumotlar

Luqmon Boʻrixon hayoti

Luqmon Boʻrixon 1965 yilning 15 iyulida Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumanining Yangiobod qishlogʻida tugʻildi. 23-oʻrta maktabni bitirgach, 1983–1985 yillarda harbiy xizmatni oʻtadi. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1986–1991) tahsil oldi.

Luqmon Boʻrixon faoliyati

“Turkiston”, “Maʼrifat” gazetalarida adabiy xodim, boʻlim mudiri, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri oʻrinbosari vazifalarida xizmat qildi.

Luqmon Boʻrixon asarlari

“Begimqul katta” hikoyasi “Yoshlik” (1987) jurnalida chop etilib, ustozlar nazariga tushdi. Birinchi hikoyalar toʻplami “Yalangoyoq” (1991) “Choʻlpon” nashriyotida chop etildi. “Jaziramadagi odamlar” romani ikki qayta (2005 va 2012) bosildi. “Sirli muallim” (2006) nomli qissasi oʻqituvchilar hayotidan olib yozilgan asar sifatida Xalq taʼlimi vazirligi tanlovida (2006) gʻolib deb topildi. Navbatdagi “Xizr koʻrgan yigit” (2007), “Temiryoʻl” (2009) romanlari ham muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Sermahsul ijodkorning “Tun qaʼridagi shuʼla” (2002) nomli qissa va hikoyalar toʻplami, “Buyuk ipak yoʻli” (2012) badiiy-publitsistik maqolalar toʻplami, “Quyosh hali botmagan” qissalar toʻplami nashr etildi.

Luqmon Boʻrixon mukofotlari

Badiiy-publitsistik maqolalari uchun xalqaro “Oltin qalam” (2009) tanlovi gʻolibi boʻlgan Luqmon Boʻrixonning adabiyot sohasidagi xizmatlari munosib baholangan: 2007 yilda “Shuhrat” medali va 2012 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, деятельности, творчестве, наградах Лукмана Борихана.

Жизнь Лукмана Борихана

Лукман Борихан родился 15 июля 1965 года в селе Янгиабад Гузарского района Кашкадарьинской области. После окончания 23-й средней школы с 1983 по 1985 год служил в армии. Учился на факультете журналистики Ташкентского государственного университета (1986-1991).

Деятельность Лукмана Борихана

Работал литературным работником, заведующим отделом, заместителем главного редактора журнала «Ёшлик» в газетах «Туркистон» и «Маърифат».

Работы Лукмана Борихана

Рассказ «Бегимкул катта» был опубликован в журнале «Ёшлик» (1987 г.) и привлек внимание педагогов. Первый сборник рассказов «Босиком» (1991) вышел в издательстве «Чолпон». Роман «Люди в разгаре» дважды переиздавался (2005 и 2012). «Таинственный учитель» (2006 г.) стал победителем конкурса Министерства народного просвещения (2006 г.) как произведение, основанное на жизни учителей. Его последующие романы «Хызр кърган йигит» (2007 г.) и «Темирйол» (2009 г.) также были встречены с большим интересом. Сборник рассказов и очерков плодовитого художника «Шула в глубине ночи» (2002 г.), сборник художественных и научно-популярных статей «Великий Шелковый путь» (2012 г.), сборник рассказов « Солнце не закатилось».

Награды Лукмана Борихана

Лауреат международного конкурса «Золотое перо» (2009 г.) за литературно-публицистические статьи, литературные заслуги Лукмана Бурихана получили высокую оценку: в 2007 г. он был награжден медалью Славы, а в 2012 г. присвоено звание «Заслуженный работник культуры Республики Казахстан». Узбекистан».

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: