Asad Dilmurod haqida ma’lumot

Asad Dilmurod haqida ma'lumot
Telegramda o'qish

Asad Dilmurod haqida : hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Asad Dilmurod 1947 yil 20 iyulda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Qoratepa qishlogʻida tavallud topdi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida sirtdan tahsil oldi.
Mehnat faoliyatini “Urgut sadosi” gazetasida adabiy xodim sifatida boshladi (1969), soʻngra “Zarafshon”, “Oʻzbekiston ovozi” gazetalari, “Kamalak” (hozirgi “Yangi asr avlodi”) nashriyoti, “Sogʻlom avlod uchun”, “Sharq yulduzi” jurnallari, “Oʻzbekkino” milliy agentligida turli vazifalarda mehnat faoliyatini davom ettirdi.
Asad Dilmurod dastlab publitsist sifatida tanildi, sheʼrlari ham matbuotda tez-tez bosilib turdi. Keyinchalik badiiy nasrga qiziqib, “Osmonning bir parchasi” (1970) nomli hikoyalar toʻplamini eʼlon qildi. Tarixga qiziqib, tarixiy-maʼrifiy badialar yozdi, shu asnoda “Sherdor” tarixiy hikoyasi tugʻildi, soʻngra mazkur hikoya asosida qissa yaratildi (1986).
Adib ijodida tarix bilan zamon ruhi oʻzaro sintezlashgan, binobarin, “Non”, “Ogʻir kun”, “Koshin”, “Afrosiyob sukunati”, “Hukm”, “Xufton” kabi hikoyalari, “Tosh burgut” va “Sirli zina” (1983) qissalarida shunday holat kuzatiladi. Ana shu yoʻnalishdagi ijodiy tajribalari samarasi boʻlgan “Mulk”, “Girih”, “Intiho” (1988–1991) qissalari badiiy-estetik mazmuni qizgʻin bahslar qoʻzgʻadi. U milliy qahramonimiz Mahmud Torobiy taqdiri va qoʻzoloni tarixini oʻrganib, “Mahmud Torobiy” nomli roman yaratdi (1990–1998). Adabiy jamoatchilik, muxlislar iliq qarshilagan “Pahlavon Muhammad” romani (2001–2006) ham adibning moziy qatlariga chuqurroq kirib borayotganining nishonasidir.
Hazrat Sohibqiron maʼnaviyatini bezagan adolatpesha, shijoatkorlik, kamtarlik va talabchanlik fazilatlarini badiiy talqin qilish “Xilvat” (1996) hikoyasida yetakchi mavqeiga ega. “Mezon burji” (2008) qissasida Turonning buyuk hukmdori, ulugʻ sarkarda Amir Temur jonkuyar ota sifatida gavdalanadi. “Oq ajdar sayyorasi” (1995–1996) qissasi, “Alanquva” (2007), “Xayol choʻgʻlanishi” (2010) hikoyalari, “Fano dashtidagi qush” (1998–2002), “Rang va mehvar” (2012) romanlari ham oʻquvchilarni befarq qoldirmadi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Asad Dilmurod asarlari rus, ukrain, qozoq, tojik, turk, uygʻur tillariga tarjima qilingan. “Devona” adabiy ssenariysi asosida badiiy film tasvirga tushirilgan (2003).

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Об Асаде Дилмуроде: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробности

Асад Дилмурод родился 20 июля 1947 года в селе Коратепа Ургутского района Самаркандской области. Учился заочно на факультете журналистики Ташкентского государственного университета (ныне Национальный университет Узбекистана).
Трудовую деятельность начал литературным работником в газете «Ургут садоси» (1969 г.), затем в газетах «Зарафшон», «Узбекистон овози», издательстве «Камалак» (ныне «Янги аср авлоди»), «Соглом авлод учун», журналы «Шарк йулдузи», продолжил работу на различных должностях в Национальном агентстве «Узбеккино».
Асад Дильмурод изначально был известен как публицист, и его стихи часто публиковались в прессе. Позже он увлекся художественной литературой и опубликовал сборник рассказов «Кусочек рая» (1970). Увлекся историей и писал историко-просветительские поэмы, во время которых родился исторический рассказ «Шердор», а затем по этому рассказу был создан рассказ (1986).
В творчестве автора синтезирован дух истории и времени, поэтому такие его рассказы, как «Хлеб», «Тяжелый день», «Кошин», «Афросиаб Тишина», «Суд», «Хафтон», «Каменный орел» и «Таинственная лестница» (1983 г.) в рассказах. Художественно-эстетическое содержание рассказов «Мульк», «Гирих», «Интихо» (1988–1991), ставших результатом его творческих экспериментов в этой области, вызвало бурную дискуссию. Он изучал судьбу нашего национального героя Махмуда Тороби и историю восстания и написал роман «Махмуд Тороби» (1990–1998). Роман «Пахлавон Мухаммад» (2001-2006), тепло принятый литературной общественностью и поклонниками, также является признаком глубокой проницательности писателя.
Художественное осмысление добродетелей справедливости, мужества, смирения и требовательности, украсивших духовность Хазрата Сахибкирана, занимает ведущее место в повести «Хилват» (1996). В повести «Мезон Бурджи» (2008 г.) великий правитель Турана, великий полководец Амир Темур предстает преданным отцом. Роман «Планета белого дракона» (1995–1996), рассказы «Аланкува» (2007), «Воображение» (2010), «Птица в пустыне Фано» (1998–2002), «Цвет и ось» (2012). также романы.не оставили равнодушным.
Произведения заслуженного деятеля культуры Узбекистана Асада Дилмурода переведены на русский, украинский, казахский, таджикский, турецкий и уйгурский языки. Художественный фильм по литературному сценарию Девона (2003).

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: