Koptok necha so‘m turadi, bir shisha aroq-chi?

Koptok necha so‘m turadi, bir shisha aroq-chi

Qachondir shu savolni o‘zingizga berib ko‘rganmisiz? Aslida javobi oddiy va tayindek tuyulgan bu savol zamirida katta ijtimoiy muammo turibdi.

Keling, xulosalarim asosli bo‘lishi uchun avval o‘zim guvoh bo‘lgan bir voqeani aytib beray. Yaqinda bir oshnam bilan suhbatlashib o‘tirgandik, 7 yoshli farzandi kelib past ovozda xarxasha qila boshladi. Dastlab e’tibor bermagan bo‘lsam bolakayga shapaloq tushishi bilan yakunlangan suhbatga qiziqdim.
— Ko‘rmaysanmi, bir haftadan beri koptok olib bering, deb holi-jonimga qo‘ymaydi, — deb o‘g‘lidan nolishga tushdi u. – Shoshilma, olib beraman, deganimga ko‘nmaydi. Nima emish, bunaqada ta’til tugagunchayam koptok keltirmas ekanman. He, o‘rgildim, sendaqa futbolchidan. Koshki, shu zormandayam arzonroq bo‘lsa, olib bersam.
Voqeaning qizig‘i shu kuni kechqurun yuz berdi. Negaki, to‘rt-besh tanishlarim bilan yig‘ilib qoldik. Bolalik qadrdonlar yig‘ilganini ko‘rib, o‘g‘li kunda-kunora so‘rayotgan koptokni qimmat, deb turgan do‘stimiz “obi zam-zam bizning hisobdan”, deb hali o‘tirmasimizdan ofitsiantga 200 ming so‘m uzatdi.
Rosti, bundan juda ajablandim. Nahotki, farzandi orzusidan aroq ustun bo‘lsa! Axir oshnam bu pulga o‘g‘liga professionallar foydalanishi mumkin bo‘lgan koptok olib bersa bo‘lardi-ku! Mayli, futbol o‘ynab chempion bo‘lmasin, ammo sport bilan shug‘ullanish, avvalo, sog‘lom bo‘lish, faol turmush tarzini boshlash uchun xizmat qilishini unga kim tushuntiradi? Qolaversa, o‘z nafsiga emas, balki farzandining kelajagiga xarajat qilish durustligini-chi?
Afsuslanganim, bugungi pandemiya sharoitida sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, jismoniy faol bo‘lish naqadar muhimligi oydinlashdi. Ammo u singari ayrim odamlar hamon “najot”ni nafsi-ammoradan izlamoqda.
Shu o‘y bilan o‘tirganimda xonamga hamkasblarimdan biri kirib keldi.
— Ish tugadi, ketmaysizmi?
— Ha, endi qaytsak ham bo‘lar.
— Bugun yo‘lda ikki six shashlik bilan, a?
Hamkasbimga javob qaytarmadim. Ammo Sizdan so‘ramoqchiman, Koptok necha pul turadi, bir shisha aroq-chi?
Fazliddin Ro‘ziboyev.

Manba: Zarnews.uz


Вы когда-нибудь задавали себе этот вопрос? На самом деле за этим вопросом стоит большая социальная проблема, ответ на которую кажется простым и очевидным.

Чтобы проиллюстрировать это, позвольте мне рассказать вам историю, свидетелем которой я впервые стал. Недавно мы разговаривали с другом, когда подошел 7-летний мальчик и начал говорить тихим голосом. Если я сначала не обратил внимания, меня заинтересовал разговор, который закончился тем, что мальчика шлепнули.
«Видите ли, он неделю не дает мне погулять», — пожаловался он сыну. — Не торопись, я возьму. Почему бы мне не принести мяч до конца праздника? Эй, я боюсь такого футболиста, как ты. Я хотел бы иметь его дешевле.
Самое интересное произошло в тот вечер. Потому что я собрался с четырьмя или пятью знакомыми. Увидев сборище любимых с детства, наш друг, сказавший, что мячик, который сын просит каждый день, дорогой, передал официанту 200 000 сум, прежде чем мы успели сесть.
Честно говоря, меня это очень удивило. Если водка важнее детской мечты! Ведь мой друг мог бы подарить своему сыну мяч, которым могли бы пользоваться профессионалы! Он может и не чемпион по футболу, но кто ему объяснит, что занятия спортом, в первую очередь, служат для того, чтобы быть здоровым и начать активный образ жизни? Кроме того, как насчет того, чтобы тратить деньги на будущее своего ребенка, а не на свое собственное?
К сожалению, в условиях сегодняшней пандемии стало ясно, насколько важно вести здоровый образ жизни и быть физически активными. Но некоторые люди, подобные ему, все еще ищут «спасение» из эгоизма.
Пока я думал об этом, один из моих коллег вошел в мою комнату.
— Все кончено, ты не уйдешь?
— Да, теперь мы можем вернуться.
«Два шашлыка сегодня в дорогу, а?»
Я не ответил коллеге. Но я хочу у вас спросить, сколько стоит Копток, а бутылка водки?
Фазлиддин Розибоев.

Источник: Zarnews.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: