Uy sharoitida karantinda saqlash tartibi belgilandi

Uy sharoitida karantinda saqlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali orqali ma’lum qilindi.
Nizomga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan shaxs aniqlanganda sanitariya-epidimiologik osoyishtalik markazlari hamda hududiy ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan darhol koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati shakllantiriladi.

Ichki ishlar organlari Milliy gvardiya organlari bilan hamkorlikda darhol muloqotda bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatida ko‘rsatilgan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirilishi va saqlanishini ta’minlaydi.

Muloqotda bo‘lgan shaxslar 14 kun davomida yoki ularning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida uy sharoitida karantinga olinadi.

Muloqotda bo‘lgan shaxs uy sharoitida karantinga olinganda u bilan bir uyda yashovchi barcha shaxslar karantinga olinadi.

❗️Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning karantin muddati davomida uylarni tark etishlari qat’iyan man etiladi, ularga kechiktirib bo‘lmaydigar tez tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno.

Uy sharoitida karantinga olingan shaxs bilan bir uyda bo‘lgan boshqa shaxslar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda, qolgan shaxslar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.

Uy sharoitida karantinga olingan shaxslar karantin muddati davomida tibbiyot xodimlari tomonidan har kuni 2 mahal ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda birinchi ko‘rik soat 9:00 gacha, ikkinchi ko‘rik 16:00 gacha amalga oshirilishi lozim.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan haftada bir marotaba karantinga olingan uyning (xonadonning) tevarak-atrofida dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilishi ta’minlanadi.

Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarda karantin muddatida koronavirus infeksiyasi aniqlanmasa, ularni uy karantinidan chiqarish bo‘yicha sog‘liqni saqlash organlari tomonidan qaror qabul qilinadi.


Правительство утвердило положение о временном карантине и содержании на дому лиц с подозрением на заражение коронавирусной инфекцией

Об этом сообщает канал правовой информации.
Согласно регламенту, при выявлении лица, у которого диагностирована коронавирусная инфекция, санитарно-эпидемиологические центры и территориальные правоохранительные органы незамедлительно составляют список лиц, контактировавших с лицом, у которого диагностирована коронавирусная инфекция.

Правоохранительные органы во взаимодействии с Национальной гвардией обеспечивают, чтобы лица, находящиеся в списке лиц, находящихся в непосредственном контакте, помещались на карантин и содержались дома.

Собеседники помещаются на домашний карантин на 14 дней или на период, определяемый органами здравоохранения в зависимости от состояния их здоровья.

Когда контактное лицо находится на домашнем карантине, все люди, проживающие в том же доме, помещаются на карантин.

❗️Лицам, находящимся на домашнем карантине, строго запрещается покидать свои дома в период карантина, за исключением случаев оказания неотложной медицинской помощи.

В случае выявления коронавирусной инфекции между лицом, находящимся на карантине дома, и другими людьми в том же домохозяйстве период карантина будет возобновлен для оставшихся лиц.

Лица, находящиеся на домашнем карантине, в период карантина дважды в день осматриваются медицинским персоналом. Первый экзамен должен быть проведен до 9:00, а второй до 16:00.

Раз в неделю местные власти будут проводить дезинфекцию дома (квартиры) находящегося на карантине.

Если коронавирусная инфекция не будет выявлена ​​во время карантина у лиц, находящихся на домашнем карантине, органами здравоохранения будет принято решение об их снятии с домашнего карантина.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: