Karantin davrida maktabga sport formasida kelish mumkinmi?

Karantin davrida maktabga sport formasida kelish mumkinmi?
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Avval ma’lum qilinganidek, AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova umumta’lim maktablarda yangi o‘quv yili ta’lim jarayoni borasidagi savollarga javob berdi.

Yangi o‘quv yilida darsliklar faqat an’anaviy tarzda o‘qiydigan o‘quvchilar uchun berilib, onlayn tarzda o‘qiydigan o‘quvchilar darsliklardan elektron shaklda foydalanisharkan, shu rostmi?

Yo‘q, barcha o‘quvchilar darsliklar bilan har yildagi kabi birday ta’minlanadi.

Ota-ona farzandini uyda onlayn o‘qitishni xohlasa qayerga murojaat qilishi kerak?

Ota-ona farzandini masofaviy ta’lim shaklida o‘qitish qarori haqida o‘qituvchisini ogohlantirishi kifoya bo‘ladi.
Buning uchun ota-onadan hech qanday yozma hujjat talab etilmaydi.

Farzandimni maktabga sport formasida yuborsam bo‘ladimi?

O‘quvchining maktabga kiyib boradigan libosi maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya etishi kerak.
Mazkur qoidalarga ko‘ra maktabga sport libosida kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

An’anaviy ta’lim olayotgan o‘quvchini istalgan vaqtda onlayn ta’limga yoki aksincha onlayn o‘qiyotgan o‘quvchini an’anaviy ta’limga o‘tkazish mumkinmi?

✔Ha, bu jarayon o‘qituvchini ogohlantirgan holda amalga oshirilishi mumkin.

Qanday holatda maktab yoki sinf xonasi karantinga olinishi mumkin?

Bitta sinfda 3 nafar o‘quvchida koronavirus aniqlangan taqdirda sinf Sanitariya epidemiologik osoyishtlik markazi tomonidan karantinga olinadi va maktabda dezinfeksiya tadbirlari amalga oshiriladi.
Jami sinflar sonidan yoki o‘qituvchi-xodimlar jami sonidan 10 foizida test natijalari ijobiy natijani ko‘rsatganda maktab karantinga olinadi.

Pandemiya sharoitida maktabda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish uchun sharoit bo‘lmasa qanday yo‘l tutiladi?

Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan biror maktab sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi deb topilsa, ushbu maktabda an’anaviy ta’lim boshlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni o‘quvchilarning ta’lim olishi masofaviy tarzda amalga oshiriladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: