Toshkentda 21-sentabr qaysi maktablarda an’anaviy o’qilishi ma’lum qilindi

Toshkentda 21-sentabr qaysi maktablarda an’anaviy o’qilishi ma’lum qilindi
Telegramda o'qish

Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, Toshkentda an’anaviy ta’lim beriladigan maktablar soni 160 taga yetadi.

Avvalroq, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o‘qituvchilarni koronavirus ko‘rsatkichi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlari bilan pandemiya sharoitida Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarini bosqichma-bosqich boshlash maqsadida 2020 yil 14 sentabrdan boshlab 136 ta ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini boshlagani to‘g‘risida xabar berylgan edi.
Joriy yilning 21 sentabrdan boshlab Bektemir tumanidagi 290, 292-sonli maktablar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 35, 54, 112, 142, 187, 207, 225, 256, 275, 308-sonli maktablar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi PMTIDUM hamda MAFIDUM, Shayxontohur tumanidagi 299-sonli maktab, Yunusobod tumanidagi 53, 72, 87, 88, 105, 150, 235, 302 hamda 313-sonli maktablar ham o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.
👍2020 yil 21 sentabr holatiga Toshkent shahridagi 318 ta umumta’lim muassasalaridan quyidagi 160 tasi an’anaviy tarzda faoliyat ko‘rsatadi:
1. Bektemir tumanidagi 289, 290, 292-sonli maktab.
2. Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 94, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 328-sonli maktablar.
3. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18, 27, 35, 49, 50, 54, 64, 112, 121, 142, 187, 207, 208, 209, 210, 221, 225, 256, 223, 241, 275, 308-sonli maktablar, FFIDUM, PMTIDUM, MAFIDUM.
4. Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 24, 29, 36, 46, 159, 165, 185, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 298, 326-sonli maktablar hamda 106-maktab-internat.
5. Sergeli tumanidagi 2, 55, 33, 266, 267, 269, 303-sonli maktablar.
6. Uchtepa tumanidagi 14, 38, 44, 81, 106, 107, 193, 194-sonli maktablar.
7. Chilonzor tumanidagi 66, 90, 168, 184, 195a, 200, 202, 217, 280-sonli maktablar.
8. Shayxontohur tumanidagi 10, 19, 37, 39, 41, 34a, 82, 84, 85, 92, 113, 132, 136, 157, 180a, 169, 186, 254, 299, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar.
9. Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 53, 58, 63, 70, 72, 80, 87, 88, 96, 98, 105, 150, 235, 246, 250, 257, 259, 260, 271, 272, 273, 288, 302, 313, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM.
10. Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 89, 118, 144, 172, 321-sonli maktablar.
11. Yashnobod tumanidagi 30, 69, 151, 161, 166, 212, 227, 244-sonli maktablar.
Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya’ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.
Fursatdan foydalanib, yana bir bor ota-onalardan mazkur jarayonga mas’uliyat bilan yondoshishlarini, an’anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so‘rab qolamiz.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: