Qabul 2021 DTM yangiliklari. Bu yil qanday yangiliklar bor?

Qabul 2021 DTM yangiliklari. Bu yil qanday yangiliklar bor

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimlari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, vakolatli vazirlik va idoralar mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar ishtirok etgan davra suhbatida, oliy ta’lim muassasalarida 2021/2022 o‘quv yiliga tayyorgarlik, qabul parametrlari hamda 2021/2022 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarining tashkil etilishi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Davra suhbatini boshqarib borgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Davlat rahbarining mazkur masaladagi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga batafsil to‘xtaldi. Xususan, mazkur hujjat bilan “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 232-bandida belgilab berilgan chora-tadbirlarning ijrosi ta’minlanayotgani qayd etildi.
O‘z navbatida, qaror bilan yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishini yanada kengaytirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, karantin sharoitida abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini talab darajasida tashkil etishga oid ustuvor vazifalar belgilab berilmoqda.
Jumladan, 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavr yo‘nalishida kunduzgi ta’lim shakliga 113 530 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 37 675 nafar, kechki ta’lim shakliga 6 550 nafar hamda magistrlar tayyorlash bo‘yicha 12 900 nafardan iborat davlat buyurtmasi parametrlari belgilanmoqda.
Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab davlat granti asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun ham shakllantiriladi. Bunda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 500 nafar talaba uchun grant o‘rinlari ajratiladi.
Abituriyentdan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihonlardan so‘ng majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.
Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan magistraturaga kirish imtihonlariga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha ham atroflicha ma’lumot va tushuntirishlar berib o‘tildi. Xususan, 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab, magistraturaga kirish imtihonlari 2 bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda mos fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari, ikkinchi bosqichda DTM tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.
Bunda, chet tili bo‘yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar test sinovidan ozod qilinadi va mazkur fandan maksimal ball beriladi. Mos fanlar bo‘yicha imtihonlar natijalari esa uch kun muddatda OTM tomonidan DTMga taqdim etiladi hamda o‘zining veb-saytida e’lon qilinadi.
Shuningdek, endilikda qarorda belgilab berilganidek, oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, kirish imtihonlarining tashkil etilishi bilan bog‘liq barcha savollarga atroflicha javob berilgan davra suhbati yakunida, sohaga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan ham qo‘shimcha ma’lumot berildi, deya xabar beradi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Axborot xizmati.


В круглом столе приняли участие представители Министерства высшего и среднего специального образования, Государственного центра тестирования, эксперты Центра стратегии развития, должностные лица профильных министерств и ведомств, а также СМИ и блогеры. Подробно обсуждались вопросы 2022 учебного года, параметры приема и организация вступительных экзаменов на 2021/2022 учебный год.

Эльдор Туляков, исполнительный директор Центра стратегии развития, председательствовавший на круглом столе, подробно рассказал о содержании и значении решения Президента по данному вопросу. В частности, данным документом предусмотрены меры, указанные в пункте 232 Государственной программы по реализации Стратегии действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан на 2017-2021 годы в «Год поддержки молодежи и общественного здоровья». «. — Отмечено, что меры реализуются.
В свою очередь, постановление устанавливает приоритеты дальнейшего расширения охвата молодежи высшим образованием, усиления здоровой конкуренции среди высших учебных заведений, приема абитуриентов в условиях карантина и организации вступительных испытаний на необходимом уровне.
В частности, на 2021/2022 учебный год по очной форме обучения бакалавров – 113 530, заочной – 37 675, заочной – 6 550, магистра – 12 900. Определяются параметры госзаказа.
Также, начиная с приема на 2021/2022 учебный год, будет формироваться государственный заказ на подготовку кадров на основе государственных грантов для иностранных высших учебных заведений и их филиалов в Узбекистане, а также негосударственных высших учебных заведений. Для 500 студентов будут выделены грантовые места в зарубежных вузах и их филиалах, а также в негосударственных вузах на основе государственных грантов.
После профессиональных (творческих) экзаменов для поступления на программы бакалавриата, которые требуют от абитуриента специальных навыков, есть три обязательных предмета — родной язык (узбекский, русский или каракалпакский), математика и история Узбекистана. Государственный испытательный центр.
На круглом столе также была представлена ​​подробная информация и пояснения по изменениям, внесенным экспертами во вступительные экзамены в магистратуру. В частности, начиная с приема 2021/2022 учебного года вступительные экзамены в магистратуру будут проходить в два этапа. На первом этапе пройдут вступительные экзамены по соответствующим предметам, а на втором этапе DTM проведет тесты по иностранному языку.
В этом случае,Кандидаты с соответствующим национальным или международным сертификатом по иностранному языку будут освобождены от теста и получат максимальный балл по этому предмету. Результаты соответствующих предметных экзаменов будут представлены университетом в DTM в течение трех дней и будут опубликованы на его веб-сайте.
Постановление также предусматривает, что те, кто имеет право на поступление в высшие учебные заведения на основе государственного гранта без экзаменов, будут приниматься на основе дополнительного государственного гранта в дополнение к общим параметрам приема.
В завершение круглого стола, на котором подробно ответили на все вопросы, связанные с приемом в высшие учебные заведения, организацией вступительных экзаменов, прозвучала дополнительная информация о запланированной работе ответственных за сферу министерств и ведомств. Об этом сообщает Центр стратегии развития.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: