Pablo Neruda (1904–1973)

Pablo Neruda

Pablo Neruda hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari haqida

Pablo Neruda hayoti

XX asr jahon adabiyotining ulkan namoyandasi, shoir, koʻplab milliy va xalqaro mukofotlar sovrindori, faol jamoat arbobi va siyosatchi, tinchlik uchun tolmas kurashchi. Haqiqiy ismi – Neftali Rikardo Reyes.
Chilining janubidagi Parral shaharchasida temiryoʻlchi oilasida tugʻilgan Pablo Nerudaning bolaligi Temuko shahrida – ogʻir sharoitda oʻtgan. Bolaligidan sheʼr yoza boshlagan. 1921 yilda “Bayram qoʻshigʻi” sheʼri talabalar adabiy tanlovida gʻolib chiqib, mukofot oladi. 1923 yilda ilk kitobi “Tun manzaralari”, 1924 yilda esa ikkinchi kitobi – “Muhabbat haqida yigirma sheʼr va umidsizlik haqida bir qoʻshiq” nashr etiladi.

Pablo Neruda mehnat faoliyati

Pedagogika institutining filologiya fakultetini bitirgandan soʻng bir necha yil diplomatik xizmat taqozosiga koʻra bir qator Osiyo va Yevropa mamlakatlarida boʻladi.

Pablo Neruda asarlari

Shoir ijodining birinchi choʻqqisi deya baholangan “Vatanimiz bitta – ona yer” sheʼrlar toʻplami 1933 yilda yoziladi, 1935 yilda nashr etiladi.
Ispaniyada roʻy bergan fuqarolar urushi davrida Pablo Neruda Madridda yashab, Chili elchixonasida faoliyat yuritadi. Ispaniyadagi urush voqealari taʼsirida “Ispaniya yuragimda” sheʼrlar kitobini yaratadi. Ikkinchi jahon urushi davrida fashizmga qarshi nafrat va uzoq qamal qilingan shahar aholisiga xayrixohlik ruhi bilan sugʻorilgan “Stalingradga muhabbat qoʻshigʻi” turkum sheʼrlarini yozib, gavjum shaharlarda oʻqiydi. Plakat shaklida koʻp nusxada chop etib, koʻchalarga osib qoʻyadi.
1948–1952 yillarda quvgʻinda yashirinib yuradi, Chili politsiyasidan qochib chet ellarda yashaydi. 1949 yilda shoir oʻzining asosiy kitobi – “Bashariyat qoʻshigʻi” epopeyasini yaratadi. Kitob 1950 yilda Meksikada nashr etiladi, asar yashirin tarzda Chilida ham bosiladi. “Bashariyat qoʻshigʻi” shoir ijodining eng yuksak choʻqqisidir.
Yevropa va Osiyo mamlakatlariga safar “Uzumzorlar va shamollar” (1953) sheʼrlar kitobini yaratish uchun katta manba beradi. Keyingi ikki yil davomida shoir falsafiy qasidalar bitadi: “Oddiy buyumlarga qasida” (1954) va “Oddiy buyumlarga yangi qasidalar” (1955). Bu bilan shoir epik janrga murojaat etadi. 1957 yilda esa Pablo Neruda “Qasidalarning uchinchi kitobi”ni “Estravagario” (“Aqliy dovdirash” va “Hech nima – va deyarli hamma narsa”) nomi bilan eʼlon qiladi.
1969 yilda “Hamon…”, 1970 yilda “Qiyomat” sheʼrlar kitobi nashr etiladi.

Pablo Neruda mukofotlari

1971 yilda Pablo Neruda adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlanadi.

Pablo Neruda ijodi haqida

Pablo Neruda 1949 yilda Rossiyada Pushkin tavalludining 150 yilligiga bagʻishlangan xalqaro adabiy anjumanda ishtirok etadi. Rossiya va qardosh respublikalarning koʻplab yozuvchi-shoirlari, shu jumladan Gʻafur Gʻulom bilan tanishadi. 1962 yilda Pablo NerudaToshkentga keladi, adabiy uchrashuvlarda ishtirok etadi, Oʻzbekiston xalq shoiri Gʻafur Gʻulomning Beshyogʻochdagi uyida mehmon boʻladi.
1973 yilning 11 sentyabrida fashistlar Chilida davlat toʻntarishini amalga oshiradilar. Mamlakat Prezidenti Salvador Alyendeni otib oʻldirishadi. Oʻz vatanining va xalqining boshiga tushgan musibat tufayli 1973 yilning 23 sentyabrida Pablo Neruda halok boʻladi. Fashistlar Pablo Nerudaning Santyagodagi uyini vayron qiladilar. Vafotidan keyin shoir hayotligida chop etolmagan kitoblarini turli mamlakatlardagi doʻstlari, muxlislari bosmadan chiqarib, koʻp nusxalarda tarqatishadi.
“Savollar kitobi”da bitilgan ezgu, quv, ayni paytda murakkab savollar har bir oʻquvchini javob izlashga, dunyoning siru asrorlari haqida tasavvur qilishgan undaydi.
“Yolgʻiz atirgul” kitobining nomi ramziy maʼnoda mashhur Aku-Aku qabilalarining makoni qadimiy Rapa Nui orollarini anglatadi. Shoir oʻlimidan bir oz avval oʻsha yerni ziyorat qilgan edi.
Pablo Neruda sheʼrlari, nasriy asarlarini hamon oʻquvchilar sevib mutolaa etishadi.


О жизни, творчестве, творчестве, наградах Пабло Неруды

Жизнь Пабло Неруды

Он крупная фигура мировой литературы ХХ века, поэт, лауреат многих национальных и международных премий, активный общественный деятель и политик, неутомимый борец за мир. Его настоящее имя Нефтали Рикардо Рейес.
Пабло Неруда родился в семье железнодорожников в городе Парраль на юге Чили. Детство Пабло Неруды прошло в трудных условиях в Темуко. Он начал писать стихи еще в детстве. В 1921 году стихотворение «Праздничная песня» победило на студенческом литературном конкурсе и получило премию. В 1923 году вышла его первая книга «Ночные пейзажи», а в 1924 году — вторая книга «Двадцать стихотворений о любви и песня отчаяния».

Трудовая деятельность Пабло Неруды

После окончания филологического факультета педагогического института провел несколько лет в ряде азиатских и европейских стран по просьбе дипломатической службы.

Работы Пабло Неруды

Первый сборник стихов «Наша Родина — Единая Родина», написанный как первая вершина творчества поэта, был написан в 1933 году и издан в 1935 году.
Во время гражданской войны в Испании Пабло Неруда жил в Мадриде и работал в посольстве Чили. Под влиянием событий Испанской войны он написал сборник стихов «Испания в моем сердце». Во время Великой Отечественной войны он написал цикл стихов «Песня о любви к Сталинграду», которые писал в многолюдных городах, проникнутых антифашистской ненавистью и благожелательностью к давно осажденному городу. Его печатают большими тиражами в виде плакатов и развешивают на улицах.
В 1948–1952 годах он скрывался в изгнании, спасаясь от чилийской полиции и живя за границей. В 1949 году поэт написал свою главную книгу «Песнь человечества». Книга была издана в Мексике в 1950 году, а также тайно опубликована в Чили. «Песнь человечества» — кульминация творчества поэта.
Поездка в Европу и Азию послужила прекрасным источником для книги стихов «Виноградники и ветры» (1953). В течение следующих двух лет поэт пишет философские стихи: «Стихи о простых вещах» (1954) и «Новые стихи о простых вещах» (1955). Так поэт обращается к эпическому жанру. В 1957 году Пабло Неруда опубликовал «Третью книгу стихов» под названием «Estravagario».
В 1969 г. издал книгу стихов «Хамон…», в ​​1970 г. — «Киямат».

Награды Пабло Неруды

В 1971 году Пабло Неруда был удостоен Нобелевской премии по литературе.

О творчестве Пабло Неруды

В 1949 году Пабло Неруда принял участие в международной литературной конференции в России, посвященной 150-летию со дня рождения Пушкина. Он познакомился со многими писателями и поэтами из России и братских республик, в том числе с Гафуром Гуламом. В 1962 году Пабло Неруда приехал в Ташкент, принял участие в литературных встречах, побывал в доме народного поэта Узбекистана Гафура Гулома в Бешёгаче.11 сентября 1973 года нацисты устроили государственный переворот в Чили. Президент Сальвадор Альенде застрелен. Пабло Неруда умер 23 сентября 1973 года в результате трагедии, постигшей его страну и его народ. Нацисты разрушают дом Пабло Неруды в Сантьяго. После его смерти его неопубликованные книги были опубликованы и в большом количестве распространены друзьями и поклонниками в разных странах.
Благородные, красноречивые, но сложные вопросы в Книге вопросов побуждают каждого читателя искать ответы и представлять тайны мира.
Название книги «Одинокая роза» символически отсылает к древним островам Рапа-Нуи, родине знаменитых племен аку-аку. Поэт посетил это место незадолго до своей смерти.
Стихи и проза Пабло Неруды до сих пор любимы читателями.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: