Fizika-matematika ilmiy maktablari: 30 yilda nimalar o‘zgardi?

Fizika-matematika ilmiy maktablari 30 yilda nimalar o‘zgardi

Keyingi yillarda O‘zbekistonda ko‘pdan beri o‘z holiga tashlab qo‘yilgan ilmiy maktablarni tiklash va jahon faniga integratsiyalashtirish masalasi kun tartibiga chiqdi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning 29 dekabr kuni parlamenga yo‘llagan Murojaatnomasida ham to‘xtaldi. Davlat rahbari dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos bo‘lganini aytib, joriy yilda fizika va chet tillarini o‘rganishni ustuvor yo‘nalish etib belgilashni taklif qildi.
Shu nuqtai nazardan biz mustaqilligimizning 30 yilida O‘zbekiston ilm-fanida qanday muhim o‘zgarishlar ro‘y bergani, xususan, fizika-matematika ilmiy maktablari faoliyatida nechog‘li ijobiy tendensiyalar kuzatilgani, shuningdek, bugungi yangilanishlar xususida O‘zFA Astronomiya instituti nazariy astrofizika laboratoriyasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Bobomurod Ahmedov bilan suhbatlashdik.
— O‘tgan asrning oxirlarida axborot texnologiyalari jiddat bilan rivojlandi, — deya gap boshladi B.Ahmedov. — Axborot olish hamda uzatish tezligi ming karra oshdi. Bu ilmiy doiralar o‘rtasidagi muloqotning jadallashishiga olib keldi. Mazkur jarayon O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. 90-yillardan boshlab biz xorijiy olimlar bilan uzviy hamkorlikda ishlash, ulardan tajriba o‘rganish, tezkor ma’lumot almashish va birgalikda tadqiqotlar olib borish, ya’ni ilmiy kollaboratsiyaga kirishish imkoniga ega bo‘ldik. Olimning akademik harakatchanligi qanchalik yuqori bo‘lsa, u shunchalik raqobatbardosh hisoblanadi. Butun dunyodagi tendensiya shunday. XX asr boshida Albert Eynshteyn, Ervin Shryodinger, Verner Geyzenberg kabi buyuk olimlar individual tarzda faoliyat olib borgan. Men ularni yakkaxon olimlar, deb atayman. O‘sha vaqtda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lish uchun qog‘oz, qalam va o‘tkir aql kifoya edi. Lekin XXI asrga kelib fan jamoalashdi.
Aslida jamoaviy fanni bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bek XIV asrdayoq amaliyotga kiritgan. U nafaqat daho shaxs, balki zamonaviy til bilan aytganda, mohir ilmiy menejer (science manager) ham edi. Ulug‘bek Samarqanddagi rasadxonasida yuzlab olimlarni to‘plab, ularning oldiga yulduzlar koordinatalarini aniqlashdek murakkab vazifani qo‘ygan. Ko‘p yillik kuzatuv va izlanishlar natijasi o‘laroq, bebaho fundamental asar — “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” yuzaga keladi. Asardagi formula hamda tenglamalar hozir ham dunyo fiziklari va matematiklari tomonidan turli ilmiy masalalar yechimini topishda qo‘llanilmoqda.
Nazarimda, bizga Mirzo Ulug‘bek kabi kuchli “science manager”lar, ya’ni yangi ilmiy maktablar yaratib, o‘z jamoasini ilg‘or tadqiqotlar atrofida birlashtira oladigan professorlar yetishmayapti. Jahonda ilm-fanning jadal integratsiyasi kuzatilmoqda. Bugungi kunda xalqaro ilmiy kollaboratsiyaga qo‘shilmagan olim olamshumul kashfiyot qilolmaydi.
— Nega?
— Chunki fundamental tadqiqotlar olib borish ham, ularning eksperimental qismini bajarish ham katta mablag‘ talab qiladi. Astronomiyani olaylik. U dunyodagi eng qimmat fundamental fan hisoblanadi. Nazariy astrofizikadagi dolzarb muammolarni tadqiq etish, astronomik kuzatuvlar olib borish, ular asosida raqamli eksperimentlar o‘tkazish uchun bizga superkompyuterlar va yuqori aniqlikda ishlaydigan zamonaviy teleskoplar kerak. Bunday asbob-uskunalarning narxi nihoyatda baland. Shu bois odatda yirik ilmiy tadqiqotlarni AQShga o‘xshagan qudratli davlatlar moliyalashtiradi.
Keyingi paytda O‘zbekistonda ham ilmiy muassasalarning texnologik modernizatsiyasiga jiddiy e’tibor qaratilayotganidan xursandman. Shu maqsadda Fanlar akademiyasiga byudjetdan 32 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi. Bundan tashqari, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy grantlar ajratilmoqda. Yaqinda vazirlikka fundamental grant loyihasini topshirdik. Yuqorida aytganimdek, astronomiya qimmat fan. Deylik, o‘zim rahbarlik qilayotgan nazariy astrofizika laboratoriyasini zamonaviy raqamli uskunalar bilan jihozlash uchun har yili salkam 1 milliard so‘m talab qilinadi. Shu jihatdan davlatning ko‘magi ayni muddao.
— Bir necha yil avval O‘zbekistonda ilm-fanni yoshartirishga kirishildi. Lekin negadir sa’y-harakatlar kutilgan natija bergani yo‘q. Buning sabablarini qanday izohlaysiz?
— Tanganing ikki tomoniga qarash kerak. Birinchidan, yoshlar ilm-fanga qanchalik intilyapti. Ikkinchidan, ilm qilaman, deb kelayotganlari talabga javob beradimi? Inkor etmayman, oxirgi yillarda yurtimizda ilmiy kadrlar salmog‘i ortdi. Ammo saviyasi haminqadar. Xo‘sh, xatolik qayerda?
Menimcha, yoshlarda ilm bilan shug‘ullanishga yetarli motivatsiya uyg‘ota olmayapmiz. Bu ham ta’lim muassasasi, ham bo‘lg‘usi olimni qabul qilib oladigan ilmiy jamoadagi muhitga bog‘liq. O‘zbekiston milliy universitetida dars beraman. Bilasizmi, birinchi kurs talabalarida o‘qish va izlanishga intilish kuchli bo‘ladi. Lekin yuqori kursga borib bu shijoat so‘nadi. Qarabsizki, bitiruvchilar orasida olim bo‘laman deydiganlari yo chiqadi, yo chiqmaydi. Magistraturada ham shu ahvol. Chunki magistrantlar ikki yil umrini to‘rt yil bakalavriatda olgan bilimini takrorlash bilan o‘tkazadi. Bunday bo‘lmasligi kerak emas, axir. Salohiyatli talaba va magistrantlarni ilmiy muassasalarga jalb qilish, ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishini ta’minlash zarur. Bu yerda fan va ta’limning uzviy bog‘liqligi, integratsiyasi haqida gap bormoqda.
Laboratoriyamiz xodimlarining deyarli barchasi O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Boshqa oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari meni qoniqtirmaydi. Inchunun, fizika fakultetlari barcha hududiy universitetlarda mavjud. Ammo bu muassasalar ilmiy maktablardan uzilib qolgan, ularga Toshkentdan olimlar borib dars berolmaydi. Shu bois men viloyatlarda fizika-matematika ilmiy maktabi filiallarini ochishni taklif qilgan bo‘lardim.
Yana takrorlayman, muammo ilmga tortilmayotgan talabada emas, balki ilmiy maktablardan uzilib qolgan ta’lim tizimida. O‘ylab ko‘ring, nega Germaniya yoki AQShdan mashhur olimlar, Nobel mukofoti sohiblari yetishib chiqadi. Nima, olmon yoki amerikalik ayollar ko‘proq iqtidorli bola tug‘adimi? Yo‘q, albatta. Talantlar tabiatda teng taqsimlanadi. Hamma gap o‘sha iqtidorni parvarishlab, yuzaga chiqara olishda.
Ochig‘ini aytaman, faqat moddiy rag‘batlantirish yo‘li bilan yangi avlod olimlarini tarbiyalab bo‘lmaydi. Agar bu usul kor qilganida, oxirgi ikki-uch yilda O‘zbekistonning ilmiy salohiyati bir necha barobar yuqorilab ketardi. Afsuski, raqamlar dunyodan hali ancha orqada ekanimizni ko‘rsatmoqda.
Amerika Milliy ilmiy jamg‘armasi hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili o‘zbek olimlari impakt faktori yuqori bo‘lgan jurnallarda 500 taga yaqin ilmiy maqola chop etgan (hatto Efiopiya, Shri-Lanka, Keniya, Nepal, Uganda va Zimbabve bizdan oldinda). Aholi soniga nisbatan olganda bu salmoq aslida 40 mingtani tashkil qilishi kerak edi. Bundan chiqdi, dunyo fundamental fanidagi ulushimiz bor-yo‘g‘i 0,008 foizga teng.
Olimlar soni-chi, dersiz. To‘g‘ri, bu omilni ham inobatga olish kerak. Keling, ana, rivojlangan davlatlarda olimlar soni biznikidan 8 baravar ko‘p bo‘lsin. Lekin shunda ham O‘zbekistondagi har bir olim xorijiy hamkasbiga qaraganda o‘rtacha 10 baravar yomon ishlayapti. Demak, ilm-fanimiz qoniqarsiz ahvolda!
Vaholanki, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi ilmiy xodimlari bugun 10-12 million so‘mgacha maosh olyapti. Ba’zilarining ish samaradorligi esa nolga teng. Yaqinda Fanlar akademiyasi tomonidan yangi nizom ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, ilmiy xodim uch yilda “Scopus” yoki “Web of science” bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallarda kamida ikkita maqola e’lon qilishi yoki ikkita patentga ega bo‘lishi shart. Afsuski, O‘zbekiston olimlarining teng yarmi bu talabga javob berolmayapti. Uch yil tugul, hatto o‘n yilda bitta ham maqola chop etmagan laboratoriya mudirlari, professor va katta ilmiy xodimlar bor. Attestatsiya natijasida shularni aniqlayapmiz. Xirsh (h-) indeksi “0” ga teng xodimni qanday qilib olim deyish mumkin?! Bunday soxta ilm sohiblari yoshlarni ham yo‘ldan uradi, o‘sishiga imkon qoldirmaydi. “Qaroqchi” jurnallarda pulga maqola chiqarib, dissertatsiya yoqlagan fan nomzodlari-yu doktorlarni ko‘p ko‘rganman. Mamlakat ilmiy hamjamiyatini mana shunday “saraton hujayralari”dan tozalamas ekanmiz, dunyo bilan bo‘ylashish haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi.
Yevropa mamlakatlarida muntazam ilmiy safarlarda bo‘laman. G‘arbda ilm-fandagi nufuzingiz unvon va darajalar bilan belgilanmaydi va bu to‘g‘ri, nazarimda! Kecha doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan bo‘lsangiz ham o‘z ustingizda ishlashda davom etmasangiz, tadqiqotlarda qatnashmasangiz, maqola yozmasangiz, akademik faolligingiz sust bo‘lsa, e’tibordan chetda qolaverasiz. Natijada boshqalar sizdan o‘zib ketishi hech gap emas. Haqiqiy raqobat muhiti doktorantga ham, oqsoch professor oldiga ham bir xil talabni qo‘yadi. Harakat qilgan o‘zadi, yo‘qsa davradan chiqib ketishingiz kerak. Tamom-vassalom!
Afsuski, sobiq ittifoq davrida bizda tamomila boshqacha yondashuv hukmron edi. Professor hamisha ulug‘langan, o‘n yillab samarasiz ishlasa ham yuqori oylikni olib yuravergan. Bunday salbiy tendensiyadan qutula olamizmi-yo‘qmi menga qorong‘u, ammo O‘zbekiston ilm-fanining kelajagi xorijda o‘qib, malaka oshirib kelayotgan yosh ilmiy kadrlar qo‘lida ekaniga ishonchim komil. Yurtimizga fanning zamonaviy, ilg‘or yo‘nalishlarini olib kirib, rivojlantirish, kuchli ilmiy maktablarni yaratishga yangi avlod olimlarigina qodir. O‘z vaqtida Xitoy xuddi shu tajribani qo‘llagan. O‘tgan asrning 90-yillarida mamlakat yoshlarni AQSh va Yevropadagi ta’lim muassasalari, ilmiy markazlarga jo‘natavergan. Bugun Xitoy ilm-fani qanchalik ilgarilab ketgani barchaga ayon.
— Hozir fizika fanimiz qay ahvolda?
— Mamlakat miqyosida oladigan bo‘lsak, fizika, ayniqsa, uning nazariy qismi eng ilg‘or fan yo‘nalishi bo‘lib turibdi. O‘tgan yili nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilgan 500 ta maqolaning teng yarmi fizik olimlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bunday muvaffaqiyatni fiziklarimiz jahon ilmiy hamjamiyatiga ko‘proq integratsiyalashgani bilan izohlash mumkin. Jumladan, Italiyaning Triyest shahrida joylashgan Xalqaro nazariy fizika markazi eng yaqin hamkorimiz hisoblanadi. Ko‘plab o‘zbek nazariyotchi olimlarining birinchi akademik harakatchanligi aynan shu dargohdan boshlangan. Jumladan, o‘zim ham markazda malaka oshirib, mashhur olimlar bilan tanishdim, ulardan saboq oldim.
— G‘arbiy Yevropaning boshqa davlatlari, qolaversa, Amerika, Avstraliya, Xitoy ilmiy maktablari bilan ham aloqalar yo‘lga qo‘yilganmi?
— Albatta. Laboratoriyamiz misolida aytaman. O‘tgan yillar ichida nazariy astrofizika sohasida xalqaro ilmiy kollaboratsiyaga juda yaxshi kirisha oldik. O‘nlab xodimlarimiz xorijiy universitetlar va fan markazlarining yetachi olimlari bilan birgalikda tadqiqotlar olib bormoqda. Ayniqsa, Germaniyadagi Maks Plank jamiyati, Xitoydagi Fudan universiteti, Hindistondagi Astronomiya va astrofizika universitetlararo xalqaro markazi, Chexiyadagi Albert Eynshteyn ilmiy markazi, Qozog‘istonning Nazarboyev universiteti bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Har yili bir nechta olim ushbu markazlarda stajirovkalar o‘tab kelmoqda.
— Sobiq sovet respublikalari bilan ham aloqalar saqlanib qolganmi?
— Nazariy astrofizika sohasida juda kam miqdorda. Bir vaqtlar yirik davlatlar, xususan, Rossiyada markaziy osiyolik olimlarga past nazar bilan qaralardi. “Katta og‘alik” kayfiyati hozir ham ma’lum ma’noda saqlanib qolgan. Bu ilmiy aloqalarning darz ketishiga olib keladi. Ilm-fandagi hamkorlik o‘zaro hurmat va teng huquqlilikka asoslanishi kerak. Bir tomon o‘zini sherigidan ustun qo‘yishni boshladimi, nohaqlik yuzaga keladi.
Aslida imperialistik kibor barcha mustamlakachi mamlakatlarga xos. 1930 yilda hindistonlik fizik olim Subramanyan Chandrasekar Angliyaga yo‘l oladi. Kemada ketayotib u yulduzning kritik massasini hisoblab chiqargan. Chandrasekar astrofizikaning o‘sha davrdagi eng ko‘zga ko‘ringan vakili ser Artur Edington huzuriga keladi va olamshumul kashfiyoti haqida so‘zlab beradi. Edington esa uni mensimay, ustidan kulgan. Vaqt o‘tib Chandrasekar yulduzning massasi oxirgi holatda Quyoshnikidan 1,4 barobar katta bo‘lsa qora tuynukka aylanishini topgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Biz shug‘ullanayotgan relyativistik astrofizika fanda tubdan yangi va istiqbolli yo‘nalish bo‘lgani bois dunyoda bu sohada ilmiy maktablar ko‘payib bormoqda. Faxr bilan aytish kerak, O‘zbekiston relyativistik astrofizikani rivojlantirayotgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Hozir yurtimizga undan ham yangi yo‘nalishlar — gravitatsion to‘lqin astrofizikasi va rentgen astronomiyasini olib kiryapmiz. MDH mintaqasida mazkur yo‘nalishlarda tadqiqot olib borayotgan ilmiy jamoalar nisbatan oz. Sababi, bu katta mablag‘ni talab qiladi. Hozircha faqat Belarus Respublikasi va Qozog‘iston bilan qo‘shma loyihalarimiz bor. Qolgan hamkorlar asosan Yevropa va Osiyo davlatlaridan. O‘ylashimcha, ilmiy xablarni O‘zbekistonda ham yaratish vaqti keldi.
— Bunga nima to‘sqinlik qilyapti?
– Ko‘p yillardan buyon to‘planib qolgan tizimli muammolar.
— Aynan qaysilarini ajratib ko‘rsatgan bo‘lardingiz? Ularning yechimi borasida taklifingiz bormi?
— 2019 va 2020 yillarda yurtimizda ikkita muhim hujjat qabul qilindi. Birinchisi, oliy ta’lim tizimini, keyingisi ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. Har ikkala hujjatda O‘zbekistoning xalqaro reytinglardagi pozitsiyasini sezilarli darajada yaxshilash vazifasi qo‘yilgan.
Boshqacha aytganda, o‘n yildan so‘ng biz ta’lim sifati va ilmiy salohiyat bo‘yicha ancha yuqorilashimiz zarur. Gap yana raqobatbardosh kadrlar masalasiga borib taqalyapti.
Ilm-fanda xalqaro talabga ko‘ra, olimning h-indeksi har yili bir pog‘onaga ko‘tarilishi kerak. Shunda u raqobatbardosh hisoblanadi. Xirsh indeksi ortishi uchun nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish talab qilinadi.
Biroq juda ko‘p olimlar, talabalar ingliz tilini bilmaydi. O‘zbekiston ilm-fani hamon rusiyzabon bo‘lib qolmoqda. Bu eng asosiy muammomizdir.
Ingliz tili xalqaro fan tili bo‘lgani uchun ham uni o‘rganishimiz zarur. Tasavvur qiling, Mirzo Ulug‘bek “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”ni arab emas, turkiy tilda yozganida nima bo‘lardi? Bu ulkan xazinadan dunyo bebahra qolardi, albatta. Chunki ilk o‘rta asrlarda ilmiy muloqot arab tilida olib borilgan. Keyinchalik fransuz tili yuqori maqomga ko‘tarildi. Ikkinchi jahon urushigacha esa nemis tili dominant hisoblangan. Masalan, Albert Eynshteyn ingliz tilini deyarli bilmagan va asosiy asarlarini nemis tilida chop etgan. Nihoyat, XX asr o‘rtalarida estafeta ingliz tiliga o‘tdi. Bora-bora olimlar xitoy tilini o‘rganishga kirishsa ham ajablanmayman!
Til bilmasligi oqibatida butun boshli xalqlar katta yo‘qotishlarga duch kelgan. Yana tarixga yuzlanamiz. Amerikalik mashhur olim Edvin Xabbl 1929 yilda koinotda galaktikalar borligi, ya’ni yulduzlar to‘plamlarda joylashganini eksperimental tarzda isbotlaydi. Qolaversa, u astronomik kuzatuvlar asosida koinotimiz kengayib borayotganini aniqlagan. Keyinchalik mazkur jarayonga Xabbl qonuni, deb nom berildi.
Aslida Xabbldan avval koinotning kengayish hodisasini Jorj Lemetr aniqlagan. Faqat Lemetr tadqiqot natijalarini fransuz tilida e’lon qilgani bois uning maqolasi ommalashmaydi. Shunday qilib, “uloq”ni Edvin Xabbl ilib ketgan. 2018 yilga kelibgina tarixiy adolat tiklanib, Xalqaro astronomlar jamiyati kosmologlarga yaxshi tanish bo‘lgan atamani Xabbl-Lemetr qonuni, deb o‘zgartirishni tavsiya etdi.
O‘zbekistonda aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha magistratura ta’limi to‘liq ingliz tilida olib borish tarafdoriman. Boz ustiga, G‘arb tipdagi ilmiy-tadqiqot muassasalarini ochish vaqti keldi. Yurtimizda ilmiy faoliyatni tashkil etish va boshqarishda jahon talablariga mos zamonaviy tizimni joriy qila olsak, aminmanki, oyog‘imizga tushov solgan ko‘pgina muammolar o‘z-o‘zidan barham topadi.
Yana bir taklif. PhD yoqlayotgan nomzodga ikkita: mamlakat ichidan va xorijdan ilmiy rahbar tanlash shartini qo‘yish zarur (Qozog‘istonda bu tajriba muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda). Mana shunda soxta dissertatsion ishlar avtomatik tarzda filtrlanadi.
Shu bilan birga, ilmiy xodimga universitetda dars berish talabi qo‘yilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bunday yondashuv ta’lim va fan integratsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonchim komil.
Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilariga ham e’tirozim bor. Ochig‘i, ular orasida ilmiy maqola yozishga qo‘li bormaydigan, ilmiy kollaboratsiyada ishtirok etmaydigan va buning yo‘l-yo‘rig‘ini ham bilmaydiganlar talay. Universitetdagi hamkasblarimiz dars o‘tish bilangina cheklanib qolmoqda. Pedyuklama katta. Ilm qilishga vaqti yo‘q. Vaholanki, dunyoda bunga allaqachon oqilona yechim topilgan. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda sabbatikal tizimi amal qiladi. Bu ilmiy ta’til degani. Ya’ni, universitet o‘qituvchisi bir-ikki semestrlik tanaffus olib, shu vaqtini faqat tadqiqot ishlariga yoki maqola, qo‘llanma, monografiya yozishga bag‘ishlaydi. Uning ish joyi va maoshi saqlab qolinadi. Sabbatikalni O‘zbekistonda ham joriy qilish foydadan xoli bo‘lmasdi.
— Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur.
Nargiza Umarova suhbatlashdi.

Manba: Zarnews.uz


В последние годы на повестке дня стоит вопрос о восстановлении давно заброшенных научных школ Узбекистана и интеграции их в мировую науку.

Об этом заявил Президент Шавкат Мирзиёев в своем Послании парламенту от 29 декабря 2020 года. Глава государства заявил, что физика является фундаментальной основой для создания практически всех изобретений и технологий в мире, и предложил сделать изучение физики и иностранных языков приоритетным направлением в этом году.
В связи с этим хотим рассказать вам о существенных изменениях в науке Узбекистана за 30 лет независимости, в частности, о положительных тенденциях в деятельности физико-математических школ, а также о сегодняшних нововведениях. заведующий лабораторией, доктор физико-математических наук, профессор Бобомурод Ахмедов.
«В конце прошлого века информационные технологии быстро развивались, — сказал Ахмедов. — Скорость приема и передачи информации увеличилась в тысячу раз. Это привело к активизации диалога между научными кругами. Этот процесс не обошел стороной и Узбекистан. С 1990-х годов у нас появилась возможность тесно сотрудничать с зарубежными учеными, учиться у них, оперативно обмениваться информацией, проводить совместные исследования, то есть заниматься научной коллаборацией. Чем выше академическая мобильность ученого, тем он более конкурентоспособен. Это тенденция во всем мире. В начале ХХ века такие великие ученые, как Альберт Эйнштейн, Эрвин Шредингер, Вернер Гейзенберг, работали индивидуально. Я называю их учеными-одиночками. В то время бумаги, ручки и острого ума было достаточно, чтобы получить Нобелевскую премию. Но к 21 веку накопилась наука.
На самом деле наш предок Мирзо Улугбек ввел коллективную науку в 14 веке. Он был не только гением, но и, говоря современным языком, искусным научным руководителем. В своей обсерватории в Самарканде Улугбек собрал сотни ученых и поставил перед ними непростую задачу определения координат звезд. В результате многолетних наблюдений и исследований появился бесценный фундаментальный труд «Зиджи Джадиди Корагоний». Формулы и уравнения в работе до сих пор используются физиками и математиками всего мира для решения различных научных задач.
На мой взгляд, нам не хватает таких сильных научных менеджеров, как Мирзо Улугбек, то есть профессоров, способных создавать новые научные школы и объединять свои коллективы вокруг перспективных исследований. В мире происходит стремительная интеграция науки. Сегодня ученый, не вступивший в международную научную коллаборацию, не может сделать универсального открытия.
— Почему?
— Потому что и фундаментальные исследования, и экспериментальные работы требуют больших денег. Возьмем астрономию.Это самая дорогая фундаментальная наука в мире. Нужны суперкомпьютеры и современные высокоточные телескопы для изучения актуальных проблем теоретической астрофизики, проведения астрономических наблюдений и проведения на их основе цифровых экспериментов. Стоимость такого оборудования чрезвычайно высока. Поэтому крупномасштабные научные исследования обычно финансируются такими могущественными странами, как США.
Радует, что в Узбекистане в последнее время серьезное внимание уделяется технологической модернизации научных учреждений. Для этого Академия наук получила из бюджета 32 миллиона долларов. Кроме того, Министерство инновационного развития предоставляет стипендии. Недавно мы представили в министерство фундаментальный грантовый проект. Как я уже говорил выше, астрономия — наука дорогая. Скажем, на оснащение руководимой мною лаборатории теоретической астрофизики современным цифровым оборудованием уходит около 1 миллиарда сумов в год. В связи с этим необходима государственная поддержка.
— Несколько лет назад в Узбекистане началось возрождение науки. Но почему-то усилия не дали ожидаемых результатов. Как вы объясните причины этого?
— Вы должны смотреть на обе стороны медали. Во-первых, насколько молодежь стремится в науку. Во-вторых, удовлетворяют ли требования те, кто утверждает, что они хорошо осведомлены? Я не отрицаю, что в последние годы доля научных кадров в нашей стране увеличилась. Но уровень тот же. Так где же ошибка?
Я не думаю, что мы можем достаточно мотивировать молодых людей заниматься наукой. Это зависит как от учебного заведения, так и от той среды научного сообщества, которая примет будущего ученого. Преподаю в Национальном университете Узбекистана. Вы знаете, у первокурсников есть сильное желание учиться и исследовать. Но с хорошим кредитом, вы можете найти именно то, что вам нужно. Неважно, хотят выпускники быть учеными или нет. Такая же ситуация и в магистратуре. Потому что аспиранты проводят два года своей жизни, повторяя то, что они узнали за четыре года обучения в бакалавриате. Этого не должно быть. Необходимо привлекать потенциальных студентов и магистров в научные учреждения, обеспечивать их участие в научных исследованиях. Речь идет о взаимозависимости и интеграции науки и образования.
Практически все сотрудники нашей лаборатории окончили Национальный университет Узбекистана. Я не удовлетворен другими выпускниками университетов. Фактически, факультеты физики есть во всех региональных вузах. Однако эти учреждения оторваны от научных школ, которые не могут преподавать ученые из Ташкента. Поэтому я бы предложил открыть филиалы физико-математической школы в регионах.
Повторяю, проблема не в студенте, который не занимается наукой, а в системе образования, оторванной от научных школ. Подумайте, почему известные ученые из Германии или США,Нобелевские лауреаты появятся. Почему немки или американки рожают более талантливых детей? Конечно, нет. Таланты равномерно распределены в природе. Все дело в развитии этого потенциала.
Откровенно говоря, новое поколение ученых невозможно воспитать только за счет финансового стимулирования. Если бы этот метод применялся, научный потенциал Узбекистана увеличился бы в несколько раз за последние два-три года. К сожалению, цифры показывают, что мы все еще сильно отстаем от мира.
Согласно отчету американского Национального научного фонда, в прошлом году узбекские ученые опубликовали около 500 научных статей в журналах с высоким импакт-фактором (нас опережают даже Эфиопия, Шри-Ланка, Кения, Непал, Уганда и Зимбабве). С точки зрения населения этот вес фактически должен был составлять 40 000 человек. В результате наша доля в мировой фундаментальной науке составляет всего 0,008%.
Вы говорите, количество ученых. Конечно, этот фактор необходимо учитывать. Скажем, в развитых странах количество ученых в 8 раз больше, чем у нас. Но даже при этом каждый ученый в Узбекистане работает в среднем в 10 раз хуже, чем его зарубежный коллега. Итак, наша наука находится в неудовлетворительном состоянии!
Однако сегодня ведущим ученым научно-исследовательских институтов выплачивается от 10 до 12 миллионов сумов. Некоторые имеют нулевую эффективность. Недавно Академией наук был разработан новый устав. По его словам, исследователь должен в течение трех лет опубликовать не менее двух статей или иметь два патента в научных журналах, входящих в базу данных Scopus или Web of Science. К сожалению, половина узбекских ученых не соответствует этому требованию. Есть руководители лабораторий, профессора и старшие научные сотрудники, которые не опубликовали ни одной статьи за три, а то и за десять лет. В результате аттестации мы определяем следующее. Как может сотрудник с индексом Хирша (h-) «0» называться ученым?! Такие фальшивые ученые вводят молодых людей в заблуждение и мешают им расти. Я видел много кандидатов и докторов наук, которые защитили свои диссертации, опубликовав статьи в «пиратских» журналах за деньги. Пока мы не очистим научное сообщество страны от таких «раковых клеток», нам не придется беспокоиться о мире.
Я регулярно езжу в научные поездки в страны Европы. На Западе ваш авторитет в науке определяется не званиями и степенями, и правильно, я думаю! Даже если ты вчера защитил докторскую диссертацию, если ты не будешь продолжать работать над собой, если ты не будешь участвовать в исследованиях, если ты не напишешь статью, если твоя научная деятельность слаба, тебя будут игнорировать. В результате другие с большей вероятностью обгонят вас. Реальная конкуренция предъявляет одинаковые требования и к докторанту, и к домработнице. Что бы вы ни делали, вы должны выйти из круга. Тамом-вассал!
К сожалению, в советское время у нас был совершенно другой подход.Профессор всегда пользовался уважением, получая высокую зарплату, несмотря на десятилетия неэффективности. Не знаю, сможем ли мы избавиться от этой негативной тенденции, но я убежден, что будущее науки Узбекистана в руках молодых ученых, которые учатся и повышают свою квалификацию за рубежом. Только новое поколение ученых способно принести в нашу страну современные, передовые направления науки, развить и создать сильные научные школы. В свое время таким же опытом воспользовался Китай. В 1990-е годы страна отправляла молодых людей в учебные заведения и исследовательские центры США и Европы. Сегодня все знают, насколько продвинута китайская наука.
— В каком состоянии сейчас наша физика?
«Физически, особенно теоретически, это самая передовая наука в стране», — сказал он. Половина из 500 статей, опубликованных в ведущих научных журналах в прошлом году, написаны физиками. Этот успех можно объяснить тем, что наши физики более интегрированы в мировое научное сообщество. В частности, нашим ближайшим партнером является Международный центр теоретической физики в Триесте, Италия. Именно здесь началась первая академическая мобильность многих узбекских теоретиков. В частности, я проходил обучение в центре, встречался с известными учеными и учился у них.
— Есть ли контакты с другими странами Западной Европы, а также с американскими, австралийскими и китайскими научными школами?
— Конечно. Я говорю на примере нашей лаборатории. За прошедшие годы мы добились больших успехов в международном научном сотрудничестве в области теоретической астрофизики. Десятки наших сотрудников работают с ведущими учеными зарубежных университетов и научных центров. В частности, налажено плодотворное сотрудничество с Обществом Макса Планка в Германии, Университетом Фудань в Китае, Межуниверситетским центром астрономии и астрофизики в Индии, Исследовательским центром Альберта Эйнштейна в Чехии, Назарбаев Университетом в Казахстане. Каждый год несколько ученых проходят стажировку в этих центрах.
— Сохраняются ли отношения с бывшими советскими республиками?
— Очень мало в области теоретической астрофизики. Когда-то крупные государства, особенно Россия, смотрели на ученых Центральной Азии свысока. Настроение «старшего брата» все еще присутствует. Это приводит к разрыву научных связей. Сотрудничество в науке должно основываться на взаимном уважении и равноправии. Несправедливо, когда сторона ставит себя выше своего партнера.
Фактически империалистический киборг свойственен всем колониальным странам. В 1930 году индийский физик Субраманиан Чандрасекар отправился в Англию. На корабле он рассчитал критическую массу звезды.Чандрасекар приходит к сэру Артуру Эдингтону, самому выдающемуся представителю астрофизики того времени, и рассказывает ему о своем космическом открытии. Эдингтон, с другой стороны, игнорировал его и смеялся над ним. Со временем Чандрасекар получил Нобелевскую премию за открытие того, что масса звезды в конечном итоге превратится в черную дыру, в 1,4 раза превышающую массу Солнца.
Поскольку релятивистская астрофизика является радикально новой и многообещающей областью исследований, в мире появляется все больше и больше научных школ в этой области. Мы с гордостью можем сказать, что Узбекистан является одной из стран, развивающих релятивистскую астрофизику. Мы сейчас внедряем в нашей стране даже новые направления — гравитационно-волновую астрофизику и рентгеновскую астрономию. В СНГ относительно немного научных сообществ, которые проводят исследования в этих областях. Потому что это стоит больших денег. Пока у нас есть только совместные проекты с Республикой Беларусь и Казахстаном. Остальные партнеры в основном из стран Европы и Азии. Думаю, пришло время создавать научные хабы и в Узбекистане.
«Что тебя останавливает?»
— Системные проблемы, накопившиеся за годы.
— Какие из них вы бы выделили? У вас есть предложения по их решению?
— В 2019 и 2020 годах наша страна приняла два важных документа. Первая — это концепция развития системы высшего образования, а вторая — концепция развития науки до 2030 года. Оба документа ставят задачу значительно улучшить позиции Узбекистана в международных рейтингах.
Иными словами, через десять лет нам предстоит повысить качество образования и научного потенциала. Это опять вопрос конкурентоспособных кадров.
Согласно международному требованию в науке, индекс Хирша ученого должен увеличиваться на один пункт каждый год. Тогда это конкурентоспособно. Увеличение индекса Хирша требует публикации научных статей в престижных журналах.
Но многие ученые и студенты не знают английского языка. Узбекская наука по-прежнему остается русскоязычной. Это наша главная проблема.
Поскольку английский язык является международным языком науки, мы должны его выучить. Представьте, что было бы, если бы Мирзо Улугбек написал Зиджи Джадиди Корагоний по-турецки, а не по-арабски? Конечно, мир был бы лишен этого великого сокровища. Потому что в раннем средневековье научное общение велось на арабском языке. Позже французский язык стал известен. До Второй мировой войны немецкий был доминирующим языком. Например, Альберт Эйнштейн почти не знал английского языка и публиковал свои основные работы на немецком языке. Наконец, в середине 20 века эстафету перевели на английский язык. Я не удивлен, что ученые начинают учить китайский язык!
Незнание языка привело к большим потерям для целых народов. Обратимся снова к истории. Известный американский ученый Эдвин Хаббл в 1929 году писал, что во Вселенной есть галактики,то есть экспериментально доказывает, что звезды находятся в наборах. Он также обнаружил на основе астрономических наблюдений, что наша Вселенная расширяется. Позже этот процесс был назван законом Хаббла.
На самом деле явление расширения Вселенной было открыто Джорджем Леметером до Хаббла. Только потому, что Леметер опубликовал результаты своего исследования на французском языке, его статья стала непопулярна. Таким образом, «малыша» носил Эдвин Хаббл. Лишь в 2018 году историческая справедливость была восстановлена, и Международное астрономическое общество рекомендовало космологам заменить всем известный термин на закон Хаббла-Леметра.
Я за то, чтобы магистерские программы естественных и естественных наук в Узбекистане проводились на английском языке. И пора начинать исследования в западном стиле. Если мы сможем внедрить в нашей стране современную систему организации и управления научной деятельностью в соответствии с международными стандартами, я уверен, что многие проблемы, которые нас мучили, будут устранены.
Еще одно предложение. Кандидаты в доктора философии должны быть обязаны выбрать двух научных руководителей: одного внутри страны и одного из-за рубежа (эта практика успешно применяется в Казахстане). Именно здесь поддельные диссертации автоматически фильтруются.
В то же время было бы уместно потребовать, чтобы исследователь преподавал в вузе. Убежден, что такой подход окажет положительное влияние на интеграцию образования и науки.
У меня также есть возражения против университетских профессоров. Очевидно, что многие из них не имеют средств для написания научной статьи, не участвуют в научных коллаборациях и даже не умеют это делать. Наши университетские коллеги ограничены в своих возможностях преподавать. Педюклама отличная. Нет времени учиться. Однако в мире уже найдено разумное решение. Во многих развитых странах действует система творческих отпусков. Это научный праздник. То есть преподаватель вуза берет перерыв в один-два семестра, посвящая это время только исследованиям или написанию статей, пособий, монографий. Его работа и зарплата будут сохранены. Введение Sabbatical в Узбекистане также было бы полезным.
— Спасибо за содержательную беседу.
Выступила Наргиза Умарова.

Источник: Zarnews.uz

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: