Samarqandda Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etildi

Samarqandda Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etildi
Telegramda o'qish

Bugun, 30 oktyabr kuni Samarqand viloyati hokimining bu haqdagi qarori qabul qilindi.

Viloyatda istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni ilm-fanga qiziqtirish va ularning intellektual salohiyatini oshirish, matematika va fizika fanlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan qarorga ko‘ra, Samarqand shahar Sartepa maskanida joylashgan sobiq 10-mehribonlik uyi bino va inshootlari yangi maktab-internet uchun ajratildi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining asosiy vazifalari etib belgilandi:

    — umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda matematika, fizika, informatika va ingliz tilini chuqur o‘qitilishini tashkil etish;

    — matematika va fizika fanlari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilarni tanlash, ularga ushbu fanlardan zamon talablari darajasida chuqurlashtirilgan bilim berish, oliy ta’lim tizimi uchun yuqori intellektual salohiyatli yoshlarni tayyorlash;

    — o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;

    — har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;

    — yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy mamlakatlardan tajribali o‘qituvchilarni jalb qilish;

    — iqtidor va iste’dodni aniqlash hamda kamol toptirish bo‘yicha o‘quvchilarni respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlar va boshqa tadbirlarda qatnashishga tayyorlash.

Ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi  “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: