Pandemiya bahonasida oliy ta’limda nimalar o‘zgarishi kerak?

Pandemiya bahonasida oliy ta’limda nimalar o‘zgarishi kerak?
Telegramda o'qish

Koronavirus pandemiyasi juda ko‘p sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham qotib qolgan stereotiplarni parchalab tashladi.

«Buning iloji yo‘q» deya qarshilik ko‘rsatilgan ko‘p ishlar o‘z-o‘zidan amalga oshib ketdi.

Birgina onlayn hujjat qabul qilish tizimini misol keltirish mumkin. Bakalavrga ham, magistrga ham, kollej-texnikumlardan tortib maktab-litseylarga ham, o‘qishni ko‘chirishu ikkinchi mutaxassislikka ham onlayn hujjat qabul qilindi. Ayrim kamchiliklarni aytmasa, hech bir muammo bo‘lgani ham yo‘q.

Xo‘sh, shunday ekan, yana boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish payti kelmadimikin? Masalan, huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev quyidagilarni taklif qilmoqda:

1️⃣ Majburiy formani bekor qilish — pandemiya paytida hamma uyda o‘qiyapti va talabalar uyida istalgan kiyimida yurishibdi. Bundan kelib chiqadiki, kiyim talabaning bilimiga ta’sir o‘tkazadigan faktor emas. Oq ko‘ylak, qora shim, galstuk va uzun paypoq kiysa aqlli talaba yoki shularni kiymasa ahmoq talabaga aylanib qolmasligini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Ertalabdan eshikni tagida turvolib, galstugi yo‘q yoki ko‘ylagining rangi boshqacha talabalarni to‘xtatib, tushuntirish xati olib o‘tiradigan ma’naviyat zamdekanlarning ishi ham ta’lim sifatiga biror foydasi tegmasligini tushundik.
Bas, shunday ekan, butun oliy ta’lim tizimida majburiy formani bekor qilsak nima bo‘ladi? Nima o‘zgaradi? Hech narsa!
Albatta, majburiy formani bekor qilish deganda, ayrimlar darrov ko‘rpani o‘ziga tortib, vahimani boshlamasin. Talabalar haddidan oshmasligi uchun kiyimga qo‘yilgan ayrim cheklovlar baribir saqlanib qoladi, bu barcha joyda bor. Ammo bu cheklov mantiqiy va kichik bo‘ladi va talabada erkinlik ko‘proq bo‘lishi kerak.

2️⃣ Majburiy davomatni bekor qilish — masofaviy darslar ko‘rsatib turibdiki, talaba jismonan biror darsda bo‘lmasligi juda katta fojia emas. U mustaqil o‘zi o‘rganib, dars materiallari bilan tanishib, berilgan mavzuni o‘zlashtirishi ham mumkin. Talabaning burnidan ip o‘tkazib, auditoriyaga majburan mixlab qo‘yib, uni o‘qitishga urinish anchayin zamondan orqada qolgan metodlardan ekanligini pandemiya isbotlab qo‘ydi. Aksincha mustaqil ta’limga katta urg‘u berish, o‘qituvchilar asosan to‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsatishi lozimligi, ya’ni talabaga muayyaan muammoning tayyor yechimini aytish emas, balki o‘sha muammoni qanday qilib yechish yo‘llarini o‘rgatish kerakligini tushunyapmiz.
Xo‘sh, shunday ekan, nima uchun oliy ta’lim tizimida majburiy davomat tizimini bekor qilmaymiz? An’anaviy o‘qishlar boshlangandan keyin, kim istasa darsga kelsin, istamasa onlayn o‘zi mustaqil o‘qisin, lekin asosiysi oraliq va yakuniy nazoratlarni topshirishiga ko‘zi yetsa bo‘ldi, desak nima bo‘ladi? Ta’lim tizimimiz barbod bo‘ladimi? Yoki biror fojia ro‘y beradimi? Hech narsa bo‘l-may-di!!! Bu hammasi quruq gap, quruq safsata.

3️⃣ Haftasiga besh kunlik o‘qish tizimiga o‘tish — yana o‘sha yuqoridagi gap. Talabalani majburlab butun hafta davomida universitetda ushlab o‘tirish noto‘g‘ri va eskirgan metod. Bugungi zamon boshqa, talablar boshqa.
Masalan, barcha oliy ta’lim tizimi besh kunlik rejimga o‘tsa va o‘quv rejalarini shunga moslashtirsa, nima o‘zgaradi? Yoki talabalarimizning bilimi pasayib ketadimi (bundan ortiq yana qayoqqa pasayishi mumkin, hayronman)? Kimdir shu savolga aniq, faktlar bilan javob qaytara oladimi? Aniq ishonch bilan ayta olamanki, bu ham ta’liming tepasida turganlarning asossiz qo‘rquvi xolos.

4️⃣ Konspekt talab qilish — ortiqcha izoh berishim shartmas, shunchaki hozir 2020 yil ekanligini eslatib qo‘ymoqchiman xolos.

5️⃣ O‘quv yilini oktabr oyidan boshlash — bu muammoli masala emas, shunchaki taklif. Pandemiya sabab test sinovlari kechikib o‘tkazilmoqda va 1-kurslar uchun yangi o‘quv yili oktabr oyidan boshlanadigan bo‘ldi. Xorij tajribasidan ma’lumki, akademik o‘quv yili odatda aynan oktabr oyidan boshlanadi. Bu ko‘p tomondan qulay va o‘quv yilining bunday yuklamasi ham ma’qul deya qabul qilingan. Shu sababli bizda ham oliy ta’lim muassasalarida barcha kurslar uchun o‘quv yilini oktabr oyidan boshlasak zo‘r bo‘lardi.

Sizda qanday takliflar bor? Oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatiga bevosita ta’sir o‘tkazmaydigan yana qanday ortiqcha talab va cheklovlarni olib tashlash yoki yangi narsalar qo‘shish kerak, deb o‘ylaysiz?


Пандемия коронавируса разрушила стереотипы в системе образования, как и во многих других сферах.

Многие вещи, которым сопротивлялись, например, «это невозможно», произошли сами по себе.

Примером может служить единая онлайн-система подачи документов. Онлайн-заявки принимаются в бакалавриат, магистратуру, колледжи и лицеи, а также на переводные и средние специальности. Проблем не было, кроме некоторых недостатков.

Так не пора ли рассмотреть и другие вопросы? Например, юрист и блогер Хушнудбек Худойбердиев предлагает:

1️⃣ Отмена обязательных форм — Во время пандемии все учатся дома и школьники ходят по дому в любой одежде. В результате одежда не является фактором знаний студента. Мы видели своими глазами, что ношение белой рубашки, черных брюк, галстука и длинных носков не делает ученика умным или глупым. Утром мы поняли, что работа духовных замдеканов, стоявших утром у дверей и останавливавших учеников без галстуков или разноцветных рубашек и с объяснительными грамотами, не способствовала качеству обучения.
Что, если мы отменим обязательное образование во всей системе высшего образования? Что изменится? Ничего такого!
Конечно, когда речь заходит об отмене униформы, некоторые люди не сразу паникуют и начинают паниковать. Некоторые ограничения в одежде все еще действуют, чтобы студенты не переусердствовали, что встречается повсеместно. Но это ограничение логично и невелико, и у студента должно быть больше свободы.

2️⃣ Отмена обязательной посещаемости — Дистанционное обучение показывает, что для школьника не является большой трагедией физическое отсутствие на занятии. Он или она сможет учиться самостоятельно, просматривать материалы курса и осваивать заданную тему. Пандемия доказала, что попытка научить ученика, завязав ему через нос веревку и заставив его войти в аудиторию, была давним методом. Наоборот, упор делается на самостоятельное обучение, на то, что преподаватели должны в основном указывать правильное направление, то есть не подсказывать ученику готовое решение той или иной задачи, а подсказывать пути решения этой задачи. .
Так почему бы нам не отменить обязательное посещение высших учебных заведений? После того, как начались традиционные занятия, кто хочет приходить на занятия и учиться онлайн самостоятельно, но главное – сдать промежуточные и выпускные экзамены? Наша система образования рухнет? Или там трагедия? Ничего не случилось !!! Это все ерунда, ерунда.

3️⃣ Переход на пятидневку — то же самое. Заставлять студента оставаться в университете всю неделю — плохой и устаревший метод. Сегодня все иначе, требования другие.
Например, что изменится, если вся система высшего образования перейдет на пятидневку и соответствующим образом адаптирует свои учебные планы? Или знания наших студентов будут снижаться (а куда им дальше, интересно)? Кто-нибудь может ответить на этот вопрос четко, с фактами? Могу с уверенностью сказать, что это тоже необоснованный страх перед теми, кто находится на вершине вашего образования.

4️⃣ Запрос синопсиса — мне не нужно много комментировать, я просто хочу напомнить вам, что сейчас 2020 год.

5️⃣ Начать учебный год в октябре не проблема, это просто предложение. Из-за пандемии тесты переносятся, а новый учебный год для первокурсников начнется в октябре. Опыт показывает, что учебный год обычно начинается в октябре. Это во многом удобно, и такая нагрузка учебного года считается приемлемой. Вот почему было бы здорово, если бы мы могли начать учебный год в октябре для всех курсов высшего образования.

Какие у вас есть предложения? Какие еще ненужные требования и ограничения в системе высшего образования, не влияющие напрямую на качество образования, на Ваш взгляд, следует убрать или добавить новые?

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: