Farzand sevib qolsa qanday yo‘l tutish kerak?

Farzand sevib qolsa qanday yo‘l tutish kerak

Yangilik! Tafakkur olami deb nomlangan 1000 ta mantiqiy savollar kitobini tayyorladik, yuklab oling va zavqlaning!

— Yoshim o‘n beshda. Sinfdosh yigitim bilan bir-birimizga ko‘ngil qo‘yganmiz. Yaqinda onam bilib qolib, meni urishib berdi. Dadam ham bundan xabar topib, «U bolaga bermaymiz, baribir», deb aytibdi…
Nigina, Toshkent shahri

Yer yuzida hech bir inson muhabbatdan himoyalanmagan. Ma’lumki, sevgi yosh tanlamaydi. O‘smirlikdagi tuyg‘ular shunchaki bir havas bo‘lishi ham mumkin. Ammo aynan shu paytda asl sevgiga tamal toshi qo‘yiladi. Sevib qolgan o‘smirga qanday munosabat bildirish kerak? Ruhshunos Nargiz SATTAROVA bilan ushbu savolga javob izlaymiz.

O‘tish davrini birga o‘tkazamiz!

Avvalo, bolangizning fe’lidagi o‘zgarishlarni fiziologik o‘zgarishlar kabi tabiiy qabul qiling. Unda gormonal o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bosh og‘riqlari, hafsalasizlik, qiziqqonlik, ta’sirchanlik, diqqat susayishi, xotira pasayishi kabi holatlar kuzatilishi me’yoriy holat. Bu davrda har bir bolaning ichki «men»i shakllana boshlaydi. Shu paytgacha uning o‘ziga bo‘lgan bahosini tashqi omillar belgilab bergan bo‘lsa, endi u o‘zini-o‘zi baholaydi. Masalan, «Hali yoshsan!» deya tanbeh bersangiz, o‘zini katta hisoblay boshlagan bolaning hamiyatiga bu gap tegadi, ichki ovozi esa «Men kap-kattaman!» deya sado beradi. Va ulg‘ayganini kattalarning harakatlarini o‘zida namoyon qilish bilan isbotlashga urinadi. Masalan, qarama-qarshi jins vakili bilan munosabat o‘rnatish, tamaki chekish, uydan qochish kabilar. Tanlash huquqini olishadi-yu, kattarlardek mas`uliyatni his qilishmaydi. Buning ustiga, ikkilanishlari ham talaygina. Shu kunga qadar ota-onasi tomonidan singdirilgan tushunchalar, qadriyatlarning isbotini hayotdan izlaydi. Nomutanosiblikka duch kelsa, «Haqiqat qani?» deya ikkilanib qolishadi. Yana chalkashlik, yana kurash. Mana shu kurash natijasida uning hayotiy falsafasi qaror topadi.
Bu davrga ota-onalar ruhan tayyorlanishi kerak. Farzandini boricha qabul qila oladigan, tushunadigan, eshitadigan, o‘smirning savollariga javob bera biladigan bo‘lishlari darkor. Ana shunda bola hayotidagi qiyin davr talofatlarsiz o‘tadi.

Muhabbat nima?

O‘zini kattalar orasida ham, bolalar orasida ham begona sanayotgan o‘smir, albatta, tengdoshlari davrasiga intiladi. Uni tushunadigan, boricha qabul qiladigan insonga talpinadi. Qarabsizki, ishq dardiga mubtalo bo‘ladi. O‘yi-xayoli sevib qolganida bo‘ladi, unga qattiq bog‘lanib qoladi, ko‘ngli esa noziklashadi. Bu beg‘ubor, shartlardan holi birinchi muhabbat asl sevgi bo‘lmasligi mumkin. Ammo tabiat ayni shu davrda insonni sevishga o‘rgatadi. Ya’ni haqiqiy muhabbatga shu bosqichdan o‘tib boriladi.
Xo‘sh, siz haqiqiy sevgi neligini bilasizmi? Odatda, ko‘pchilik er-xotinlar munosabati asosida shartli sevgi yotadi. Yoki hissiy bog‘liqlik. Birinchi navbatda, ota-ona o‘zi muhabbat qanday tuyg‘u ekanligini anglashi kerak. Sevgi hayotning eng katta haqiqati ekanligini, dunyo muhabbatdan yaralganini va bu eng go‘zal tuyg‘uligini tushunishi lozim. Shunda kimnidir yoqtirib qolgan bolasiga «Sevgi, bu yomon» qabilida tushuntirish bermaydi.

Sevish gunoh emas!

Afsuski, ota-onalar ko‘pincha dilbandi qalbidagi tuyg‘ularni o‘ldirishga urinishadi. «Sevgi, bu — xato!» «U bilan gaplashsang, yomon bo‘ladi!» «Sharmanda bo‘lasan!» kabi qo‘rqitishlar bilan bola qalbida uyg‘ongan yaxshi hislarni yakson qilishga kirishishadi. O‘smir esa yana o‘yga cho‘madi: «Muhabbatning nimasi yomon, nimasi xato, nima uchun kimnidir yaxshi ko‘rsang, oxiri yomon bo‘ladi?» Bu savollar tiliga ko‘chgan taqdirda ham ota-onalar «Mumkinmas! Tamom!» deya gapni kesishadi. Chunki farzandining savollariga javob berishga yo etarlicha bilimi, yo toqati yo‘q. «Mumkinmas» deya chegaralash esa masalaning eng oson echimidek go‘yo. Biroq unutmang, bola doim, ayniqsa, o‘smir yoshda chegaralarni buzishga, cheklangan narsalarni sinab ko‘rishga moyil bo‘ladi. Qasdma-qasd ish qilib, o‘zini ko‘rsatib qo‘yishni istaydi. Natijada, siz qo‘rqqan salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Hayot haqidagi qarashlari, qadriyatlari shakllanayotgan paytda muhabbatni qop-qora bo‘yoqlarga bo‘yasangiz, unda «Sevish azob ekan! Bu yomon tuyg‘u hisoblanarkan! Demak, sevmasdan yashash kerak», degan dastur ong ostiga o‘rnashib qolishi ham hech gapmas.

«Senga yaxshi ko‘rishni kim qo‘yibdi?!»

Bu gapingiz bilan bolaning nafsoniyatga tegasiz, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini so‘ndirasiz. Tushuning, u inson, unda yurak bor, do‘q-po‘pisa bilan muhabbatdan himoyalay olmaysiz. Sevishga haqli u!
Ba’zida ota-onalar farzandlariga «Hozir faqat va faqat o‘qishing kerak, bunaqa narsalar seni chalg‘itadi», deya talab qo‘yishadi. Yoxud «Kim bilandir gaplashayotganingni eshitsam…» deya oldindan qo‘rqitishadi. Bilishmaydiki, bolasini hissiz odamga aylantirib qo‘yishayotganini.
Uni faqat bilim olishga majburlab natijaga erisha olmaysiz. O‘qishdan ko‘ngli qolishi mumkin. Qo‘rqitib ham, qo‘rqayotganingizdan himoyalay olmaysiz. Yuqorida aytganimizdek, qasdma-qasd ish qilishi ehtimol ham bor. Yaxshisi, «Bolajonim, seni tushunaman, men ham boshdan kechirganman bu davrni. Sevdim, o‘ldim, kuydim, deya bu savdoga berilib ketma! Axir bizning yuksak orzularimiz, rejalarimiz bor. Ularga erishish uchun o‘qish kerak», deb farzandingizni ilhomlantiring.

Nima qilish kerak?

Tushuning! Axir o‘zingiz ham bu davrni boshdan kechirgansiz. Balkim ota-onangiz sizga qattiqqo‘lliq qilgandir, ammo endi farzandingizdan alamingizni olishingiz noto‘g‘ri.
Do‘stlashing! Bolangiz yuragini sizga ochganida eshitadigan, ustidan kulmaydigan, ayblamaydigan, o‘rni kelsa achinadigan, qo‘llab-quvvatlaydigan ota-ona bo‘lsangiz, sizdan yashirincha ish qilmaydi. Natijada, muhabbati yomon oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Gaplashing! E’tibor bersangiz, o‘smirlar juda gapdon bo‘lib qolishadi. Bir quloq bo‘lsa, hamma-hammasini aytib berishsa. Vaqtim yo‘q, charchadim, desangiz, u ko‘chadan tinglovchilarni qidirib qoladi. Balkim, aynan gaplashishga bo‘lgan ehtiyoji sabab ham kimgadir dil bergandir. Ammo savol tug‘iladi: qachon u siz bilan dildan gaplashadi? Qachonki, siz uni urishmasangiz, xotirjam eshitsangiz, sirini sotmasangiz, dadasiga aytib, ta’zirini berdirmasangiz, ko‘pning ichida «Sevib qolibdi bu kishim», deya izza qilmasangiz, «Bolam, men seni doim, nima bo‘lishidan qat`i nazar yaxshi ko‘raman va tuyg‘ularingni hurmat qilaman», deya takrorlab tursangiz, har qanday masalasada siz bilan bamaslahat ish qiladi.
To‘g‘ri tushuncha bering. Hali yoshgina qizingizga «Baribir, unga uzatmayman seni», deya dakki bermang. «U yaxshi bolamas, ota-onasi yomon», deb insonlarni yaxshi-yomon ajratmang. «Qizim, nima uchun aynan shu yigitni tanlading? Uni qaysi xususiyatlari senga yoqdi?» deya ko‘ngliga qo‘l soling.
Yigit-qiz munosabatlariga aralashmang! Qizini sevib qolgan yigitning tanobini tortib qo‘yadigan, o‘g‘li yoqtirgan qizga gap tushuntiradiganlar ham uchrab turadi. Bu yo‘l bilan bolangizning dushmaniga aylanib qolasiz. U sizdan, uydan qocha boshlaydi, muhabbatini himoya qilish uchun qarshilik qiladi.
Nazorat qiling. Albatta, zamonamiz keskin rivojlanayapti. Yoshlarning gaplashish uchun imkoniyatlari keng. Telefon, internet kabilar. Bu bolaning harakatlarini kuzatishni talab qiladi. Aloqa vositilaridan ma’lum bir vaqtda foydalinishni joriy qiling. Uyda tartib o‘rnating, istagan payti ko‘chaga chiqib ketmasligi uchun. Faqat nazoratni xotirjamlik va nima uchun bunday qilayotganingizni tushuntirish bilan amalga oshiring.
Kuchini boshqa tomonga yo‘naltiring. Sportga qatnashsin, hunar o‘rgansiz, qobiliyatlarini shakllantirsin. Shunda bekorchi ishlar va o‘ylardan xoli ulg‘ayadi.
Mutaxassisga uchrashing. Agar bolangiz bilan bu borada jidiy muammolar yuz berayotgan bo‘lsa, mutaxassisga murojaat qiling. Toki ota-ona va bola o‘rtasidagi tushunmovchiliklar ta’sirida o‘smir qaltis harakatlar qilmasin.
Kitobga oshna qiling. Bir olam savollariga javob izlayotgan, havasni sevgi deb o‘ylayotgan o‘smir kitob mutolaasi orqali o‘zini va dunyoni anglay boshlaydi. Masalan, mashhur «Kichkina shahzoda»ni birga o‘qing. Bu kitobni o‘qish orqali nafaqat sevgi nima degan savoliga javob topadi, tuyg‘ularni qadrlashni ham o‘rganadi.
Farzandingiz tuyg‘ularini hurmat qiling!
Shoira VAFOEVA


— Мне пятнадцать лет. Мы с одноклассником заботились друг о друге. Вскоре моя мама узнала и ударила меня. Когда мой отец узнал об этом, он сказал: «Все равно ребенку не отдадим».
Нигина, г.Ташкент

Никто на земле не застрахован от любви. Известно, что любовь не выбирает возраст. Чувства подросткового возраста могут быть просто страстью. Но именно в это время закладывается краеугольный камень настоящей любви. Как относиться к влюбленному подростку? Ответ на этот вопрос ищем у психолога Наргиз САТТАРОВОЙ.

Проведем переходный период вместе!

Прежде всего, относитесь к изменениям в поведении вашего ребенка как к естественным физиологическим изменениям. В ней происходят гормональные изменения. Головные боли, расстройство, любопытство, раздражительность, дефицит внимания, потеря памяти являются общими. В этот период начинает формироваться внутреннее «я» каждого ребенка. До сих пор его самооценка определялась внешними факторами, теперь же он оценивает себя. Например, «Ты еще молод!» Если его ругать, это повлияет на ребенка, который начнет считать себя взрослым, и его внутренний голос скажет: «Я большой!» — восклицает он. И он пытается доказать, что вырос, показывая действия взрослых. Например, роман с противоположным полом, курение, побег из дома. У них есть право выбора, но они не чувствуют такой же ответственности, как взрослые. Кроме того, есть много колебаний. Понятия, привитые ему родителями, и по сей день ищут подтверждения ценностей в жизни. Столкнувшись с дисбалансом, «Где правда?» они колеблются. Больше путаницы, больше борьбы. Именно в результате этой борьбы определяется его жизненная философия.
Родители должны быть духовно готовы к этому периоду. Они должны уметь максимально принять своего ребенка, понять, выслушать и ответить на вопросы подростка. Тогда сложный период жизни ребенка пройдет без потерь.

Что такое любовь?

Подросток, считающий себя чужим и для взрослых, и для детей, конечно же, стремится быть рядом со сверстниками. Он стремится к тому, кто его понимает и принимает таким, какой он есть. Вы видите, любовь в боли. Мысли возникают, когда вы влюбляетесь, вы привязываетесь к этому, и ваше сердце становится тоньше. Эта безупречная, безусловная первая любовь может и не быть настоящей любовью. Но именно в это время природа учит человека любить. То есть настоящая любовь проходит через этот этап.
Итак, вы знаете, что такое настоящая любовь? Обычно отношения между большинством пар основаны на обусловленной любви. Или эмоциональная связь. Прежде всего, родители должны понять, что такое любовь. Он должен понять, что любовь — это величайшая истина жизни, что мир создан из любви и что это самое прекрасное чувство. Тогда он не станет объяснять тому, кто ему нравится, типа: «Любовь, это плохо».Любовь не грех!

К сожалению, родители часто пытаются убить чувства в сердце Дильбанди. «Любовь, это ошибка!» «С ним плохо разговаривать!» «Тебе будет стыдно!» Такими угрозами начинают разрушать пробудившиеся в сердце ребенка добрые чувства. Подросток больше не думал: «Что не так с любовью, что не так, почему если кого-то полюбить, конец будет плохой?» Даже если эти вопросы перевести на язык, родители могут сказать: «Невозможно! Вот и все! » они прерывают. Потому что у него либо не хватает знаний, либо умения отвечать на вопросы своего ребенка. Ограничение до «невозможного» кажется самым простым решением. Но имейте в виду, что ребенок, особенно подросток, всегда склонен нарушать границы, пробовать ограниченные вещи. Он хочет показать себя, действуя обдуманно. В результате возникают негативные последствия, которых вы опасаетесь. Если красить любовь в черный цвет, пока формируются их взгляды на жизнь и ценности, то «Любовь — это страдание! Это плохое предчувствие! Так что приходится жить без любви».

«Кто оставил тебя любить?!»

Говоря это, вы задеваете чувства ребенка, вы теряете его уверенность в себе. Пойми, что он мужчина, у него есть сердце, от любви угрозами не защитишь. Она заслуживает того, чтобы ее любили!
Иногда родители говорят своим детям: «Теперь ты только учись, такие вещи тебя отвлекают». Или заранее угрожают: «Если я услышу, как ты с кем-то разговариваешь…» Они не знают, что их ребенок превращается в бесчувственного человека.
Вы не можете добиться результатов, просто заставляя его учиться. Может разочароваться в чтении. Вы не можете защитить себя от страха, даже если он пугает. Как упоминалось выше, существует также возможность умысла. Лучше сказать: «Дитя мое, я тебя понимаю, у меня тоже был этот период. Не поддавайтесь этой торговле, говоря, что я любил, умер, сгорел! Ведь у нас есть высокие мечты и планы. Нужно учиться, чтобы их достичь».

Что делать?

Понимать! Ведь вы сами пережили этот период. Возможно, ваши родители были к вам жестоки, но сейчас неправильно отнимать боль у ребенка.
Заводить друзей! Если вы родитель, который слушает своего ребенка, когда он открывает вам свое сердце, не смеется над ним, не обвиняет его, сочувствует ему и поддерживает его, он не будет работать втайне. В результате любовь не приводит к плохим последствиям.
До скорого! Если вы обратите внимание, подростки становятся очень разговорчивыми. Если у них одно ухо, они все расскажут. Если вы скажете, что мне некогда, я устала, он будет искать аудиенцию на улице. Вероятно, причина того, почему они так плохо работают. Но вот вопрос: когда он будет говорить с вами искренне? Когда ты не ударишь его, когда слышишь спокойно,Если ты не продашь свой секрет, если ты не расскажешь отцу, если ты не повлияешь на него, если ты не скажешь публично: «Этот человек влюблен в тебя», ты всегда будешь говорить: Я сделаю это», он будет работать с вами по любому вопросу.
Дайте правильное понимание. Не говорите своей маленькой дочери: «Я тебя ей все равно не отдам». Не делите людей на хороших и плохих, говоря: «Он плохой ребенок, у него плохие родители». «Дочь, почему ты выбрала этого парня? Какие качества вам в нем нравились? коснуться твоего сердца.
Не вмешивайтесь в отношения мальчика и девочки! Есть и такие, которые дергают за ниточки молодого человека, влюбившегося в его дочь, и объясняют вещи девушке, которая нравится его сыну. Таким образом, вы становитесь врагом своего ребенка. Он начинает убегать от вас, домой, сопротивляясь, чтобы защитить свою любовь.
Проверить. Конечно, наше время стремительно развивается. У молодых людей есть широкие возможности для общения. Телефон, интернет и т. Для этого необходимо следить за движениями ребенка. Ввести использование средств коммуникации в определенное время. Наведите порядок в доме, чтобы он в любое время не выходил на улицу. Просто осуществляйте контроль со спокойствием и объяснением, почему вы это делаете.
Направьте свою силу в другую сторону. Пусть занимаются спортом, осваивают профессию, развивают свои способности. Тогда он вырастет свободным от праздных дел и мыслей.
Обратитесь к специалисту. Если у вашего ребенка серьезные проблемы с этим, обратитесь к специалисту. Чтобы подросток не действовал опасно под влиянием недопонимания между родителями и детьми.
Знакомство с книгой. Подросток, ищущий ответы на вопросы мира, думающий, что страсть и есть любовь, начинает познавать себя и мир через чтение книг. Например, вместе прочитайте знаменитого «Маленького принца». Прочитав эту книгу, вы не только найдете ответ на вопрос, что такое любовь, но и научитесь ценить эмоции.
Уважайте чувства своего ребенка!
Шоира ВАФОЕВА

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Shahzodbek

    Assalamu alaykum shoira opa agar ota ona qarshi bolsa bolaga tanbeh beraverishsa bola qanday yol tutushi kerak yozgan narsalarizni oqidim kottakon raxmat

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: