Qanday o‘qituvchilar attestatsiyaga jalb etilmaydi?

Qanday o‘qituvchilar attestatsiyaga jalb etilmaydi?

⚡️Quyidagi o‘qituvchilarni yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyaga navbatdagi (majburiy) jalb qilish mumkin emas.

Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qaroriga ko‘ra quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar;

pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar;

homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;

uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanishni o‘tayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

oliy malaka toifaga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;

fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;

malaka toifasi to‘g‘ridan to‘g‘ri berilgan yoki bir pog‘ona oshirilgan pedagog kadrlar, ularning toifalari oshirilgan vaqtdan boshlab keyingi besh yil davomida;

respublika va chet el davlatlariga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar;

ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish o‘rinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan pedagog kadrlar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida.

Shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuqorida ko‘rsatilmagan boshqa pedagog kadrlar ham navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinishi mumkin.

Ushbu pedagoglar navbatdan tashqari (ixtiyoriy) ravishda attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin.

Mavzuga doir:
O‘qituvchi attestatsiyadan o‘tolmasa ishdan olinadimi?

attestatsiya yangi qaror 612-sonli qaror 19-oktabr 2022

Attestatsiya bo’yicha eslatma


⚡️К следующей (обязательной) аттестации, проводимой в январе-июне, не могут быть привлечены следующие учителя.

Согласно постановлению Кабинета Министров № 572, в очередную обязательную аттестацию не включаются:

Педагогические работники, достигшие пенсионного возраста и занимающиеся педагогической деятельностью;

Педагогический персонал со стажем педагогической деятельности менее трех лет;

беременные женщины, во время беременности и в течение одного года после выхода на работу;

женщины, находящиеся в отпуске по беременности и родам и по уходу за ребенком, во время отпуска и в течение одного года после выхода на работу;

женщины с детьми в возрасте до трех лет, занимающиеся педагогической деятельностью;

педагогические работники, находящиеся на длительном (более трех месяцев) лечении, в период их лечения и в течение шести месяцев после выхода на работу;

Педагогические работники, сохраняющие высшую квалификационную категорию в течение 15 лет и имеющие непрерывный трудовой стаж после получения высшей квалификационной категории;

Педагогический состав со степенью кандидата наук, доктора философии (PhD) или доктора наук (DSc) и званием старшего научного сотрудника, доцента и профессора, присвоенным Высшей аттестационной комиссией;

педагогические работники, квалификационная категория которых непосредственно присвоена или повышена на один уровень, в течение следующих пяти лет с момента повышения их категории;

педагогические кадры, направленные на обучение, переподготовку и повышение квалификации в республику и зарубежные страны;

Педагогические кадры, откомандированные в резерв на минимальное количество рабочих мест для лиц, нуждающихся в социальной защите, испытывающих трудности с трудоустройством и не могущих на равных конкурировать на рынке труда, в течение трех лет со дня приема на эти рабочие места.

Также в соответствии с законодательством могут быть освобождены от очередной обязательной аттестации и другие педагогические кадры, не указанные выше.

Эти педагоги могут принимать участие в аттестации во внеочередном (факультативном) порядке.

Предмет:
Уволят ли учителя, если он не пройдет аттестацию?

аттестация, новое решение, решение № 612, 19 октября 2022 г.

Примечание об аттестации

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: