Pulni tejash uchun tavsiyalar, 10 asosiy qoida

Pulni tejash uchun tavsiyalar, 10 asosiy qoida
Telegramda o'qish

Markaziy bankning Finlit loyihasi kundalik xarajatlarni kamaytirish va ko‘proq pul tejashga yordam beradigan 10 ta usulni sanab o‘tdi.

Ular quyidagicha:

  1. Kunlik daromad va xarajatlarni qayd etish kerak. Bu yo‘l orqali qancha olishingiz hamda nima uchun xarajatlar qilishingiz haqida aniq tushunchaga ega bo‘lasiz.
  2. Oldindan tayyorlangan ro‘yxatga asosan xaridlarni amalga oshiring va unga amal qiling. Bu keraksiz xaridlardan asraydi.
  • Do‘konga bormoqchi bo‘lsangiz, to‘q boring. Och qorin bilan borishingiz keraksiz xaridlarga sabab bo‘lib qolishi mumkin.
  • Pulingizni tejash hamda ekologiya zarar yetkazmaslik maqsadida o‘zingiz bilan oziq-ovqat paketlarini oling.
  • Do‘konga bormaslikka harakat qiling. Hozir ko‘plab gipermarketlarda uyga yetkazib berish xizmatlari juda mashhur. Bir haftalik eng kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlab, ro‘yxatini tuzib chiqing va buyurtma bering. Bu keraksiz xarajatlarning oldini oladi, do‘konga tashrifingiz bilan siz nimanidir ko‘rib, muhim buyum bo‘lmasa ham sotib olishingiz mumkin.
  • Doim jamg‘arma yoki chegirma kartalaridan foydalaning. Bunday kartalardan 5 foizdan 20 foizgacha iqtisod qilish mumkin.
  1. Kommunal xarajatlarini kamaytiring! Energiya tejaydigan lampalardan foydalaning, kir va idish-tovoq yuvadigan mashinalarni sotib oling.
  • Uyingizni tark etishingizdan oldin barcha elektr jihozlaringizni o‘chirib chiqing.
  • Chiroqlar, suv, gazni foydalanmagan paytingizda o‘chirib qo‘ying.
  • Ortiqcha to‘lovlar amalga oshirmaslik uchun kommunal xizmatlar hisoblagichini o‘rnating.
  1. Nimadir xarid qilishingizda sifatga ahamiyat bering. «Pulga qattiq odam – ikki marta sarf qiladi» degan ibora bor. Lekin juda qimmat brend buyumlarni xarid qilish ham tavsiya etilmaydi.
  2. Xaridni ertaga amalga oshiring. Yo‘lingizda yaxshi chegirmali mahsulot ko‘rib qolsangiz, ammo ro‘yxatingizda ushbu mahsulot bo‘lmasa, ushbu xaridni ertangi kunga qoldiring. Bu bilan bu buyum qanchalik muhimligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish imkoniyati bo‘ladi. Statistika bo‘yicha odamlar ma’lum vaqt davomida xarid to‘g‘risida o‘ylab ko‘rganda ko‘p holatlarda kerak bo‘lmagan xaridlardan voz kechadi.
  3. Kundalik ovqatlarni diqqat bilan rejalashtiring. Vaqtingiz va imkoniyatingiz bo‘lsa, ovqatni o‘zingiz uyda tayyorlang. Yarimtayyor mahsulotlar qilib qo‘ysangiz – nafaqat pulingizni, balki vaqtingizni ham tejaysiz.
  4. Kredit olishda puxta o‘ylab chiqib keyin qaror qiling.

Bugungi kunda kredit kartalari yurtimizda tobora ommalashib ketmoqda. Qanchalik takliflar yaxshi tuyulmasin, bunday kartalarni rasmiylashtirishga shoshilmang, chunki kredit kartalar ko‘pincha keraksiz narsalarni xarid qilishga undaydi.

  1. Doim ish haqingizning ma’lum bir qismini saqlab qo‘yishga harakat qiling. Bir oyda kamida ish haqingizni 10 foiz miqdorini saqlashni odat qiling.

Shu bilan birga, kutilmagan daromadingizni ham saqlab qolishingizni tavsiya qilamiz. Masalan, ular mukofot mablag‘i, tug‘ilgan kunga berilgan pul yoki qaytarilgan qarz mablag‘lari bo‘lishi mumkin.

Mayda pullar, tanga va qaytimlaringizni aqchadoningizda saqlang, yil oxiriga kelib sezilarli darajadagi pul yig‘ilganiga ishonch hosil qilasiz.

  1. Iqtisod qilib hordiq olish — bu haqiqat. Buning uchun xorij safaringizni oldindan rejalashtiring, odatda vaqtliroq to‘lovlarini amalga oshirsangiz tur-paket va aviachiptalarni arzon narxlarda xarid qilish imkoni paydo bo‘ladi.

Dam olishga chetga chiqqaningizda «Barchasi mavjud» (all inclusive) tariflaridan foydalaning. Chunki mehmonxonalar tarkibiga kirmaydigan xizmatlar narxi qimmat bo‘ladi.

  1. O‘zingiz va oila a’zolaringiz uchun kiyimlarni internet do‘konlardan sotib olishga harakat qiling. Bu bilan siz yetarli mablag‘ni iqtisod qilishingiz mumkin. Sabab bozor va do‘konlarda ijara xarajatlari evaziga sotuvchilar asl narxlarni yuqoriroq belgilaydi.

Yuqoridagi tavsiyalar orqali kerak va muhim bo‘lmagan xarajatlaringizni aniqlab, oilaviy byudjetingizni samarali boshqarishingiz mumkin bo‘ladi.
Yuqoridagi tavsiyalarga qo’shimcha tarzda quyidagi videoni tomosha qilgan hollarda pullarni tejash, ekonom qilish bo’yicha moliyaviy savodxonlikka ega bo’lasiz.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: