Chapaqaylarni o‘ng qo‘lda yozishga o‘rgatish kerakmi?

Chapaqaylarni o‘ng qo‘lda yozishga o‘rgatish kerakmi?

Maktab ta’limidagi muammolardan biri va past o‘zlashtirishga sabab bo‘luvchi omil bu chapaqaylikdir.

Chapaqaylik tarbiyachilar, ota-onalar va bolaning o‘zi uchun ham katta muammo hisoblanadi. Barchaga yaxshi ma’lumki, chap qo‘lning o‘ng qo‘ldan ustunligi tug‘ma xususiyatga egadir.
Yaqin vaqtgacha chapaqay bolalarning psixik xususiyati taraqqiyoti ular miyasining rivojlanashidan alohida holatda ko‘rilgan. Biroq, miya va psixika a’zo va uning funksiyasi sifatida o‘zaro bog‘langandir.
Chapaqaylik – bolaning zaruriy individual xususiyati bo‘lib, uni ta’lim jarayonida hisobga olish shart. O‘quv ta’lim jarayonini a’nanaviy ravishda verbal va mantiqiy tafakkur taraqqiyotiga, chap miya yarim sharlari rivojlanishiga asoslanadi. Bunday holat esa chapaqay bolalarning ta’lim jarayoniga muvaffaqiyatli moslashuvini qiyinlashtiradi.
Chap yoki o‘ng qo‘lning ustunlik qilishi bolaning istagi yoki erkaligi emas, balki miyaning o‘ng va chap yarim sharlari o‘rtasida vazifalarning o‘ziga hos taqsimlanishidir. Nima uchun chap qo‘l ustunligi kelib chiqadi? Nimaning oqibatida chapaqaylik paydo bo‘ladi?.
Biz odatda miya haqida bir butun a’zo kabi fikr yuritamiz, lekin uning birligi ikkala miya yarim sharlarining faoliyatidan tashkil topadi. Ularning o‘rtasida qat’iy farq bo‘lib, miyaning funksional munosabatlarida ikkala yarim sharlarning ulushi bir xil emas. Bundan tashqari ulardan biri ustunlik qiladi.
Namoyon bo‘lish xarakteriga ko‘ra funksional assimetriyaning uchta turini ajratish mumkin: motor (umumiy harakat xulq — atvori shakllanishida tananing chap va o‘ng qismi qo‘l, oyoq va yuzning notekis ishtiroki). Sensor (juft sezgi organlarining funksional notekisligi va psixik nutqning tashkil topishi va boshqa oliy psixik jarayonlar).
Taxminan 70 % chapaqay bolalarning nutq markazlari chap miya yarim sharlarida, 30 % da esa o‘ng miya yarim sharlarida joylashgandir.
Qo‘l – odam harakat faolligining yarim funksional a’zosidir. Shuning uchun ham qo‘lning imo-ishora a’zosi sifatida rivojlanishi chap qo‘lning nutq markazini tashkil topishida yetakchiligidan dalolat beradi.
Qo‘l asimmetriyasi tushunchasi ko‘p bo‘lib, ulardan keng tarqalganlari: o‘ng qo‘llik, chapaqaylik va ambidekstriya (ikki qo‘llik). Chapaqaylikni namoyon bo‘lishi asosidagi omillarni ko‘rsatar ekanlar, olimlar patologik, irsiy, va majburiy chapaqaylikni ajratadilar. Biroq ko‘pchilik olimlar chapaqaylikni “tabiiy” irsiy ekanligini ta’kidlaydilar.
Ikkala miya yarim sharlari ham so‘zlarni, obrazlarni idrok qilishga va qayta ishlashga qodir, biroq bu jarayon ularda turlicha kechadi. Chap miya yarim shari. Verbal, mantiqiy, “fikriy” (mushohada). Miyadan kelayotgan axborotlarni ketma-ket, tahliliy ravishda qayta ishlaydi. Vazifalarni yechishda unga induksiya tamoyiliga muvofiq tahliliy yondashuv xos (xususiydan umumiyga).
O‘ng miya yarim shari. Noverbal, obrazli, ko‘ruv. Signallarni bir vaqtda va butun holda qayta ishlaydi. Ob’ektlarni bir nechta fikriy tekislikda ko‘rish imkonini beradi. Unga deduksiya tamoyiliga muvofiq sintez xosdir (umumiydan xususiyga).
Qoidaga muvofiq, o‘ng qo‘li yetakchilik qiluvchilarda verbal ma’lumotlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan chap miya yarim sharlari ustunlik qiladi. Ularning 95 % da nutq markazi chap miya yarim sharlarida joylashgan.
Chapaqaylarning miya funksiyasi lateralizasiyasining o‘ziga xosligi ularning bilish jarayonlariga ta’sir qiladi, ularga quyidagilar taalluqli: ma’lumotlarni tahlil qilish usuli, materialni qismlarga bo‘lib ishlash; noverbal stimullarga nisbatan verballarini yaxshiroq anglash; ko‘ruv- fazoviy topshiriqlarni bajarish imkoniyatining pastligi.
Yaqin kunlargacha chapaqay bolalarni o‘ng qo‘lda yozishga o‘rgatish majburiy ravishda amalga oshirilgan. Biroq, hozirgi kunda ham bunday holatlar uchramoqda. Ayniqsa ota-onalarning chapaqay farzandlarini ta’lim jarayonida o‘ng qo‘lini ishlatishga majbur qilishlari va o‘qituvchilarni ham bunga undashlari bolalarning psixik salomatligida jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Ko‘plab ma’lumotlarga ko‘ra, nevrotik holatlar va nevrozlar o‘ng qo‘l ustunlik qiluvchi bolalarga nisbatan chapaqaylarda ko‘proq uchramoqda. Chunki, chapaqay bolalarni majburlab (turli xil jazo choralarini qo‘llash orqali) o‘ng qo‘lga o‘rgatish nevroz rivojlanishining sababidir.
O‘ng qo‘lga qayta o‘rgatish lateralizasiyaning tabiiy paydo bo‘lgan individual yo‘nalishini sinishiga olib keladi, bu esa kuchli stressogen omil bo‘lib chiqadi.
Shunday qilib, chapaqay bolalarni o‘ng qo‘lga o‘tkazish umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir. Chapaqay bolalarning faoliyatida bilish jarayonlari sohasida quyidagilar namoyon bo‘lishi mumkin:
Ko‘ruv-harakat koordinasiyasi qobiliyati pastligi: bolalar grafik tasvirlarni ko‘chirib chizish bilan bog‘liq topshiriqni ayniqsa ketma-ketlikda bajarishda qiynaladilar; yozuvda, o‘qishda qatorni ushlab tura olmaydilar; yozuvlari yomon.
Fazoviy idrok va ko‘ruv xotirasidagi yetishmovchiliklar, fazoviy muvofiqlikni tahlil qilishdagi qiyinchiliklar: chapaqaylarda ko‘pincha grafik tasvirlashda shakllarning shakli va proporsiyasining buzilishi ko‘rinadi; yozuv oynavandligi; yozuvda harflarni tushirib qoldirish va o‘rnini almashtirish; optik xatolar, shakliga ko‘ra o‘xshash harflarni chalkashtirish.
Masalan, t ni p ga, m ni l ga, n ni k ga va i ni n ga; predmetlarni fazoviy joylashishini aniqlashda chap va o‘ngni, ostida- ustida, oldida-orqasida kabilarni adashtirish.
Ma’lumotlarni qayta ishlashning o‘zgacha strategiyasi, anglashning tahliliy uslubi: chapaqaylarga materialni qismlarga bo‘lib ishlash xos bo‘lib, bunday tahlil natijasida faoliyat ob’ekti haqida butun tasavvur hosil bo‘ladi. Bu bilan chapaqaylarning suskashtligi ifodalanadi, to‘liq idrok va tushinish uchun ularga materialni bosqichma- bosqich uzoq qayta ishlash zarur bo‘ladi.
Diqqatning zaifligi, diqqatni ko‘chirish va to‘plashdagi qiyinchiliklar.
Nutqiy buzilishlar: harflarni tahlil qilishdagi xatolar.
Ko‘rsatib o‘tilgan o‘ziga xosliklar bevosita o‘quv malakalarini egallashdagi samaradorlikka ta’sir qiladi. Chapaqay bolalarning yana bir o‘ziga xosliklari, bu ularning emosional ta’sirchanligi, xavotirchanligi, arazchiligi, asabiyligi, shuningdek, ishchanlik qobiliyatining pastligi va tez charchashdir.
Bu nafaqat miya yarim sharlari assimetriyasi oqibati, balki ularni o‘ng qo‘lga o‘tishga majburlash natijasi hamdir. Bundan tashqari, 20 % chapaqay bolalar anamnezida homiladorlik va tug‘ruqda qiyinchiliklar qayd etiladi (ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra tug‘ruqdagi jarohat chapaqaylik sabablaridan biri bo‘lishi mumkin, chunki, jarohatlangan chap miya yarim sharlarining funksiyasini bajarishni o‘ng miya yarim sharlari o‘z zimmasiga oladi).
Chapaqay bolalarning emosional ta’sirchanligi maktabga moslashishni qiyinlashtiruvchi omildir. Uni maktab hayotiga kirishi boshqalarga nisbatan sekinroq va og‘riqliroq kechadi. Shuning uchun ham chapaqay bolalar doimo o‘qituvchi, psixolog va ota-onalarning alohida e’tiborida bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, chapaqay bolalar maktabda ko‘pgina muammolarga duch kelishlari mumkin. Ayniqsa, maktabgacha bo‘lgan davrda va kichik maktab yoshida ularning to‘laqonli psixix taraqqiyotiga yetarlicha zaruriy e’tibor qaratilmasa, o‘quv faoliyatini egallashda jiddiy muammolarga olib keladi.


Одной из проблем школьного образования и фактором, приводящим к низкой успеваемости, является медлительность.
Детство – большая проблема для воспитателей, родителей и самого ребенка. Хорошо известно, что превосходство левой руки над правой является врожденным.
До недавнего времени развитие психических особенностей детей с деменцией рассматривалось отдельно от развития их головного мозга. Однако мозг и психика взаимосвязаны как член и функция головного мозга. Процесс обучения традиционно строится на развитии словесно-логического мышления, развитии левого полушария. Это затрудняет успешную адаптацию левой руки к процессу обучения.Преобладание левой или правой руки обусловлено не желанием или мужественностью ребенка, а специфическим распределением задач между правым и левым полушариями мозга. Почему возникает леворукость? Что вызывает метеоризм Обычно мы думаем о мозге как о целом, но его единство состоит из деятельности обоих полушарий головного мозга. Между ними существует резкое различие, и соотношение двух полушарий в функциональных отношениях мозга неодинаково. При этом преобладает один из них.В зависимости от характера проявления можно разделить на три вида функциональной асимметрии: двигательную (общее двигательное поведение — неравномерное участие в формировании поведения левой и правой частей тела, рук, ноги и лицо). Сенсорика (функциональная неуравновешенность пары органов чувств и формирование мыслительной речи и других высших психических процессов) — полуфункциональный член. Поэтому развитие руки как органа жестов является признаком лидерства левой руки в формировании центра речи и амбидекстрии (двух рук). Указывая на основные факторы проявления метеоризма, ученые различают патологический, наследственный и вынужденный метеоризм. Однако большинство ученых утверждают, что метеоризм – это «природная» наследственность Оба полушария мозга способны воспринимать и обрабатывать слова и образы, но этот процесс у них идет по-разному. Левое полушарие. Словесный, логический, «интеллектуальный» (наблюдение). Обрабатывает информацию из мозга последовательно, аналитически. Для него характерен аналитический подход к решению задач в соответствии с принципом индукции (от частного к общему) Правое полушарие. Невербальный, образный, визуальный. Обрабатывает сигналы одновременно и как единое целое. Позволяет рассматривать объекты в нескольких плоскостях мысли. Для него характерен синтез по принципу дедукции (от общего к частному) Как правило, в правом полушарии преобладает левое полушарие, специализирующееся на обработке вербальной информации. У 95% из них речевой центр расположен в левом полушарии головного мозга. лучшее понимание глаголов, чем невербальных стимулов; низкая способность к выполнению зрительно-пространственных задач.До недавнего времени обучение детей письму правой рукой было обязательным. Тем не менее, это все еще так и сегодня. В частности, тот факт, что родители заставляют своих детей использовать правую руку в образовательном процессе и поощряют это делать учителя, вызывает серьезные проблемы в психическом здоровье детей.По многим данным, невротические состояния и неврозы правой руки чаще встречаются у капелланов. чем у доминантных детей. Это связано с тем, что принуждение правой руки (путем применения различных карательных мер) к правой руке является причиной развития невроза, что оказывается сильным стрессогенным фактором. неприемлемо. В сфере познавательных процессов в деятельности детей раннего возраста могут проявляться: Низкая зрительно-моторная координация: дети с трудом выполняют задание на копирование графических изображений, особенно в последовательности; не может удержать строчку при письме, чтении; записи плохие. Дефекты пространственного восприятия и зрительной памяти, трудности анализа пространственной ориентации: в когтях часто появляются искажения формы и пропорции фигур при графическом изображении; стакан для письма; отбрасывать и заменять буквы в тексте; оптические ошибки, смешение букв, сходных по форме. Например, т ни п га, м ни л га, н ник к га и и н н га; вводящие в заблуждение слева и справа, снизу-сверху, спереди-сзади и т. д. в определении пространственного положения предметов формируется целостный образ предмета. Это олицетворяет восприимчивость капелланов, которым необходимо будет поэтапно обрабатывать материал, чтобы полностью его осмыслить и осмыслить.Слабость внимания, трудности с концентрацией и концентрацией внимания.Нарушения речи: ошибки в разборе букв.Пройденная специфика напрямую влияет эффективность приобретения учебных навыков. Другой характеристикой вялых детей является их эмоциональная чувствительность, тревожность, раздражительность, нервозность, а также низкая работоспособность и быстрая утомляемость, также являющаяся результатом принуждения. Кроме того, в анамнезе у 20% детей с врожденными аномалиями отмечаются трудности при беременности и родах (по некоторым данным, травма в родах может быть одной из причин аппендицита, т.к. травмированные левые полушария головного мозга не способны нормально функционировать. полушария головного мозга предполагают). Эмоциональная чувствительность детей с ОВЗ является фактором, затрудняющим адаптацию к школе. Ее вхождение в школьную жизнь происходит медленнее и болезненнее, чем у других. Именно поэтому детям с ограниченными возможностями всегда должно уделяться особое внимание со стороны педагогов, психологов и родителей.Таким образом, дети с ограниченными возможностями могут столкнуться со многими проблемами в школе. Особенно в дошкольный период и в младшие школьные годы, если не уделять должного внимания их полноценному психическому развитию, это приводит к серьезным проблемам в овладении учебной деятельностью.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: