Bolaning qanday uxlashiga qarab xarakterini bilib olamiz

Bolaning qanday uxlashiga qarab xarakterini bilib olamiz
Telegram kanal подписаться

Shifokorlar tunda bolaning qay holatda uxlashiga qarab, uning xarakteri va ruhiyatidagi o‘zgarishlarni bilish mumkin, deyishadi. Farzandingizning o‘y-xayollari nimalar bilan bandligini bilishni istasangiz, diqqat qiling.

    Yuqoriga qarab yotsa…

Kurak bilan yotgan holatda, qo‘l-oyoqlar yon tarafda joylashgan. Ba’zida qo‘llar boshdan yuqoriga ko‘tarilgan ham bo‘ladi.  Bolakay boshini yon tarafga yoki to‘g‘ri ushlagancha tutadi. Bu holat bola ruhiyatidagi xotirjamlikni bildiradi. Fe’l-atvoriga ko‘ra og‘ir-bosiq, yaqinlarining mehri, e’tiborini sezib turadi.

    G‘ujanak bo‘lib olsa…

Tizzalar birlashgan, qo‘l bosh ostiga qo‘yilgan, bola huddi bir nimadan xavfsiraganday (yoki sovuqqotayotgandek) g‘ujanak bo‘lib olgan. Ustiga yopilgan ko‘rpa bo‘yingacha yetadi. Ushbu holat farzandingizni nimadir  tashvishga solayotgani, o‘ylantirayotgani yoki unga azob berayotganini bildirishi mumkin. Oilada nosog‘lom muhit bo‘lganida ham bola o‘zini shu tariqa himoyalashga urinadi. Bu ong ostida sodir bo‘lgani uchun ham uyqusida ro‘y beradi.

    Qorin bilan uxlasa…

Qoringa yotgan holatda, qo‘l-oyoqlarini  yon tarafga joylashtirgan bolakay ta’sirchan, kayfiyati o‘zgaruvchan bo‘ladi. Uni xafa qilish juda oson. Ammo kichik narsalardan ham xursand bo‘lishni biladi. Agar unga qattiqroq tanbeh bersangiz, keyinchalik o‘z qobig‘ida o‘ralib qolishi ham mumkin.

    Tizzalar birlashgan…

Ko‘p bo‘lmasada, bu ko‘rinishda uxlaydigan bolalar ham uchrab turadi. Tizzalarni birlashtirib, ularni yuqoriga ko‘targancha uxlash orom vaqti sodir bo‘ladi. Tabiiyki, bolaning o‘ziga sezilmaydi. Odatda bunday holat injiq, fe’li murakkabroq bolalarda kuzatiladi. Bunday bolalarni biror nimaga majburlab bo‘lmaydi. Yaxshi gap bilangina yo‘lga solish mumkin.

    Yonboshda uxlash …

Uyqu uchun qulay ko‘rinishlardan biri. Agar farzandingiz yonboshida uxlashga odatlangan bo‘lsa, ruhiyatidan havotirlanmasangiz ham bo‘ladi. Bolakay xotirjam, o‘zini yaxshi xis qilmoqda. Sog‘ligida ham hech qanday muammo yo‘q. Ammo kezi kelganida o‘ziga kerakli bo‘lgan mehr va e’tiborni so‘rashga iymanadi. Ana shu taraflariga diqqat qiling.

    Boshqa ko‘rinishlari …
  • Farzandingiz ustiga yopilgan ko‘rpani huddi atay qilinganidek oyoqlariga o‘rab oladi. Bu uning norozilik kayfiyatini bildirishi mumkin.
  • Qo‘l-oyoqlarini tarang qilib oladiki, salgina bo‘shalishiga ham imkon bermaydi. Ahamiyat bering, farzandingiz asabiy bo‘lib qolmaganmi?!
  • Іamisha qo‘l kaftini musht qilib oladi. Shartli refleks ta’sirida hosil bo‘lgan jarayon bolakayning to‘palonchi ekanligini bildirishi mumkin.
  • Yumshoq o‘yinchog‘i yoki qo‘g‘irchog‘i bilan birga uxlashga odatlangan bolalarga e’tibor yetishmaydi. Agar bu holat farzandingizda kuzatilsa, unga ertak aytib bering, uxlab qolgunicha yonida bo‘ling.
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: