Pedagolarga sirtqi ta’lim uchun 5 yil pedagogik staj kerak bo‘ladi

Pedagolarga sirtqi ta’lim uchun 5 yil pedagogik staj kerak bo‘ladi

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning sirtqi ta’lim shakliga kamida besh yil pedagogik stajiga ega o‘qituvchilar qabul qilinadi.

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga faqatgina ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim muassasasi direktorlaridan oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yiliga kirish test imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat qabuli boshlangunga qadar maktabda faoliyat yuritayotgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga tegishli ma’lumotlarni vazirlikning “Yagona elektron tizimi — erp.maktab.uz” dasturiga kiritishlarini so‘raydi.

Mavzuga doir:
Maxsus sirtqi ta’lim shakli haqida

5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar qabuli haqida ma’lumot berildi

2023-2024-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi yuklab olish


Начиная с 2023/2024 учебного года на форму заочной формы обучения вузов, осуществляющих подготовку педагогических кадров, будут приниматься преподаватели, имеющие педагогический стаж не менее пяти лет.

Начиная с 2023/2024 учебного года педагогические учебные заведения высших учебных заведений могут обучаться заочно по специальности педагогика только при наличии у них стажа работы не менее пяти лет, связанного с педагогической деятельностью в системе образования.

Об этом говорится в Постановлении Президента Республики Узбекистан «О мерах по повышению качества педагогического образования и дальнейшему развитию деятельности высших учебных заведений по подготовке педагогических кадров».

При этом лица, желающие обучаться по заочной форме обучения в области педагогики, должны иметь стаж педагогической работы в системе образования не менее пяти лет.

Министерством дошкольного и школьного образования педагогам без высшего педагогического образования, работающим в школе до начала приема документов для участия во вступительных контрольных экзаменах в 2023/2024 учебном году от директоров общеобразовательных учреждений в высшие учреждений образования просит их внести соответствующую информацию в программу Министерства «Единая электронная система – erp.maktab.uz».

Предмет:
О форме специального заочного обучения

Предоставлена ​​информация о наборе учителей с 5-летним стажем преподавания

Скачать комплекс предметов на 2023-2024 учебный год

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: