Bolalarda stressni yengish bo‘yicha tavsiyalar

Bolalarda stressni yengish bo‘yicha tavsiyalar

Bolalarga stressni yengishda qanday yordam berish mumkin?

Avvalgi maqolalarimizda pandemiya davrida xodimlar salomatligini saqlash bo‘yicha koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatovaning muhim tavsiyalarini e’lon qilgan edik. Ushbu maqolada Barno Abdusamatovaning AOKAda o‘tkazilgan brifingda berilgan savol yuzasidan muhim tavsiyalarini taqdim etmoqdamiz:
Bolalar stressga turli xil munosabatda bo‘lishlari mumkin. Umumiy reaksiyalar: uyqusizlik, tunda siyib qo‘yish, qorin og‘rishi yoki bosh og‘rig‘i, shuningdek, tashvish, tundlashish, g‘azablanish, yolg‘iz qolishdan qo‘rqish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Bolalarning holatini diqqat bilan kuzatib boring, qo‘llab-quvvatlang va tasalli bering. Qiyin vaziyatda ularning reaksiyasi odatiy hol ekanini tushuntiring. Ularning ehtiyojlarini tinglang, tinchlantirish va xavfsizlikda ekanliklariga ishontirish uchun vaqt ajrating.

Tez-tez maqtang va rag‘batlantirib turing. Bola o‘yin o‘ynashi va hordiq chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlarni yarating.

Kundalik tartib va uyqu rejimiga rioya qiling va bolangizga yangi muhitga moslashishiga yordam bering. Nima bo‘lgani haqida yoshiga qarab ma’lumot bering, mikroblar qanday tarqalayotganini va nima uchun qo‘l va yuz gigiyenasi muhim ekanini tushuntiring.

Nima bo‘lishi mumkinligi xususida umidbaxsh tarzda gapirib bering. Masalan, agar bolangiz o‘zini yomon his qilayotgan bo‘lsa va uyda yoki shifoxonada bo‘lsa, siz unga quyidagilarni aytishingiz mumkin:

«Sen uyda/shifoxonada bo‘lishing kerak, chunki bu sen va do‘stlaring uchun xavfsizroqdir. Bilaman, bu qiyin (ehtimol zerikarli yoki hatto qo‘rqinchli bo‘lishi mumkin), lekin biz o‘zimizni va boshqalarni xavfsiz saqlash uchun qoidalarga amal qilishimiz kerak. Tez orada hammasi iziga tushib ketadi».


Как помочь детям справиться со стрессом?

В предыдущих статьях мы публиковали важные рекомендации Барно Абдусаматовой, члена Штаба по борьбе с коронавирусом, по защите здоровья работников во время пандемии. В этой статье мы приводим важные рекомендации Барно Абдусаматовой по вопросу, заданному на брифинге в АОКА:
Дети могут по-разному реагировать на стресс. К частым реакциям относятся: бессонница, ночное мочеиспускание, боль в животе или головная боль, а также тревога, головокружение, раздражительность, боязнь одиночества.

Внимательно наблюдайте, поддерживайте и утешайте детей. Объясните, что в сложной ситуации их реакция нормальна. Прислушайтесь к их потребностям, найдите время, чтобы успокоить их и заверить их в том, что они в безопасности.

Чаще хвалите и поощряйте. Создайте необходимые условия для игры и отдыха ребенка.

Соблюдайте распорядок дня и режим сна и помогите ребенку адаптироваться к новым условиям. Объясните, что произошло с возрастом, объясните, как распространяются микробы и почему важна гигиена рук и лица.

Будьте оптимистичны в отношении того, что может произойти. Например, если ваш ребенок плохо себя чувствует и находится дома или в больнице, вы можете сказать ему:

«Вы должны быть дома/в больнице, потому что так безопаснее для вас и ваших друзей. Я знаю, что это сложно (может быть, скучно или даже страшно), но мы должны следовать правилам, чтобы обезопасить себя и других. Все скоро закончится».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: