Bir soatlik sud darsi

Bir soatlik sud darsi

Adabiyot fanidan O‘tkir Xoshimovning “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasi asosida tayyorlangan sud dars ishlanmasini ko‘rib chiqing. Bu nazarimda juda qiziq va foydali.

Ishlanma o‘qituvchilar uchun tayyorlangani bois darsning maqsadlari, tashkiliy qismlari, o‘tgan mavzuni so‘rab baholash ochiq qoldirilgan holda faqat yangi mavzuning o‘ziga e’tibor qaratildi. Darsni boshlashdan avval tinchlik bebaho ne’mat ekanligi haqida suhbat o‘tkazish, tinchlikning ahamiyati, urushning zararlari to‘g‘risida so‘zlab berishdan boshlash o‘rinlidir.
Sinf xonasi sud zaliga o‘xshatib bezatilgan bo‘ladi. . Yangi mavzuga ba’zi o‘quvchilar avvaldan ogohlantirilgan bo‘lib tayyorgarliklarini darsdan bo‘sh paytlarda tekshirilib boriladi. Darsni o‘qituvchi boshqaradi. O‘quvchilarga “Urushning so‘nggi qurboni” asarini uyda o‘qib kelish topshiriq qilib berilgan. 6 ta o‘quvchi 6 ta qahramon obrazini ifodalaydilar.
1 — Shoikrom
2 — Shone’mat
3 — Xadicha
4 — Oqlovchi
5 — qoralovchi
6 — Xalq maslahatchilaridan vakil
O‘qituvchi sud raisi vazifasida bo‘ladi. Dars o‘qituvchi so‘zi bilan boshlanadi: — O‘quvchilar, bugungi darsda “Urushning so‘nggi qurboni” asari bo‘yicha “Sud darsi” o‘tkazamiz. Sud zaliga sudlanuvchini olib kelinsin!
Sud zaliga sudlanuvchini olib kelinadi. Sudlanuvchi joyini egallagach sud raisi bo‘lib o‘tgan voqea haqida qisqa ma’lumot berib o‘tadi. Shundan so‘ng vakillardan o‘z burchini bajarish uchun qoralovchiga so‘z beriladi.
Qoralovchi so‘zi: Bo‘lib o‘tgan jinoiy ish bilan tanishib chiqdim va Shoikromni bu ishda aybdor deb xisoblayman. Agar sud raisi ijozat bersalar Shoikromga bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan ba’zi savollar bersam.
1- savol: o‘sha8-may 1944 yil, ya’ni jinoyat sodir etilgan kun qayerda edingiz?
Shoikrom: Uyda edim.
Qoralovchi: Uyga kelganingizda kayfiyatingiz qanday edi?
Shoikrom: Juda yomon
Qoralovchi: Sababini aytib bera olasizmi?
Shoikrom: Ishdan charchab kelgandim. Uning ustiga uyda ham sharoit yomon, havo ham odamni yuragini siqadigan bo‘g‘iq edi. Bundan tashqari ovqatlanganimdan so‘ng endi dam olay deganimda chaqaloq yig‘lab yanada asabimni buzdi.
Qoralovchi: Onangiz sizning oldingizga qachon keldi? Nima haqida suhbatlashdingiz?
Shoikrom: Endi dam olaman deganimda oyim kirib keldilar. Ukamning kasali haqida gaplashdik. Onam unga qo‘y suti davo bo‘lar ekan degan edilar.
Qoralovchi: Ukangizdan xabar olib turarmidingiz? Oxirgi marta qachon ko‘rgandingiz?
Shoikrom: 10 kuncha avval
Qoralovchi: Uning kasali og‘ir ekanligini bilarmidingiz?
Shoikrom: Ha
Qoralovchi: Siz onangizni yomon ko‘rarmidingiz? Nega hovlini devor bilan ikkiga bo‘lib olgansiz? Nega onangiz va ukangizdan xabar olmasdingiz? Nega onangizga xotiningiz ovqat bermaganda indamadingiz?
Shoikrom: Onamni juda yaxshi ko‘rardim. Hovlini qaynona va kelin, ya’ni onam va xotinim murosaga kelmagani uchun devor bilan bo‘g‘ib olganmiz. Ulardan xabar olgani ishdan qo‘lim tegmayotgan edi. O‘sha kuni xotinim “Ovqat yo‘q” deganda “Ertaga o‘zimga isitib berish uchun olib qo‘ygan bo‘lsa kerak” – deb indamadim.
Qoralovchi: Nima uchun hovlidagi qulupnaylar ichiga ochiq elektr simi tashlab qo‘ydingiz?
Shoikrom: Men sigirimizni o‘g‘irlagan, o‘lim to‘shagida yotgan ukam oxirgi nasibasidan mahrum bo‘lgan, non puli deb yetishtirgan qulupnaylardan judo qilganlardan qasos olmoqchi edim.
Qoralovchi: Bu ishingiz jinoyat ekanligi, bu harakatingiz bilan inson hayotiga suyiqasd qilayotganligingizni o‘z oila a’zolaringizga ziyon yetkazishini o‘ylab ko‘rmadingizmi?
Shoikrom: O‘sha paytda juda g‘azablangan edim. Qilgan ishimning oqibati haqida o‘ylamaganman. Shunday bo‘lsada, xotinimni ogohlantirdim, bolalar chiqib ketmasin deb eshikni tagiga joy solib uxladim. Onamning bu joyga kirishini xayolimga ham keltirmagandim.
Qoralovchi: Onangiz o‘lganini qachon bildingiz?
Shoikrom: Men ayanchli odam faryodi eshitilgandayoq xato qilganimni angladim. Pushtalar orasidagi odam oldiga borganimda uni onam ekanligini bildim.
Qoralovchi: Qilgan qilmishingizdan pushaymonmisiz?
Shoikrom: Juda ham pushaymonman.
Qoralovchi: Hurmatli sud hay’ati, men yuqoridagi savol-javoblar hamda ayblanuvchining ko‘rsatmasiga binoan uni aybdor deb bilaman. Shoikrom bo‘lib o‘tgan jinoyatning aybdoridir.
Sud raisi Endi so‘z navbatini oqlovchiga beradi.
Oqlovchi: Hurmatli sud hay’ati, ijozat bersangiz sud zaliga guvohlar: sudlanuvchining xotini va uning ukasi Shone’matni Chaqirsam.
Xadicha kirib keladi.
Oqlovchi: o‘sha jinoyat sodir bo‘lgan kuni va undan oldin biror marta eringizni onasidan nolib uni yomon ko‘rganini eshitganmisiz?
Xadicha: Yo‘q, aksincha har safar onasi bilan janjallashganimda onasining yonini olib meni koyir edilar. Onalarini juda yaxshi ko‘rar edilar.
Oqlovchi: O‘sha kuni eringizni kayfiyati odam o‘ldirishgacha borib yetadigan darajada yomonmidi?
Xadicha; Unchalik emas. O‘zi urush boshlangandan buyon kayfiyatlari yaxshi bo‘lgan kun kam edi. Odatdagi kayfiyatda edilar.
Oqlovchi: Siz eringizni o‘z onasini ya’ni qaynonangizning o‘limida aybdor deb bilasizmi?
Xadicha: Yo‘q
Oqlovchi: Ruxsat bersangiz Shone’matga ham bitta savol bersam. Akangiz onangizning o‘limida aybdormi?
Shone’mat: Yo‘q, bu ishda akamning aybi yo‘q, bu ishlarga sababchi menman. Agar men kasal bo‘lmaganimda onam shu qulupnayga kirmagan bo‘lardilar. Onam qulupnayni olib bozordasutga almashtirmoqchi edilar. Chunki, tabib mening kasalimni tuzatish uchun qo‘y suti ichish kerakligini onamga aytgan edi.
Oqlovchi: Hurmatli sud raisi, men yuqoridagi guvohlarning ko‘rsatmasiga asoslanib sudlanuvchi Shoikrom garchi shu jinoyatni sodir etgan bo‘lsada uni oqlashingizni talab qilaman. Chunki, Shoikromning bu ishni amalgam oshirishga juda ko‘p sabablar borligini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Birinchidan, o‘sha oqshomda Shoikrom juda og‘ir ruhiy holatda edi; Ikkinchidan, onasi va ukasining ahvoli haqidagi gapi unga kuchli ta’sir etadi; Uchinchidan, uning sigirini o‘g‘irlab ketishgan, shuning uchun u kasal ukasiga bir kosa sut berolmayotgan edi; To‘rtinchidan, qulupnaylarni onasi olayotganligini xayoliga keltirmagan edi. Hurmatli sud hay’ati, Shoikromni jinoiy jazodan ozod qilganimiz bilan u jazosiz qolmaydi. Chunki, u bir umrga yetadigan vijdon azobiga qoldi. Bu insonga shu jazo ham yetarli deb o‘ylayman.
Sud raisi: Hurmatli sud majlisimizda ishtirok etayotganlar, mana oqlovchi va qoralovchini fikrlarini eshitdik. Bugungi sud majlisida sizlar ham ishtirok etdingiz, siz ham o‘z fikr va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin. Sizningcha, Shoikrom o‘z onasining o‘limiga aybdormi? Nega?
O‘quvchilardan xohlovchilar bu savollarga javob berib, o‘z fikrlarini bildiradilar. Shoikromni aybdor deb xisoblaydiganlardan bir kishi, aybdor emas deb xisoblaydiganlardan bir kishi gapiradi.
Sud rasi: Bu masala bahs-munozaraga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli bu ishni ovozga qo‘yish yo‘li bilan xal qilsak.
Ovozga qo‘yiladi. Agar oqlaganlar ko‘p bo‘lsa Shoikrom oqlanadi, qoralaganlar ko‘p bo‘lsa oqlanmaydi. O‘qituvchining yakuniy so‘zi: O‘quvchilar, mana hozir biz inson taqdiri ustidan hukm chiqardik. Lekin chuqurroq o‘ylab ko‘rsangiz, garchi bu jinoat Shoikrom tomonidan sodir qilingan bo‘lsada, bu jinoatning asosiy sababchisi urushdir. Agar urush bo‘lmaganida bu voqea sodir bolmasmidi. Shu sababli ham O‘tkir xoshimov bu asarni “Urushning so‘nggi qurboni” deb nomlagan. Bu fojeaning yuzaga kelishiga urushning katta ta’siri bo‘lgan. Bu hikoyani o‘qigach, tiriklikni, bugungi tinch va osoyishta hayotimizni qadriga yanada ko‘proq yetamiz degan umiddaman. Uyga vazifa “Tinchlik – bebaho ne’mat” mavzusida matn yozib kelish bo‘ladi. Hikoyani o‘zini Ziyouz.comsaytida o‘qishingiz mumkin. Yana qanday mavzuda dars ishlanmalarni ko‘rib chiqishni xohlardingiz? Fikrlaringizni bayon etishingiz mumkin.


Посмотрите литературный урок по рассказу Уткира Хошимова «Последняя жертва войны». Это очень интересно и полезно, на мой взгляд.

Поскольку разработка была подготовлена ​​для учителей, цели урока, организационная часть и оценка предыдущей темы были оставлены открытыми, оставив только саму новую тему. Прежде чем приступить к уроку, уместно начать с разговора о том, что мир — это бесценное благо, о важности мира и о вреде войны.
Класс будет оформлен как зал суда. . Некоторых студентов заранее предупреждают о новой теме и проверяют их подготовку в свободное время. Класс ведет учитель. Студентам было предложено прочитать «Последнюю жертву войны» дома. 6 учеников представляют 6 героев.
1 — Шойкром
2 — Шон’мат
3 — Хатидже
4 — Извините
5 — Нападающий
6 — Представитель Народных Советников
Учитель будет председательствующим судьей. Урок начинается со слов учителя: — Ученики, на сегодняшнем уроке мы проведем «Судебный урок» по произведению «Последняя жертва войны». Приведите подсудимого в зал суда!
Подсудимого приводят в зал суда. Когда подсудимый занимает свое место, председательствующий дает краткий отчет о том, что произошло. Затем представители предоставляют слово обвинителю для исполнения своего долга.
Подсудимый: Я ознакомился с уголовным делом и считаю Шойкрома виновным. Если председательствующий позволит мне, я могу задать Шойкрому несколько вопросов о том, что произошло.
Q1: Где вы были 8 мая 1944 года, в день совершения преступления?
Шойкром: Я был дома.
Подсудимый: Что вы почувствовали, когда пришли домой?
Шойкром: Очень плохо
Подсудимый: Вы можете объяснить, почему?
Шойкром: Я устал от работы. Вдобавок условия дома были плохими, и воздух был удушливым. Также, когда я пыталась отдохнуть после еды, ребенок плакал еще больше.
Подсудимый: Когда к вам приходила ваша мать? О чем ты говорил?
Шойкром: Когда я сказал, что иду отдыхать, вошла моя мама. Мы говорили о болезни моего брата. Моя мать сказала ему, что овечье молоко вылечит его.
Подсудимый: Вы получили сообщение от своего брата? Когда вы видели это в последний раз?
Шойкром: 10 дней назад
Подсудимый: Вы знали, что он серьезно болен?
Шойкром: Да
Подсудимый: Вы ненавидели свою мать? Зачем ты разделил двор на две стены? Почему ты не получил сообщения от матери и брата? Почему ты не молчал, когда твоя жена не кормила твою мать?
Шойкром: Я очень любил свою маму. Мы загородили двор стеной, потому что свекровь и невестка, мама и жена не ладили. Я не мог дождаться, чтобы услышать от них. Когда моя жена сказала: «Нет еды», я не сказал: «Я думаю, она взяла это, чтобы согреть меня завтра».
Подсудимый: Почему вы оставили разорванный сетевой шнур внутри клубники во дворе?
Шойкром: Я хотел отомстить тем, кто украл у нас коров, кто потерял последнюю порцию моему умирающему брату, кто потерял клубнику, которую выращивал на хлеб.
Подсудимый: Не считали ли вы, что ваши действия были преступлением, что вы кого-то убивали и причиняли вред членам своей семьи?
Шойкром: Я был тогда очень зол. Я не думал о последствиях того, что сделал. Однако я предупредил жену, чтобы она спала под дверью, чтобы дети не вылезли. Я никогда не думала, что моя мать войдет сюда.
Подсудимый: Когда вы узнали, что ваша мать умерла?
Шойкром: Я понял, что совершил ошибку, когда услышал крик грустного человека. Когда я подошла к человеку среди марионеток, я знала, что это моя мать.
Подсудимый: Вы сожалеете о том, что сделали?
Шойкром: Мне очень жаль.
Подсудимый: Уважаемое жюри, я признаю его виновным по вышеуказанным вопросам и показаниям подсудимого. Шойкром виновен в преступлении.
Председательствующий предоставляет слово защитнику.
Подсудимый: Уважаемые присяжные, если позволите, свидетели в зале суда: Если я вызову жену подсудимого и ее брата Шон’мат.
Входит Хадиджа.
Простите, вы когда-нибудь слышали, чтобы ваш муж жаловался на свою мать и ненавидел ее в день преступления и до этого?
Хадижа: Нет, наоборот, каждый раз, когда я ссорилась с мамой, они становились на ее сторону и ругали меня. Они очень любили свою мать.
Подсудимый: Ваш муж был в плохом настроении в тот день, когда его убили?
Хадича; Немного. Он не был в хорошем настроении с тех пор, как началась война. Они были в обычном настроении.
Подсудимый: Вините ли вы своего мужа в смерти свекрови?
Хадиджа: Нет.
Подсудимый: Если позволите

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: