Ayrim oʻqituvchilarning mehnat taʼtili pullari kechikdi, nega?

Ayrim oʻqituvchilarning mehnat taʼtili pullari kechikdi, nega

Bu haqda XTV maʼlum qildi.

«Shu kunlarda Xalq taʼlimi vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali oʻqituvchilar tomonidan ayrim hududlarda mehnat taʼtili pullari kechiktirilayotganligi yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.
Vazirlik tomonidan mazkur murojaatlar oʻrganilganda, muammo yuzaga kelishiga asosiy sabab aksariyat hollarda barcha xodimlarga birdaniga mehnat taʼtili berilgani maʼlum boʻldi (oʻqituvchilarni mehnat taʼtiliga chiqarish rejaga koʻra bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilangan).
Bugungi kunda, mazkur masalani tezkor hal etish hamda muammoni bartaraf etish maqsadida, hududlardan olingan hisob-kitob va talabnomalarga asosan Xalq taʼlim vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda zarur mablagʻlarni yetarli darajada ajratish choralari koʻrildi.
Umumtaʼlim maktablari xodimlariga belgilangan toʻlovlar ertaga (juma kuni) va dushanba tushlik vaqtigacha toʻliq amalga oshirilishini maʼlum qilamiz.
Undan keyin ham shu masala boʻyicha muammolar qolib ketgan taqdirda, 12-iyul kuni tushlikdan soʻng Vazirlikning ishonch telefon raqami 71 202 09 09 yoxud ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali murojaat qilishingiz soʻraladi» deyiladi vazirlik axborot xizmati xabarida.


Об этом сообщает HTV.

«В эти дни на страницы Министерства народного просвещения в социальных сетях поступают жалобы от учителей на задержку отпускных по некоторым направлениям.
Когда министерство рассмотрело эти жалобы, то обнаружило, что основная причина проблемы заключалась в том, что в большинстве случаев всем работникам отпуска выдавались сразу (отпуск учителей должен был предоставляться поэтапно по плану).
На сегодняшний день Министерством народного просвещения совместно с Министерством финансов выделено достаточное финансирование для оперативного решения этого вопроса, исходя из оценок и запросов регионов.
Сообщаем вам, что выплаты персоналу общеобразовательной школы будут произведены в полном объеме завтра (пятница) и к полудню понедельника.
Если у вас остались проблемы с этим вопросом, вас попросят обратиться на горячую линию министерства по телефону 71 202 09 09 или на официальную страницу в социальной сети 12 июля во второй половине дня», — сообщили в пресс-службе министерства.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: