O‘zbekistonda magistratura imtihon javoblari nega kechikayotganligi izohlandi

O‘zbekistonda magistratura imtihon javoblari nega kechikayotganligi izohlandi
Telegramda o'qish

O‘qishning magistratura ta’lim shakli bo‘yicha bu yil pandemiya sababli imtihonlar onlayn tarzda o‘tganidan xabaringiz bor. 2020–2021-o‘quv yili uchun imtihonlar 8–20-sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi va to‘plangan ballari e’lon qilindi, lekin yakuniy natijalar haligacha kechikmoqda.

Shu masala yuzasidan 29-sentabr kuni oliy ta’lim boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida izoh berdi.

“Bizda apellyatsiya jarayonlari yakunlandi. Mutaxassislar tomonidan tekshirilgan apellyatsiya natijalari ham tegishli oliy ta’lim muassasalariga taqdim etildi. Yakuniy natijalar vazirlik tomonidan umumlashtirilib, davlat komissiyasiga taqdim etiladi. Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin bu natija e’lon qilinadi. Natijalarni komissiya tasdiqlaganidan keyin oliy ta’lim muassasalariga topshiramiz. Abituriyentlar imtihon natijalarini o‘zining shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin”.

Abduvali Xoliqov, Oliy ta’lim boshqarma boshlig‘i
Ma’lumot uchun,  2020–2021-o‘quv yilida magistraturaga 73 ming abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, imtihon 13 ta hududdagi 19 ta OTMda, onlayn shaklda o‘tkazilgan.


Как вы знаете, в этом году экзамены на получение степени магистра в связи с пандемией проводятся онлайн. Экзамены на 2020-2021 учебный год прошли 8-20 сентября и были объявлены баллы, но окончательные результаты все еще задерживаются. Абдували Халиков, начальник отдела высшего образования, прокомментировал этот вопрос на пресс-конференции в АОКА 29 сентября: «Мы завершили апелляционный процесс. Результаты апелляции, рассмотренной экспертами, также переданы в соответствующие высшие учебные заведения. Окончательные результаты будут подведены министерством и переданы в государственную комиссию. Результаты будут объявлены после утверждения государственной комиссией. Результаты будут представлены в высшие учебные заведения после утверждения комиссией. О результатах ЕГЭ абитуриенты могут узнать через личный кабинет», — Абдували Халиков, начальник управления высшего образования
Для справки, в 2020-2021 учебном году в магистратуру подали заявки 73 тысячи абитуриентов, а экзамен проходил онлайн в 19 вузах 13 регионов.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: