“Aptis for teachers” test sinovlari chet tili o‘qituvchilariga nega kerak?

“Aptis for teachers” test sinovlari chet tili o‘qituvchilariga nega kerak

Past Darg‘om tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tumandagi maktablarning chet tili fani o‘qituvchilari uchun “Chet tilini o‘qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish va uning samaradorligi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan tadbirda 2020 yil 2 martda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi va Britaniya Kengashi o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan chet tillari o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun asos bo‘ladigan “Aptis for teachers” test sinovi va uning komponentlari haqida ma’lumot berildi.
— Seminar-trening umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, olis maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchilarni OTMlarga kirish ko‘rsatkichini ko‘paytirish maqsadida tashkil etildi, — deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali direktori, professor O. Murtazoyev. – Tadbirda chet tili o‘qituvchilarining bilimlarini oshirish maqsadida o‘tkaziladigan “Aptis for teachers” imtihoni haqida tushuncha berildi. Imtihon har oyda bir marotaba Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan kompyuter orqali topshirilib, talabgorlarning so‘z boyligi, grammatik bilimlari, tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. Test natijalari 72 soat ichida www.dtm.uz saytida, o‘qituvchining shaxsiy kabinetida e’lon qilinib, natijalari CEFR shkalasi bo‘yicha “S” darajasiga to‘g‘ri keladi.
Seminar-treningda o‘qituvchilar faol ishtirok etib, umumta’lim maktablari bilan OTMlar o‘rtasida hamkorlik borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida fikr va mulohazalar bildirildi.


В 21-й общеобразовательной школе Пастдаргомского района для учителей иностранных языков общеобразовательных школ района прошел семинар-тренинг на тему «Использование современных инновационных технологий в обучении иностранному языку и его эффективность».

Согласно договору, подписанному между Государственным центром тестирования при Кабинете Министров и Британским Советом 2 марта 2020 года, мероприятие будет организовано профессорами и преподавателями Самаркандского филиала Ташкентского государственного экономического университета. тест Aptis для учителей и его компоненты.
— Семинар-тренинг был организован в целях укрепления сотрудничества между общеобразовательными школами и высшими учебными заведениями, повышения качества обучения в дистанционных школах, увеличения набора студентов в высшие учебные заведения, — сказал директор Самаркандского филиала Ташкентского государственного экономического университета. университета, профессор О. Муртазоев. — Мероприятие дало представление об экзамене Aptis for Teachers, который проводится для повышения уровня знаний преподавателей иностранных языков. Экзамен проводится один раз в месяц Государственным центром тестирования через компьютер для проверки словарного запаса абитуриентов, грамматики, понимания на слух, чтения, письма и разговорной речи. Результаты тестирования будут опубликованы в течение 72 часов на сайте www.dtm.uz, в личном кабинете преподавателя, а результат будет «С» по шкале CEFR.
Педагоги приняли активное участие в семинаре-тренинге и высказали свое мнение о том, как еще больше улучшить работу сотрудничества общеобразовательных школ и вузов.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: