Onlayn maktab chet tili o‘qituvchilarining tarkibi qayta ko‘rib chiqildi

Onlayn maktab chet tili o‘qituvchilarining tarkibi qayta ko‘rib chiqildi

Xalq ta’limi vazirligi 16-sentabr efirga uzatilgan chet tili fani videodarsida yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar uchun uzr so‘radi va chet tili o‘qituvchilari tarkibi qayta ko‘rib chiqilganligini ma’lum qildi.
Xabaringiz bor joriy yilning 14 sentabr kunidan boshlab maktab o‘quvchilari uchun televizion darslar uzatila boshlandi.

«Onlayn-maktab» loyihasi doirasida har kuni 100 dan ortiq (30-35 soat) darslar tasvirga olinmoqda. Mazkur darslarda imkon qadar xatolik o‘tmasligiga harakat qilinmoqda.

Biroq, 16 sentabr kuni efirga uzatilgan chet tili fani videodarsida ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yildi. Eng avvalo, mazkur holat uchun barchadan uzr so‘ramoqchimiz.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan darslarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida chet tili o‘qituvchilarining tarkibi qayta ko‘rib chiqildi, dars muharriri almashtirildi hamda darslarda tajribali o‘qituvchilar jamoasini yanada kengaytirish maqsadida mahoratli pedagoglar uchun tanlov e’lon qilindi.

Keng jamoatchilik va ijtimoiy tarmoq faollaridan «Onlayn-maktab» loyihasida ishtirok etayotgan o‘qituvchilarni kamsitmaslikni so‘ramoqchimiz. Har birimiz xatolikka yo‘l qo‘yishimiz mumkin, ish bor joyda xatoliklar ham uchrab turadi. Lekin, bu xatoliklarni oldini olish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda.

Umid qilamizki, bu vaziyat barchani o‘z vazifalarini bajarishda e’tiborliroq bo‘lishga va ishga professional yondashishga undaydi.

Vazirlik, hozirgi sharoitda o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib ham an’anaviy ham masofaviy shaklda faoliyat olib borayotgan hamda videodarslarni tasvirga olish jarayonlariga jalb qilingan o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildiradi.


Министерство народного просвещения принесло извинения за некоторые недостатки в видеотрансляции по иностранному языку, вышедшей в эфир 16 сентября, и сообщило о пересмотре состава преподавателей иностранных языков.
Как известно, 14 сентября этого года начались занятия по телевидению для школьников.

В рамках проекта «Онлайн-школа» ежедневно снимается более 100 (30-35 часов) уроков. Мы стараемся не делать ошибок на этих уроках.

Однако в видеотрансляции иностранного языка от 16 сентября были допущены ошибки. Прежде всего, мы хотели бы извиниться перед всеми за эту ситуацию.

В целях устранения ошибок и недочетов на уроках Министерство народного просвещения пересмотрело состав преподавателей иностранных языков, сменило редактора курса и отобрало квалифицированных преподавателей с целью дальнейшего расширения коллектива опытных преподавателей на занятиях.

Просим общественность и активистов социальных сетей не подвергать дискриминации учителей, участвующих в проекте «Онлайн-школа». Каждый из нас может ошибаться, а где работа, там и ошибки. Тем не менее, принимаются меры для предотвращения подобных ошибок в будущем.

Мы надеемся, что эта ситуация побудит всех быть более внимательными в своей работе и профессионально подходить к работе.

Министерство благодарит всех учителей, которые занимаются как традиционной, так и дистанционной деятельностью, а также видеосъемкой, рискуя собственным здоровьем.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: