DTM 2020- test sinovlari natijalari bo’yicha ma’lumot berdi

DTM 2020- test sinovlari natijalari bo’yicha ma’lumot berdi

DTM 2020-2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan kirish test sinovlari yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqladi.

Davlat test markazi tomonidan 2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalari 2020-yil 25-sentabr kuni soat 15:00 da e’lon qilindi.

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 1 484 463 nafar (2019-yilda – 1 066 926 nafar) abituriyent o‘qish istagini bildirib, ariza topshirdi.

Bunda 1 o‘ringa tanlov 10,6 ta abituriyentni (2019-yilda – 10,3 edi) tashkil etdi.

2020-yil 2-13-sentabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlari jarayonlarida 1 240 614 nafar abituriyent (95,1%) ishtirok etdi.

Test sinovlarining tanlov natijalariga ko‘ra, respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga jami 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi (o‘tgan yildagi 102 350 nafarga nisbatan 37 718 taga ko‘p).

Shundan:

👉 davlat granti asosida – 28 173 nafar (jami topshirganlarning 20,1%) abituriyent (2019-yildagi 18 130 nafarga nisbatan 10 043 taga ko‘p);

👉 to‘lov-kontrakt asosida – 111 895 nafar (jami topshirganlarning 79,9%) abituriyent (2019-yildagi 84 220 nafarga nisbatan 27 675 taga ko‘p) talabalikka tavsiya etildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

👉 davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali – 133,3 ballni;

👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali – 110,6 ballni tashkil etdi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida minimal o‘tish bali – 68,0 ball, to‘lov-kontrakt asosida minimal o‘tish bali – 56,7 ball etib belgilandi.

Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilmagan, lekin 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati yaratiladi (2019-yilda 32 948 nafar abituriyent ushbu imkoniyatdan foydalangan).

Buning uchun ushbu toifadagi abituriyentlar, 2020-yil 26-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalariga murojaat etishlari mumkin.

Agarda test sinovlari natijalari abituriyentlarni qoniqtirmasa, Davlat test markazining apellatsiya komissiyasi o‘z faoliyatini 2020-yil 28-sentabrdan boshlaydi.


DTM обнародовала результаты вступительных испытаний для поступления в высшие учебные заведения в 2020-2021 учебном году.

Результаты тестирования, проведенного Государственным центром тестирования на 2020-2021 учебный год, были объявлены 25 сентября 2020 года в 15:00.

В этом году в высшие учебные заведения подали заявления 1 484 463 абитуриента (1 066 926 в 2019 году).

При этом конкурс на 1 место составил 10,6 абитуриентов (в 2019 году – 10,3).

Всего в процессе тестирования, которое проходило со 2 по 13 сентября 2020 года, приняли участие 1 240 614 абитуриентов (95,1%).

По результатам тестирования всего в бакалавриат высших учебных заведений республики было принято 140 068 абитуриентов (на 37 718 больше прошлогодних 102 350).

От:

👉 на основе государственных грантов — 28 173 абитуриента (20,1% от общего количества абитуриентов) (на 10 043 больше, чем в 2019 году на 18 130);

👉 На платной основе было рекомендовано 111 895 соискателей (79,9% от общего числа соискателей) (на 27 675 больше, чем 84 220 соискателей в 2019 году).

По результатам конкурса:

👉 Средний проходной балл по государственному гранту — 133,3 балла;

👉 Средний проходной балл на платной основе составил 110,6 балла.

Минимальный проходной балл для высших учебных заведений республики на основе государственных грантов установлен в размере 68,0 балла, минимальный проходной балл на основе платного контракта установлен в размере 56,7 балла.

Также в целях создания возможностей для обучения молодежи абитуриентам, не рекомендованным к обучению на базовой платно-контрактной основе, но набравшим 56,7 балла и выше, будет предоставлена ​​возможность обучаться на дифференцированной платно-контрактной основе (2019 г. — 32 948 абитуриентов в год воспользовались этой возможностью).

Для этого данная категория абитуриентов может обращаться в высшие учебные заведения с 26 сентября 2020 года.

Если результаты тестирования не удовлетворят поступающих, 28 сентября 2020 года начнет свою работу апелляционная комиссия Государственного центра тестирования.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Mahmud

    Assalomu alaykum. Oliygohlarga 1-kurslarga O‘qish qachon boshlanadi? Qolgan hujjatlarni qanday topshiramiz?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Valeykum assalom, o’qish qachondan boshlanishini tez orada aytib qolishsa kerak

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: