Prezident Toshkentdagi ta’lim va boshqa sohalardagi bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Toshkentdagi ta’lim va boshqa sohalardagi bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoev 20 sentyabr kuni ta’lim, madaniyat va tibbiyot sohalaridagi bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining shu yil 23 iyundagi qaroriga muvofiq “Yangi O‘zbekiston” universitetiga asos solingan edi. Qarorda universitet uchun zamonaviy o‘quv kampusi bunyod etilishi belgilangan.
Shu maqsadda turkiyalik muhandislar bilan birgalikda loyiha ishlab chiqilgan.
Tadbirda ushbu loyihaning asosiy jihatlari, bo‘lajak binoda yaratiladigan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Taqdimotda yangi kutubxona loyihasi ham ko‘rib chiqildi. Bu ma’naviyat uyi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida barpo etiladi. Uning tashqi ko‘rinishi yurtimizdagi qadimiy obidalarga uyg‘un tarzda loyihalashtirilgan. Ulkan kitob fondini saqlash, mutolaa, madaniy hordiq chiqarish, turli tadbirlar o‘tkazish bilan bog‘liq barcha jihatlar inobatga olingan.
Davlatimiz rahbari shu yil 14 may kuni Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markaziga borib, sharoitlarni ko‘zdan kechirgan edi. Ushbu markaz uchun yangi bino qurish vazifasi qo‘yilib, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi hududidan er ajratildi.
Xorijiy tibbiyot muassasalarining ilg‘or tajribasi, shifokor va bemorlar uchun barcha sharoitlar hisobga olinib, loyiha ishlab chiqildi.
Yangi bino 10 qavat bo‘lib, birinchi qavatda maslahat poliklinikasi va qabul bo‘limi joylashadi. Yuqori qavatlarda 650 stasionar va 100 ambulator o‘ringa ega davolash bo‘limlari bo‘ladi. Shuningdek, bu erda Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kafedralari, magistratura, ordinatura uchun ham sharoitlar yaratiladi.
Binoning 3 qavatli erosti qismida radiologiya va nur terapiya bo‘limlari, zamonaviy kompyuter tomografiya, magnit rezonans tomografiya, raqamli rentgen uskunalari va boshqa zamonaviy diagnostika bo‘limlari joylashtiriladi.
Davlatimiz rahbari qurilishlarni xalqaro standartlar asosida, sifatli amalga oshirish, binolarga xizmat ko‘rsatadigan texnik xodimlarni hozirdan tayyorlab borish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.


20 сентября Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией творческих проектов в сферах образования, культуры и медицины.

В соответствии с указом Президента Республики Узбекистан от 23 июня текущего года был создан Новый узбекский университет. Постановление предусматривает строительство современного кампуса университета.
Для этого в сотрудничестве с турецкими инженерами был разработан проект.
На мероприятии была представлена ​​информация об основных аспектах проекта, условиях, создаваемых в будущем здании.
В презентации также был рассмотрен новый библиотечный проект. Этот дом духовности будет построен в Национальном парке Узбекистана имени Алишера Навои. Его внешний вид разработан в соответствии со старинными памятниками нашей страны. Учитываются все аспекты, связанные с сохранением большого книжного фонда, чтением, культурным отдыхом, различными мероприятиями.
14 мая текущего года глава нашего государства посетил Республиканский медицинский центр онкологии и радиологии для ознакомления с состоянием. Была поставлена ​​задача построить для центра новое здание, выделен земельный участок на территории поликлиники Ташкентской медицинской академии.
Проект разработан с учетом передового опыта зарубежных медицинских учреждений, всех условий для врачей и пациентов.
В новом здании будет 10 этажей, на первом этаже разместятся консультационная клиника и ресепшн. На верхних этажах разместятся лечебные блоки на 650 стационарных и 100 амбулаторных коек. Также будут условия для отделений Ташкентской медицинской академии, Ташкентского института последипломного медицинского образования, магистратуры и ординатуры.
В 3-х этажной подземной части здания разместятся отделения радиологии и лучевой терапии, современные отделения компьютерной томографии, магнитно-резонансной томографии, цифровой рентгеновской аппаратуры и другие современные диагностические отделения.
Глава нашего государства поручил осуществить строительство в соответствии с международными стандартами, качественно, подготовить технические кадры для обслуживания зданий.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: